DUONUNG QUDRATI
Qadim zamonda kushoniylar davlatida pahlavon Shukriolloh ismli
sarkarda yashagan va uning dovrug‘i ellarda doston ekan. Sarkarda jangga
sovut-dubulg‘asiz, qalqonsiz kirar hamda bu jangda uning qo‘shini
hamisha g‘alaba qilar ekan.
Bir kuni temirchi sarkardaning iltimosiga ko‘ra unga qalqon, sovut
yasab beribdi va u navbatdagi jangda hammani hayron qoldirib, qalqon,
sovut kiygan holda qilich bilan paydo bo‘libdi. Shunda atrofdagilar
ajablanib: «– Ey sarkarda, bu holda hech jangga kirmas edingiz-ku?!» –
deyishibdi. Sarkarda bir xo‘rsinib javob beribdi: Janglarda meni duo qilib
turguvchi onaizorim olamdan o‘tdilar. U kishining duolari menga qalqon,
sovut, dubulg‘a edi. Endi u kishi yo‘qlar...» (92 ta so‘z).
Do'stlaringiz bilan baham: |