aralashtiriladi. Quyuq massa shaklga kiritiladi. Oftobda uch sutkada quriydi. Qum
qog'ozda silliqlanadi. Rang beriladi. Ustidan lak bilan bo'yaladi. Quruq joyda saqlanadi
39
YUMSHOQ O’YINCHOQLAR YASASH TEXNOLOGIYALARI
.
Hozirgi paytda yumshoq o'yinchoqlarga bo'lgan talab kundan-kunga ortib
bormoqda. Shunga ko'ra, biz maktabgacha tarbiya muassasalari tarbiyachilari,
boshlang'ich sinf o'qituvchilarining ishlarini yengillashtirish maqsadida asosan
qo'g'irchoq teatri to'garaklarida qo'llanib kelinayotgan o'yinchoqlar namunasini
e'tiboringizga havola etishni lozim topdik. Bu o'yinchoqlar tarkibiga, bezaklariga
sharoitdan kelib chiqib ayrim o'zgarishlar kiritishingiz mumkin. O'yinchoqlarni
berilgan katakchalar yordamida 2, 3, 4 va bir necha marta kattalashtirib andozani
unga ko'ra tayyorlash qulaydir. Tikish usullarini esa, yaxshi bilasiz. Har bir
o'yinchoqning qismlari bir-biriga tikilgach, ichki qismlarini tashqariga ag'darishni
unutmang. Lekin uning ichiga esa gazlama bo'laklari, qiyqimlar, paxta tiqilishi
mumkin. Ayrim o'yinchoqlarning old va orqa oyoqlari mahkam turishi uchun simdan
karkas sifatida foydalaniladi. Ko'z, shoxchalarni yog'ochdan ham tayyorlash
mumkin. Ba'zan ko'z sifatida chiroyli tugmachalardan ham foydalanish tavsiya
etiladi. Mazkur detallar kartondan yasaladigan bo'lsa, guash, akvarelda bo'yalib,
ustidan lak qoplanadi.
Kerakli asboblar:
Ignalarning turli katta-kichiklari.
G'altakli turli rangdagi iplar.
Rangli mulina iplari.
Turli rangdagi ipakli iplar.
6 dona qaychi.
Bigiz.
1 dona ombur.
Dazmol.
Yog'ochli, temirli tayoqcha (paxta to'ldirish uchun) 10.Tikuv
mashinasi.
Oddiy qalamlar.
Rasm chizish uchun mo'yqalamlar
Loy yasashda ishlatiladigan tayoqcha. 14Rasm
chizish uchun mo'yqalamlar.
15.2 dona doiraviy ombur.
Har xil kattalikdagi igna.
Har xil rangdagi turli qalinlikdagi 10, 40, 50, 60- iplar.
Har xil rangdagi ipak ip.
Dag'al iplar.
Yumshoq jag'li ombur.
O'tkir jag'li ombur.
Angishvona.
Dumaloq yog'och (paxta tiqish uchun).
23.Qalam.
40
24.Kerakli ashyolar:
Yumshoq o'yinchoq uchun
: iloji boricha yangi mato yoki avvaldan yuvib, dazmollangan satin,
duxoba, shtapil, pahmoq, chit, junli matolar tanlanadi.
O'yinchoq hayvonlarni tayyorlash uchun
: sun'iy va tabiiy jun matolaridan foydalaniladi.
Tana,
yuz ko'rinishlarini tasvirlovchi qo'g'irchoq o'yinchoqlar uchun
: shifon, shoyi matolar.
Yuz
uchun:
och pushti, och jigarrang matodan olinadi.
Kiyimlari uchun:
rangli matolar.
Soch uchun
: sun'iy iplar, viskoza, qismlarni biriktirishda 1—2
mm yumshoq simlardan o'yinchoqlarni jihozlashda, har xil tugmacha, marjon, lentachalar,
shnurlar hamda qoralama tayyorlash uchun plastilin zarur. O'yin'choq ichini paxta, sintafon,
trikotaj chiqindilari, averlo tikishda chiqqan qirindilar, yog'ochdan chiqqan qipiq bilan to'ldirish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: