Dizartriya tasnifi va uning turlari.
Dizartriyani tasniflashda mutaxassislar turli xil yondashadilar: jarohatlanish o’chog’iga qarab, nevrologik simptomning ustunligi yoki neyrolingvistik qarashlar bo‘yicha Ye. N. Vinarskaya (1973), K.N . V ittorf (1940), K. Vovatr (1966), L.A. Danilova (1969), M. Z eeman (1962), M. V. Ippolitova (1965), S.S.Lyapidevskiy (1968), Y e.M . M astyukova (1985), 1.1. P anchenko (1974), K..A. Semyonova (1979), M.B. Eydinova.
Ammo ko‘pchilik mutaxassislar dizartriyani tasniflashda jarohatlanish o’chog‘ini hisobga olish tamoyiliga amal qilib, dizartriyani quyidagi turlarga ajratadilar: bulbar, psevdobulbar, qobiqli dizartriya, qobiq osti va miyachali dizartriya.
Bulbar dizartriya.
Uzunchoq miya - medullaoblongata - yana ikkinchi ancha eski nomga ham ega - bulbus cerebri - qaysiki miya o’qining bir qismi piyoz boshchasi bo'laklariga /bulbus, piyoz boshchasi tashqi yuzasi bilan o ‘xshashdir. Miyaning bulbar qismiga tegishli IX, X va XI, XII bosh miya nervlarining periferik o‘qlari, po‘stloq yoki yadroning shikastlanishi oqibatida yuzaga keluvchi simptokompleksning harakat buzilishlari bulbar falaj deb ataladi. Periferik harakatlantiruvchi neyronlarning hujayralari orqa miyaning oldingi shoxlarida yoki miya o ‘qining mos yadrolarida yotadi. Ularning aksonlari u yoki bu periferik harakatlantiruvchi nervlarni shakllantiradi. Periferik harakatlantiruvchi neyronning uning istalgan sathidagi shikastlanishi periferik falaj /parez/ning klinik ko‘rinishini beradi. Bunda nerv impulslari mushaklarga kelmasligi, shuning uchun undagi almashinish jarayonlarining buzilishini hisobga olsak, mushaklar atrofiyasi, tovushining pasayishining yuzaga kelishi sabablari ma’lum buladi. Muskullar mo’rt bo’sh bo’lib qoladi, shuning uchun bu ko‘pincha atrofik falaj deb ataladi. Periferik harakatlantiruvchi neyronning shikastlanishi birlamchi reflektor yoylarining uzilishiga sabab boladi. Bunda teri va pay reflekslari yo‘qolib, arefleksiya namoyon bo’ladi. Periferik harakatlantiruvchi neyronlardagi patologik jarayon natijasida ham saqlanib qolgan qo’zg‘aluvchanligi shu narsaga olib keladiki, atrofiyaga uchrayotgan muskullarda ba’zida alohida muskul to‘plamlari va tolalarning tez-tez qisqarishi kuzatiladi. Periferik paralichning ko‘rsatilgan klinik ko‘rinishlari atrofiya, atoniya va arefleksiya — bulbar falaj holatida IX, X, va XII bosh miya nervlari /ti lhiqildoq, adashgan va tilosti /bilan innervatsiya qilinuvchi muskullarda, ya’ni yutkin, hiqildoq, tanglay, til muskullarida kuzatiladi. Bu muskullaming funksional bo‘shashgan falaji yutishning buzilishlari (disfagiya va afagiya)da yeyish va ichish paytidagi yo‘talish bilan birga, ovoz buzilishlari (disfoniya va afoniya)da yoki bo‘g‘iq ovozda, "yopishib ketgan" va tushunarsiz nutqda namoyon bo’ladi. Bunday belgilarga bulbar dizartriya deyiladi. Bu tushunchaga, odatda, pastki jag’, yonoqlar, lablarning muskullarining bo‘shashgan falaji sabab bo’luvchi tovush artikulatsiyasi nuqsonlarini ham o‘z ichiga oladi
Kelib chiqishi yadroli bo’lgan bulbar dizartriya bilan kasallangan bemorlarni nevrologik kuzatishlarda bo‘shashgan bulbar falajlardan tashqariananing qarama-qarshi tomonida harakatlanish va sezishning buzilishlari, shuningdek, harakatlangan tarafda ataksiya belgilarining paydo bolishi kuzatiladi. Bayon etilgan artikulatsiya o‘zgarishining umumiy tendensiyasi, tabiiy ravishda ovoz bog’lamlari, yumshoq tanglay, til va lab muskullaridagi paretik holatlaming taqsimlanishiga hamda u yoki bu tovushlar fizikaviy murakkabligiga ko‘ra turlicha variantlarga ega bo‘lishi mumkin. Barcha muskullaming bir tekis shikastlanishida eng differensiyalashgan til oldi tovushlari buziladi. Nutq apparati muskulining paralichi qanchalik diffuz va buzilish darajasi qanchalik chuqur bo’lsa, nutq tovushlari shunchalik qo‘pol buziladi. Bulbar dizartriyaning og‘ir hollarida eng sodda burun tovushlarini talaffuz eta olish qobiliyati sustlashib ketadi. Shunday qilib, nutq apparati sust parizi tufayli ro‘y bergan turli klinik holatlardagi bulbar dizartriyaning to’g‘ridan to‘g‘ri birlamchi klinik simptomlari past, kuchsiz ovoz, portlovchi tovushlar artikulatsiyasidagi buzilish, jarangli tovushlarda jaranglilik shaklining soddalashuvi, ovozning burunli, dimog‘li tembri, nutq ohangdorligining buzilish kabilardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |