45
BOLA BOSHIDAN
Luqmoni hakimdan:
– Nasihatlaringizning ko‘pi yoshlarga taalluqli bo‘ldi, ammo yoshi
kattalarga atalgani kamroq, buning sababi nima? – deb so‘radilar.
Luqmoni hakim shunday javob berdi:
– Bog‘bon yerni yumshatib bir daraxt ko‘chatini o‘tkazib, uning
atrofini xas-xashakdan, zararli yovvoyi o‘tlardan tozalab, kerak bo‘lgan
vaqtda suv berib tursa, umuman, yaxshi e’tibor berib tarbiyalasa, tez
vaqtda teraklar voyaga yetadi, unumli, serhosil bo‘ladi.
Bola ham yoshligidan boshlab yaxshilab tarbiya qilinsa, axloqli,
odobli etib o‘stirilsa, u bola o‘ziga, ota-onalarga baxt-saodat keltiradi,
jamiyatning eng foydali a’zosi bo‘lib yetishadi. Shuning uchun men
yoshlar tarbiyasiga ko‘proq ahamiyat beraman, va’z-nasihatlarimning ko‘p
qismi yoshlarga oid bo‘ladi. B a y t:
Har o‘g‘il-qizga kerakdir ruhi afzo tarbiyat,
Aylagay
orzu,
umidlarni
muhayyo
tarbiyat.
(“
Ipak yo‘li
afsonalari»dan.)
(
109 ta so‘z).
GOTFRID HERDER
XVIII asrda yashab o‘tgan mashhur olmon adabiyotchisi Gotfrid
Herder (1744-1803) xalq og‘zaki ijodiga, milliy tarix va xalq she’riyatiga
yaqinlik adabiyotning taraqqiy etishiga unumli ta’sir o‘tkazishini ko‘p
ta’kidlar edi. Uning o‘zi ham xalq qo‘shiqlari, dostonlarini el og‘zidan
yozib olish bilan shug‘ullanar va bu sohaga katta shoir yozuvchilarni ham
jalb qilgan edi. Bu ishning natijasi o‘laroq, «Qo‘shiqlarda xalq ovozlari»
nomli to‘plam tayyorlab nashr ettirganda, bu hodisa olmon she’riyatida
romantik harakatning shakllanishiga katta hissa qo‘shdi. ning xalq og‘zaki
ijodiyotiga, xalq qo‘shig‘iga qiziqishi, qo‘shiqlardagi samimiyat va obrazli
tilning yorqinligi uni bir talay she’rlar yaratishga undadi. Ayniqsa, uning
«Yovvoyi gul», «O‘rmon shohi» kabi balladalari va hikmatli she’rlari el
orasida katta olqishlarga sazovor bo‘ldi
(108 ta so’z).
MUHAMMAD YUSUF
Shoir Muhammad Yusuf 1951 yilda Andijon shahrida tug’ildi.
Toshkent Davlat universitetini tamomlagan.
Muhammad Yusuf XX asr oxiri o’zbek she’riyatida o’z so’zini ayta
olgan shoirlardan biri edi. Ayniqsa, uning qatag’on qurbonlari Cho’lpon,
Qodiriy, Hayzulla Xo’jayevlarni yod olib yozgan she’rlari o’sha yillari
xalq qalbidan chuqur joy egalladi.
46
Muhammad Yusufning odamiylik, sevgi va vafoni ulug’lovchi
ko’plab she’rlari kuyga solinib, xalqimiz sevgan qo’shiqlarga aylandi.
Shoir she’rlari sodda va ravon til bilan yozilgan. Uning ijodida xalq
qo’shiqlaridagi kabi ohangdorlik bor.
Istiqlol yillari Muhammad Yusuf Vatanni madh etuvchi bir qator
she’rlar yozdiki, ularga kuy bastalanib, katta-katta bayramlarda ijro etilib
kelindi.
Shoir Muhammad Yusuf 2001- yil vafot etdi. Uning qo’shiqlari,
she’rlari xalq xotirasida hali uzoq yashaydi (
109 ta so’z
).
Do'stlaringiz bilan baham: |