INSON ODOBI BILAN
Har bir sohaning o‘z odob me’yorlari mavjud: nutq odobi, kiyinish
odobi, ovqatlanish odobi.
Ovqatlanish ham bir madaniyat. Unga ham odobga rioya etish zarur.
Ovqatga kattalardan oldin qo‘l uzatmaslik, ovqat yeganda chalpillamaslik,
ovqat paytida gaplashmaslik lozim.
Biror narsani uzatib yuborishlarini so‘rashdan oldin og‘zingizdagini
yutub, salfetka yoki sochiqcha bilan og‘zingizni arting.
Dasturxon atrofida qattiq kulish, baqirib gaplashish ham odobdan
emas. Taomni qoshiq yoki sanchqi bilan olib yeyish kerak.
Umuman, ovqatlanayotib ham kishi o‘zining madaniyati darajasini
namoyish etadi (70 ta so‘z).
Do'stlaringiz bilan baham: |