O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar hisobiga tashkil topadi
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar hisobiga tashkil topadi. Foyda solig‘i O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimining tarkibiy elementi hisoblanib, milliy daromadlarni qayta taqsimlash vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur soliq bevosita soliq bo‘lib, uning summasi korxona xo‘jalik faoliyatining pirovard moliyaviy natijasi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Foyda solig‘i to‘lovchilari soliq solinadigan foydaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar hisoblanadi.
313
Soliq to‘lovchilar yilning birinchi choragi, yarim yillik, to‘qqiz oylik va yil yakuni bo‘yicha mustaqil ravishda yil boshidan boshlab o‘sib bomvchi jamlash tartibida foyda solig‘i summasini soliqqa tortiladigan haqiqatda olingan foydadan berilgan imtiyozlar va belgilangan soliq stavkalarini hisobga olgan holda hisoblab boradilar.
2004 yilning 1 yanvaridan mulk shaklidan qafiy nazar barcha xo‘jalik yurituvchi subektlarda qoilaniladigan yangi schyotlar rejasida byudjet bilan olib boriladigan operatsiyalami hisobga olib borish uchun 11 ta balansli va 2 ta balansdan tashqari schyotlar belgilangan boiib, ular quyidagilar:
Balansli schyotlar: 0950 «Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan Foyda solig‘i»; 3210 «Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan Foyda solig‘i»; 4410 «Byudjetga soliqlar va yigimlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari»; 6240 «Soliqlar va majburiy toiovlar bo‘yicha kechiktirilgan majburiyatlar»; 6250 «Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan Foyda soligi bo‘yicha majburiyatlar»; 6410 «Byudjetga toiovlar bo‘yicha qarz»; 7240 «Soliqlar va majburiy toiovlar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar»; 7250 «Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan Foyda soligi bo‘yicha uzoq muddatli majburiyatlar»; 8840 «Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari»; 9810 «Foyda soligi bo‘yicha xarajatlar»; 9820 «Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yigimlar bo‘yicha xarajatlar» schyotlami o‘z ichiga oladi.
Balansdan tashqari schyotlarga esa: 012 «Kelgusi davrlarda soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajat» 013 «Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (turlari bo‘yicha)» schyotlar kiradi.
YUqorida keltirilgan schyotlaming oldiga qo‘yilgan vazifalar turlicha. Bu vazifalami buxgalterlar chuqur anglab amaliyotda ulardan to‘g‘ri foydalanishlari zamr.
0950 «Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan Foyda solig‘i» schyotida hisobot davrida to‘lanadigan soliqning kechiktirilgan qismi hisobga olinadi. SHu bilan birga ushbu summa balansdan tashqari 012 «Kelgusi davrlarda soliq
314
solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlar» schyotning kirimiga yozib qo‘yiladi.
Hisobot davri oxirida ushbu summa soliqqa tortiladigan bazaga qo‘shib Foyda solig‘iga tortiladi.
Bu vaqtda hisoblangan bo‘nak Foyda solig‘i summasi 9810 «Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar» schyotining debetida quyidagicha yoziladi: D-t 9810 «Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar», K-t 6410 «Byudjetga toiovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)» schyoti.
Ushbu summa belgilangan muddatlarda byudjetga o‘tkazib berilsa 6410 «Byudjetga toiovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)» schyoti debetlanib, 5110 «Hisob-kitob schyoti» kreditlanadi.
Soliqlar va boshqa majburiy toiovlarni hisobga olish