6-SINF UCHUN MATNLAR
SUV – BEBAHO BOYLIK
Suvga tupurish, unga xas-xashak tashlash hamda isrof qilish qadimdan
qoralangan. Biz ham bugungi kunda suvni tejab ishlatish, ariq va
anhorlarga axlat tashlamaslik haqida uka-singillarimizga gapirib bersak,
o‘zimiz ularga ibrat bo‘lsak, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Odam och-nahor
bir necha kun yashashi mumkin, lekin suvsiz yashay olmasligini hamma
biladi.
Suv nafaqat hayot manbayi, shuningdek, hayotimizning ko‘rki hamdir.
Bizning issiq mintaqamizda suvning o‘rni nihoyatda katta. Zilol suvlar
oqib turgan ariqcha oldida bir zumgina o‘tiring, bahri dilingiz ochiladi.
Sharsharani kuzating, ko‘zingiz dam oladi. Favvoradan sachragan suv
tomchilari xuddi durdek sizga orom bag‘ishlaydi. Oddiy bir holat, kechki
payt ko‘cha-hovlilarga suv sepib, hamma yoqni orasta qilib, muzdekkina
qilib o‘tirishning fayziga nima yetsin? (105 ta so‘z).
Do'stlaringiz bilan baham: |