D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/174
Sana07.01.2022
Hajmi0,89 Mb.
#328912
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   174
Bog'liq
DIKTANTLAR TO‘PLAMI (metodik ko‘rsatma)

 


107 
 
SHARAFLI KASB 
Ibtidoiy  jamiyat  davridayoq  odamlar  ovchilik,  keyinroq  esa 
chorvachilik,  dehqonchilik,  kosibchilik  bilan  shug‘ullanganlar.  Jamiyat 
rivojlangan  sari  ortib  borayotgan  ehtiyoj  va  talabni  qondirish  uchun 
kasblar  ham  ko‘payib  borgan.  Bugungi  kunda  jamiyatimizni  novvoy, 
uchuvchi,  huquqshunos,  konstruktor,  shaxtyor,  payvandchi,  aktyor, 
bo‘yoqchi,  xonanda,  rassom,  shifokor,  musiqachi,  sotuvchi,  bastakor, 
duradgor,  temirchi,  hisobchi,  naqqosh,  chilangar,  broker,  yozuvchi, 
menenjer va hokazo kabi yuzlab kasblarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. 
Ko‘pchiligimiz  hali  maktabga  bormasimizdanoq,  ayrimlarimiz  esa 
maktabda  o‘qiy  boshlagach,  o‘zimizga  kasb  tanlaymiz.  Kimdir  mashhur 
sportchi,  kimdir  taniqli  jurnalist,  yana  kimdir  mohir  tikuvchi,  tergovchi, 
quruvchi, kosmonavt, harbiy mutaxassis bo‘lishni orzu qiladi. Har birimiz 
shu ezgu orzuyimizga erishish, tanlagan kasbimizni egallash uchun tinmay 
o‘qiymiz, izlanamiz, intilamiz. 
Dunyoda  shunday  bir  sharafli  kasb  egalari  borki,  ular  ming  yillardan 
beri  barcha  xalqlar  orasida  el-yurt  hurmatiga  sazovor  bo‘lib  keladi.  Bu 
kasb  ko‘pchiligimiz  sevadigan  o‘qituvchilikdir.  Bu  kasbning  naqadar 
sharafli  ekanligini  miloddan  oldin  o‘tgan  buyuk  yunon  faylasufi 
Arestotelni ”birinchi muallim”, X asrning ulug‘ qomusiy  olimi Abu Nasr 
Forobiyni ”ikkinchi muallim” deb ataganliklaridan ham bilsa bo‘ladi. 
O‘qituvchi  endigina  atrof-olamni  ko‘rib,  uning  ajoyibotlaridan 
hayratlanayotgan  7-8  yoshdagi  bolalarga  mo‘jizalar  yaratishni:  yozish, 
o‘qish, hisoblash, go‘zallikni his qilish va o‘z taassurotlarini hikoya qilish, 
tasvirlash, kuylash orqali boshqalarga yetkazishni o‘rgatadi. 
Kishining  jamiyatda  o‘z  o‘rnini  topib  olishida  ota-ona  va  bilimdon 
o‘qituvchilarning  xizmatlari  beqiyosdir.  Shuning  uchun  ham  xalqimiz 
otani  ulug‘lab  ”ota  rozi  –  xudo  rozi”  desa,  ustozlarni  ulug‘lab  ”ustoz 
otangdan ulug‘” deydi. 
(200 ta so’z).  
 

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish