357
2. O‘zbekiston Respublikasi
Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi o‘rinlarda
— Vazirlik), Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va
raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Agentlik, Iqtisodiyot
vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasining “Universal
Mobile Systems” MChJ (keyingi o‘rinlarda — operator) ustav
kapitalidagi davlat ulushini 100 foiz miqdorda Jamg‘armaga
beg‘araz asosda topshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Jamg‘arma tomonidan ushbu qarorga muvofiq olingan mol-
mulk yuridik shaxslarning foyda solig‘i bo‘yicha soliqqa tortish
obyekti hisoblanmaydi;
operatorning ustav kapitalidagi
ushbu qarorga muvofiq
topshirilayotgan ulush yuridik shaxslarning foyda solig‘iga va
qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortilmaydi.
4. Agentlik va Jamg‘arma yuqori malakali xorijiy mutaxas-
sislarni jalb etgan holda ikki oy muddatda samaradorlikning
asosiy ko‘rsatkichlari (KPI) va mamlakatda raqamli iqtisodiyotni
joriy etish uchun zarur texnik bazani yaratish bilan bir qatorda
quyidagilarni nazarda tutuvchi 2019 —2021-yillarda “Universal
Mobile Systems” MChJni rivojlantirish Konsepsiyasini (keyingi
o‘rinlarda — Konsepsiya) ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
operatorning boshqaruv tizimiga, shu jumladan,
mobil
xizmatlar ko‘rsatish sohasida yetarli tajribaga ega malakali
mutaxassislarni jalb etish orqali innovatsion menejmentni joriy
etish;
ichki kuch va mablag‘larni safarbar etish, telekommuni-
katsiya uskunalarini modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan
qayta jihozlash;
O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlangan mamlakatlar
darajasida internet global tarmog‘iga
ulanish imkoniyatlari bilan
imkon qadar to‘liq qoplashni bosqichma-bosqich ta’minlash;
barcha
davlat
xizmatlarining
faqatgina
operatorning
ma’lumotlarga ishlov berish markazlari orqali ko‘rsatilishini
ta’minlash.
5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
358
operatorning ustav kapitalidagi topshirilayotgan davlat
ulushini boshqarish Jamg‘arma tomonidan faqatgina Jamg‘arma
Kengashi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
operatorning ustav kapitalidagi davlat ulushidan olinadigan
daromadlar,
shuningdek, maqsadli imtiyozlar berishdan bo‘shay-
digan moliyaviy mablag‘lar Konsepsiyani amalga oshirish davrida
texnologik uskunalarni modernizatsiya qilish va mamlakatda
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida Jamg‘arma hisobiga
yo‘naltiriladi;
Konsepsiyada nazarda tutiladigan tadbirlar operatorning o‘z
mablag‘lari va Jamg‘arma mablag‘lari, jalb etiladigan qarz
mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan
boshqa mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi.
6.
Operator
2021-yil
1-dekabrga
qadar
muddatga
telekommunikatsiya sohasida faoliyatni amalga oshirishga
litsenziya berish uchun davlat boji, radiochastotalar spektridan
foydalanish uchun to‘lov, shuningdek, radioelektron vositalardan
foydalanish uchun ekspluatatsiya yig‘imi to‘lashdan ozod etilsin.
7. Operatorga:
faqat o‘z
tijorat ehtiyojlari uchun, boshqa operator va
provayderlarga ovozli telefoniya va internet trafigi xalqaro
kanallarini tashkil etish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish huquqisiz
xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlariga (ma’lumotlar va ovoz
uzatish
tarmoqlariga),
shu
jumladan,
“IP-telefoniya”
texnologiyasidan foydalangan holda to‘g‘ridan to‘g‘riulanish;
zimmasiga yuklatilgan vazifalarni sifatli bajarish maqsadida
Jamg‘arma bilan kelishilgan holda shartnoma asosida mustaqil
xorijiy, milliy konsultant va ekspertlarni jalb etish huquqi berilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, Xizmatchilarning
asosiy lavozimlari va
ishchilar kasblari klassifikatori ishga qabul qilishda xodimlar
ma’lumotining eng past darajasi, ishchilar kasblari bo‘yicha
malaka razryadlarini belgilash yuzasidan tegishli yo‘nalishda
xorijiy oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan mutaxassislarga
nisbatan qo‘llanishi, istisno tariqasida, tavsiyaviy xarakterga ega.
8. Vazirlikning Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus
ko‘chasi,
22-uy
manzilida
joylashgan
binosi
operatorni
359
joylashtirish uchun xo‘jalik yurituvi
huquqi asosida Agentlikka
topshirilsin.
9. Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib
chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar
Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston
Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy
agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari D.R. Li zimmasiga
yuklansin.
Do'stlaringiz bilan baham: