Asosiy vazifalari:
13
Bolalarda teatrlashtirilgan o’yin faoliyatiga kuchli qiziqish uyg’otish
davom ettiriladi.
Bolalarda badiiy ijro etish ko’nikmalarini shakllantirishda o’yin,
qo’shiq, raqs improvizatsiyalaridan foydalangan holda mukammallashtirish.
Atrofdagi munosabatlarga nisbatan bolalarning tushunchalarini
kengaytirish. Guruhda, zalda, maktabgacha ta’lim muassasasi binosiga moslashish
ko’nikmalarini mukammallashtirish.
Bolalarda qo’g’irchoq teatrlarining turlarini ajrata olish va aytib bera
olish ko’nikmalarini mustahkamlash.
Bolalarning lug’at boyligini shakllantirishda davom etish. Nutqning
intonatsion ifodaliligini mukammallashtirish. Monologik va diologik nutq
shakllarini rivojlantirish.
Qo’g’irchoqlar bilan to’g’ri manipulyatsiya qilish, ya’ni to`g’ri
yo’naltirish qoidalarini mustahkamlash.
Bolalarni yakka tartibda yoki guruh bilan birga turli hikoya va ertaklar
to’qish va shu asosida improvizatsiyalashgan qo’g’irchoq tomoshalarini tashkil
etishga ilhomlantirish.
Bolalarda ong, fikr, tasavvur, diqqatni rivojlantirish.
Tomosha qo’g’irchoqlari bilan o’ynash istagini tarbiyalash. Mustaqil
faoliyatda qo’shiq, raqs, o’yin improvizatsiyalaridan foydalanish qobiliyatlarini
rivojlantirish.
Bolalarning maktabgacha ta’lim muassasasi bayramlarida, ko’ngil
ochar tadbirlarida mashg’ulotlar va mustaqil faoliyat jarayonida olgan o’z bilim va
ko’nikmalaridan foydalangan holda faol ishtirok etish ko’nikmalarini qo’llab
quvvatlash.
Tayyorlov guruhi
Tayyorlov guruhida o’yin materiali yanada murakkablashadi. Teatrlashgan
tomoshalarga teatrlashgan tomosha qo’yish, bolalar operasi, musiqali va ritmik
piesalar kiradi. Rus xalq ertaklari, qo’shiqlar, adabiy asarlarni instsenirovka qilish;
instsenirovka-o’yinlar: «Oshpaz mushukchalar», muz. Ye. Tilicheevoy.
Asosiy vazifalari:
Teatr san’ati asosida bolalarda har taraflama ijodiy qobiliyatlarni
rivojlanishini mukammallashtirish.
Badiiy obraz yaratishda o’yin, qo’shiq raqs improvizatsiyalari orqali
bolalarda mustaqil ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish.
Atrofdagi munosabatlarga nisbatan bolalarning tushunchalarini
kengaytirishda davom etiladi. Guruhda, zalda, maktabgacha ta’lim muassasasi
binosiga moslashish ko’nikmalarini mukammallashtirish. Bolalarda qo’g’irchoq
teatrlari haqida tushuncha, ularni farqlay olish ko’nikmalarini kengaytirish.
Bolalar so’z boyligini yaxshilash va ko’paytirishda davom etish,
muntazam lug’at boyligini kengaytirib borish. Nutqning suhbat va monologik
shakllarini mukammallashtirish. Muloqotda nutq madaniyatini tarbiyalash.
Qo’g’irchoqlar ishtirokida kichik hikoyalar, ertaklar tuzish ko’nikmalarini
yaxshilash.
14
Qo’g’irchoqlarni
to’g’ri
manipulyatsiya
qilish
ko’nikmalari
mustahkamlanadi.
Bolalarga ma’lum mashxur ertak qahramonlarining suhbatlarini
improvizatsiya qilish ko’nikmalarini yanada mustahkamlash.
Ong, diqqat, fikrlash, tasavvur qilish, his etish ko’nikmalari
mukammallashadi.
Bolalarda o’z ruhiyatlarini boshqalarga ulashish, musiqa oxangini turli
tana xarakatlari orqali ko’rsatib berish, badiiy o’z-o’ziga ishonish ko’nikmalarini
rivojlantirish.
Qo`g’irchoq teatri tomoshalari jarayonida bolalarning yakka va jamoa
bilan musiqa asboblari yordamida improvizatsiya qilish tashabbuslarini qo’llab-
quvvatlash.
Bolalarning maktabgacha ta’lim muassasasi bayramlarida, ko’ngil
ochar tadbirlarida mashg’ulotlar va mustaqil faoliyat jarayonida olgan o’z bilim va
ko’nikmalaridan foydalangan holda faol ishtirok etish ko’nikmalarini qo’llab
quvvatlash.
Yuqorida aytib o’tilgan holatda tashkil etilgan ta’lim albatta o’z samarasini
ko’rsatadi. Teatrlashtirilgan o’yin bolalarda o’zini boshqalar oldida ifoda eta olish,
o’zing «Men»ini boshqalarga taqdim eta olish, o’rtoqlari oldida o’z harakatlaridan
faxrlanish ko’nikmalarini shakllantiradi. Bolalarning maktabgacha ta’lim
muassasasidagi davrlari teatrlashtirilgan o’yin faoliyatining integratsiyalashgan
o’yinlar, san’atning turlari hisobiga boyitiladi.
15
Do'stlaringiz bilan baham: |