VASIYAT
(Hind xalq ertagi)
Qadim zamonlarda bir kishi bo’lgan ekan. Uning 17 ta tuyasi bor
ekan. U o’limi oldidan o’g’illarni chaqirib shunday debdi: Katta o’g’lim
hamma tuyalarning ikkidan bir qismini, o’rtancham uchdan bir qismini,
kichik o’g’lim esa to’qqizdan bir qismini olsin. O’g’illari o’ylab o’yiga
yetisholmasmish, chunki 17 na 2 ga va na 9 ga bo’linar emish. Shunda
tuyasini yetaklab kelgan bir kishi bu gapni eshitib tuyasini ularning
tuyalari qatoriga qo’shibdi.
- Hammasi bo’lib 18 ta tuya bo’ldi debdi u. Uning 2 dan bir qismi 9 ta
bo’ladi deb katta o’g’liga 9 ta tuyani ajratibdi. Shunday qilib tuyaning
oltovini o’rtancha o’g’ilga, kichigiga 2 ta tuya beribdi. O’zi esa bir
tuyasini olib yo’liga ravona bo’libdi (108 ta so’z).
Do'stlaringiz bilan baham: |