ETIKDO‘Z VA SHOGIRDLARI
Mohir etikdo‘zning ikki nafar shogirdi bor ekan. Biri juda
mas’uliyatli, intiluvchan bo‘lib, ustozining o‘gitlariga to‘liq amal qilarkan.
U ustozining izidan borib, odamlar uchun mustahkam, chidamli poyafzal
tikibdi. Odamlar undan minnatdor bo‘libdi.
Ikkinchi shogirdi sinchkov va qiziquvchan ekan. U ustaning
harakatlarini sinchiklab kuzatar, har bir so‘zini qalbiga muhrlar ekan.
Ko‘pincha savollar berar, ayrim hollarda o‘zi javob topishga harakat
qilarkan. U ustoziga taqlid qilishga intilmabdi, har bir oyoq kiyimni o‘ziga
xos tarzda tikibdi. U ustalarga xos yo‘l tutib: har bir buyurtmachining oyoq
o‘lchamini olib, uning talablari, didi, yoshiga qarab poyabzal bichar va
tikarkan. Hamma minnatdor bo‘libdi (80 ta so‘z).
Do'stlaringiz bilan baham: |