96
bevasi - malika To‘maris boshchilik qilar edi. Tabiati go‘zal bu yurtga va
uning xalqiga egalik qilmoqchi bo‘lgan Eron shohi Kir malika To‘marisga
uylanmoqchi bo‘ladi. To‘maris uning asl maqsadini fahmlab, taklifni rad
etadi. Kir esa massagetlar yurtiga qo‘shin tortib keladi. Malika To‘maris
uni mudhish niyatidan qaytarishga urinadi. Kirning o‘z fikridan
qaytmasligini bilgan To‘maris uning o‘z qo‘shinlari bilan daryodan
massagetlar yurtiga o‘tishiga imkon beradi. To‘maris o‘z yurtdoshlari
bilan daryodan uch kunlik yo‘lga borib turadi. Kirning qo‘shini
massagetlar yurtiga o‘tib olgach, urush tadbirlarini ko‘radi. Kir hiyla
ishlatib, To‘marisning o‘g‘li Sparganisni yigitlari bilan asir qilib oladi.
Hiyla bilan asir tushganligini fahmlagan Sparganis uyatdan o‘limni afzal
ko‘`rib, o‘zini o‘ldiradi. Bu voqeadan xabar topgan To‘maris Kirning
qo‘shini bilan urushga chiqadi.
Malika To‘maris bosqinchi Kirga qarshi jangga borar ekan: “sening
qonga tashnaligingni qondiraman”, deb ont ichadi.
Malika To‘maris qo‘shini bilan Kir jangchilari o‘rtasida dahshatli
to‘qnashuv bo‘ladi. Jangda o‘z yurti, o‘z ozodligi uchun o‘limdan ham
qaytmaydigan massagetlar g‘olib chiqadi. Eron shohi Kir o‘ldiriladi.
Uning jangchilari qurol-aslahalarini tashlab qochadilar. O‘z qasamiga
sodiq malika To‘maris esa ayovsiz jangda o‘ldirilgan bosqinchi Kirning
boshini kestirib, qon bilan to‘ldirilgan meshga soldiradi.
O‘z yurtini, xalqini sevgan, uning ozodligi uchun erkaklar kabi
janglarda qatnashgan malika To‘marisdek mard xotin-qizlar bu yurtda
ko‘plab o‘tishgan. Shuning uchun ham xalq ularning qahramonliklari
haqida qo‘shiqlar,
dostonlar, rivoyatlar to‘qigan.
(224 ta so’z).
SHIROQ
O‘rta Osiyo xalqlari qadim-qadim zamonlardan o‘zlari tug‘ilib o‘sgan
yurtni tashqi dushmanlardan mardonavor himoya qilganlar. Bu janglarda
qo‘shni qabilalar - skiflar, massagetlar, sug‘dlar, saklarning qo‘rquv nima
bilmas yigitlari beqiyos mardlik va jasorat ko‘rsatganlar. Tarixda ba’zan
bir kishining butun bir qo‘shinga bas kelgan hollari ham bo‘lgan. Bunga
oddiy cho‘pon yigit Shiroqning ko‘rsatgan qahramonligi misoldir.
Doro qo‘shini bilan saklar o‘rtasida qaqshatqich urush borar edi. Sak
podachilaridan Shiroq o‘z podsholari Sakesfor Omarg va To‘marislar
huzuriga kelib, Eron qo‘shinini bir o‘zi hiyla bilan halok etajagini aytadi.
Buning evaziga podsholardan o‘zining oilasi, bolalari, avlodiga
g‘amxo‘rlik qilish to‘g‘risidagi va’dalarini oladi. Shundan so‘ng Shiroq
ular oldida o‘zining quloq, burunlarini kesib, butun a’zoyi badaniga ozor
97
yetkazadi. O‘zini rosa qiynab, azoblangan holatga keltirgach, Eron
qo‘shinlari joylashgan tomonga ketadi.
Hamma yog‘i qonga belangan Shiroq Eron shohi Doroga arz qilib, uni
qabiladoshlari shunday ahvolga solganliklarini aytadi. U saklardan o‘ch
olish maqsadida Doro qo‘shinini saklar yashiringan joyga boshlab
borishga ahd qilganligini ma’lum qiladi. Unga ishongan Doro qo‘shini bir
haftalik oziq-ovqat, suv olib yo‘lga tushadi. Uzoq yo‘l yurgach Doro
qo‘shinining oziq-ovqatlari, suv va otlarga beradigan yemishlari tugaydi.
Atrof esa suvsiz quruq qum va hech narsa o‘smagan sahro edi. Shunda
Doro jangchilari jasur cho‘pon yigit Shiroqning hiylasidan voqif
bo‘ladilar. G‘azablangan dushman jangchilari uni qatl etadi.
Shunday qilib, cho‘pon Shiroqning bir o‘zi vatandoshlarini saqlab
qoladi va bosqinchi Eron qo‘shinining ochlik, suvsizlikdan qirilib
ketishiga sabab bo‘ladi.
(219 ta so’z).
Do'stlaringiz bilan baham: