YER
Yer tabiatning in’omi. U xalqqa noz-u ne’mat beradi. Qish kunlarida
yer miriqib dam oladi. U qor va yomg‘ir namlarini yig‘ib kelgusi yil hosili
uchun asrab turadi. Bahorda yer insonga o‘z bahrini ochadi, saxiy mehrini
sochadi (Y. Sa’dullayeva) (35 ta so‘z).
IBN SINO
Ota-onasi Ibn Sinoni maktabga berishdi. Lekin u maktabda
o‘qitiladigan kitoblarni allaqachon o‘qib olgan edi, shuning uchun u
maktabga bormay qo‘yibdi. Ota-onasi shaharda o‘qisin, deb Buxoroga
ko‘chib kelishibdi... Ibn Sino bora-bora zo‘r tabib bo‘lib ketibdi
(Rivoyatdan)(34 ta so‘z).
Do'stlaringiz bilan baham: |