Miyachali dizartriya.
Dizartriyaning bu shaklida miyacha va uning markaziy asab tizimining turli bo’limlari bilan aloqalari jarohatlanadi. Miyachali dizartriyada nutq sekinlashgan, jumla oxiriga kelib ovozning "o‘chib qolishi" bilan tavsifianadi. Til va lab mushaklari tonusining pasayishi ular uchun xos bolib, til ingichka holda og‘iz bo‘shlig‘ida beharakat yotadi, harakatlar tempi sekinlashgan, artikulatsiya holatlari his etish va amalga oshirishda qiyinchiliklar, yumshoq tanglay osilib turishi, chaynash harakatlarining sustligi, mimikaning cheklanganîigi kuzatiladi. Til harakatlari noaniq bo’lib, unda giper yoki gipometriyalar (harakatlar hajmining ortishi va kamayishi) kuzatiladi. Nozik maqsadga yo‘naltirilgan harakatlami bajarishda tilni bilinar-bilinmas titrashi, tovushlarni burunli talafïuz etish kuzatiladi. Dizartriyaning diffensial diagnostikasi ikki yo'nalishda amalga
oshiriladi: dislaliyadan va alaliyadan farqlash. Dislaliyadan farqlash 3 ta asosiy sindromlar (artikulatsiya, ovoz va natas kamchiliklari sindromlari) asosida amalga oshiriladi. Bunda tovush talaffuzi buzilishi, nutqning ma’no tomonidagi kamchiiiklar, tovushlar talaffuzning o’ziga xos nuqsonlarida mustahkamlashdagi qiyinchilik, shuningdek, nevrologik tekshiruv ma’lumotlari (markaziy asab tizimida organik jarohatlar belgilarining mavjudligi) va analiz xususiyatlari (perinotal nuqsonliklar, baqirish, ovoz reaksiyalari, emish, yutish, va chaynash kabi nutqgacha bo‘lgan davr xususiyatlari alohida o ‘rin tutadi) katta aham iyatga ega. Alaliyada farqlash nutqning leksik-grammatik tomonining rivojlanishi xususiyatlarida til operatsiyalarini birlam chi kamchiliklarini yo‘qligiga asoslanib amalga oshiriladi.
Dizartriyaning asosiy belgilari bular nutqiy artikulatsiya motorikasi va nutqiy nafas bilan bog‘liq bolgan tovushlar talaffuzi va ovoz nuqson-laridir. Dizartriyada dislaliyadan farqli ravishda ham unli, ham undosh tovushlar talaffuzida kamchiliklar kuzatiladi. Dizartriyada buzilishlarning turlariga ko‘ra barcha nuqsonlar quydagilarga bo‘linadi:
a) Antropofonik (tovushni buzib talaffuz qilish);
b)Fonologik (tovushni yo'qligi, tovushni almashtirish , differensiallanmagan
talaffuz).
Fonologik nuqsonlarda tovushlarni akustik va artikulatsion xarakteristikasining noaniqligi kuzatiladi. Shuning uchun ko‘p hollarda yozma nutqda ham kamchiliklar kuzatiladi. Dizartriyaning barcha shakllarida artikulatsiya motorikasi buzilishlar kuzatilib, ular bir qator belgilarga ega. Bu holning artikulatsiya muskulaturasida quyidagi shakllar farqlanadi: artikulatsiya muskullarining spastikligi - til, lab, yuz va bo'yin muskullari tonusining doimiy ravishda ortib borishi. Yaqqol namoyon bo’lgan muskullar tonusining ortishi natijasida til
tarang holda, orqa tom on tortilgan, til uchini tepaga ko‘tarishga, noaniq
holda bo‘ladi. Lab aylana mushaklarining tonusining ortishi natijasida lablarning
spastik birikuvi, taranglashuvi kelib chiqadi. Bunda faol harakatlar cheklangan bo’ladi. Tilning oldinga harakatlar hajmi cheklanadi yoki umuman yo‘qoladi.
Yuz va bo‘yin mushaklari tonusining ortishi artikulatsiya apparatining ixtiyoriy harakatlarini yana qiyinlashtiradi. Mushaklar tonusi buzilishining yana bir ko'rinishi gipotoniya. Gipotoniya til ingichka, lablar bo‘shashgan, ulaming birlashish imkoniyati bo‘lmaydi. Bunda, odatda, og‘iz ochiq bo‘ladi. Dizartriyada artikulatsiya motorikasining buzilishlari artikulatsiya mushaklarining harakatchanligining cheklanganligi natijasida kelib chiqadi va bu hol mushaklar tonusining ortishi, ixtiyorsiz harakatlar va diskoordinatsion buzilishlar hisobiga yanada og'irlashadi. Artikulatsiya mushaklarining harakatchanligining yetarli emasligi natijasida tovushlar talaffuzida kamchiliklar kelib chiqadi. Lab mushaklarining jarohatlanishi natijasida ham unli, ham undosh tovushlar talaffuzida kamchiliklar kuzatiladi. Ayniqsa, lab undoshlari p, m, b tovushlarida buzilishlar kuzatiladi. Bola lablarini cho‘chchaytirishga, doira holiga keltirishga, tepa labini tepaga ko‘tarishga, pastki labini pastga tushirishga va boshqa bir qator harakatlarni bajarishga qiynaladi. Lablar harakati cheklanganligi butun artikulatsiyani buzilishiga olib keladi. Shuningdek, yum shoq tanglay mushaklarining harakatchanligi cheklanganligi ham tovushlar talaffuzini qiyinlashtiradi. Dizartriyada kuzatiladigan yuz mushaklarining parezi ham tovushlar talaffuziga ta ’sir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |