D.I.Mendeleyevning davriy qonuni.
Oddiy jismlarning xossalari, shuningdek, elementlar birikmalarining shakl va xossalari elementlarning atom yadro zaryadiga davriy ravishda bog`liqdir.
Davriy qonun va D. I. Mendeleyevning bu qonunni ifodalaydigan kimyoviy elementlar davriy jadvali butun hozirgi zamon kimyosining asosidir, u - moddalar va ularning o’zgarishlari to’g`risidagi barcha bilimlarimizni yanada muvafaqqiyatliroq rivojlantirishning asosiy tayanchidir.
Davriy qonunning kimyo o’quv kursida joylashuvi.
Davriy qonun va kimyoviy elementlarning davriy jadvali juda ko’p konkret materialni umumlashtiradi, bunday materialni bilmay turib o’quvchilar davriy qonun va elementlar davriy jadvalini ongli ravishda o’zlashtira olmaydilar. Shu bilan birga, qonun bilan tanishtirishdan oldin konkret material qanchalik ko’p berilsa, qonunni o’rganish shunchalik orqaga suriladi, oqibatda eng muhim nazariy qonundan kamroq foydalanib qilinadi, bu narsa ta’lim va tarbiya jihatidan noma’quldir.
Davriy qonun bilan juda kech tanishtirish bundan keyin konkret materialni o’rganib jarayonida bu qonundan foydalanishga imkon bermaydi. Ikkinchi tomondan qonun bilan juda erta, konkret materialni yetarli darajada o’rganib chiqmay turib, tanishtirish ham bu qonunning yuzaki o’zlashtirilishiga olib keladi.
Hozirgi vaqtda kimyo dasturiga muvofiq davriy jadvaldan oldin galogen, kislorod va ishqoriy metallar gruppalari o’rganib chiqiladi. Materialni bunday joylashtirish o’quvchilarga davriy qonunni birmuncha asosli ravishda tushuntirishga, shuningdek bundan keyin keladigan elementlarning bitta gruppasini emas, balki ikkita gruppasini - uglerod va azot gruppalarini ta’riflashda davriy qonundan foydalanishga imkon beradi.
Davriy qonunning mohiyati.
Davriy qonunni o’rganishdan avval o’quvchilar quyidagi tayanch bilimlarini takrorlashadi:
Kimyoviy element haqida tushuncha. Atom, atom massasi, valentlik.
Oddiy va murakkab moddalar haqida tushuncha.
Kimyoviy element bo’lgan kislorod va uning valentligi haqida tushuncha.
Kimyoviy element bo’lgan vodorod va uning valentligi haqida tushuncha.
Metallik va nometallik xossalar haqida tasavvurlarni umumlashtirish.
Oksidlar (asosli, kislotali) haqida tushuncha.
Gidroksidlar (asoslar va kislorodli kislotalar) haqida tushuncha.
Metall, asosiy oksidlar va asoslararo hamda metallmas, kislotali oksidlar, kislotalararo genetik bog’ni tushunish.
So’ngra o’quvchilar D. I. Mendeleyevning elementlar davriy jadvalni o’rganishga kirishadilar. Davriy jadval bilan quyidagi tartibda tanishib chiqaradilar: a) davrlar; b) davrlar va qatorlar; v) gruppalar va gruppachalar.
O’quvchilar katta va kichik davrlarga diqqat qiladilar. Ba’zi bir (katta) davrlar ikki qatorni o’z ichiga olishni, davriy jadvalda hammasi bo’lib yettita davr va o’n qator borligini ko’radilar. Ular davlarda joylashgan ayrim elementlarning xarakteristikasini xotirga olib, har bir davrda (qatordagi kabi) atom massasi, ortib borgan sari (chapdan o’ngga), metallik xossalar asta-sekin zaiflashib boradi, nometallik xossalar esa kuchayadi, degan xulosaga keladilar.
So’ngra o’quvchilar gruppalar bilan tanisha boshlaydilar. Ular davriy jadvaldagi gruppalarning umumiy sonini belgilaydilar. Bunda o’qituvchi bir gruppada joylashgan elementlar, odatda, valentligining bir xilligini, ba’zilari esa to’rtinchi gruppadan boshlab, vodorodli gazsimon birikmalarning bir xilligi bilan ajralib turishini aytadi. Shu bilan birga, o’qituvchi ayni gruppada joylashgan elementlarning xossalari o’zgarishini: ularning atom massalari ortib borish bilan (yuqoridan pastga) nometallik xossalari borgan sari zaiflashib borishi, metallik xossalari esa kuchayishi; davriy jadvalda nometallik xossalari ko’proq namoyon bo’lgan elementlar yuqorida, metallik xossalari ko’proq namoyon bo’lgan elementlar esa - pastda joylashganligi ta’kidlaydi. Shu o’rinda o’qituvchi har qaysi gruppada chaproqda joylashgan gruppachalarning elementlarida, odatda, o’ngroqda joylashgan gruppachalarning elementlaridagiga qaraganda metallik xossalari kuchliroq bo’lishiga o’quvchilar e’tiborini jalb qiladi.
“Moddalarning tuzilishi” degan bo’lim bilan tanishib chiqilgandan keyin davriy qonun va elementlarning davriy jadvali qonun tuzilishi haqidagi tasavvur nuqtai nazardan ko’rib chiqiladi. O’quvchilar elementlar atomlari yadrosining zaryadlari ularning davriy jadvaldagi tartib nomeriga to’g’ri kelishini, elementlar atomlarining valent elektronlari soni. Mendeleyev davriy jadvalidagi gruppalarning nomeriga to’g’ri kelishini aniqlaydilar. Bu omillar davriy qonun va davriy jadval elementlarining xossalarini ularning atom tuzilishi bilan bog’liq holda ifoda qilishi to’g’risidagi o’qituvchi xulosa chiqarish uchun asos bo’ladi.
Davriy qonunning ahamiyati.
O’qituvchi so’zining oxirida davriy qonun va davriy jadval hozirgi zamon fani va amaliyoti uchun qanchalik ahamiyatga ega ekanligiga alohida to’xtalib o’tadi.
D. I. Mendeleyev o’zining davriy jadvalida ba’zi bir elementlarni ularning o’sha vaqtda ma’lum bo’lgan atom massalari ortib borishi tartibida bo’lgan atom massalari ortib borishi tartibida joylashtirmadi, ba’zi elementlarning atom massalarini o’zgartiradi, o’sha vaqtda ham topilmagan ko’pgina elementlarning (galliy, germaniy, poloniy va boshqalar) tabiatda borligini juda aniq oldindan aytdi.
Bu mavzu nazariy umumlashtirish xarakterga ega bo’lganligi uchun kimyoviy tajribadan kam foydalaniladi. Shuning uchun o’qituvchiga ekran vositalari katta yordam ko’rsatadi. Shunday qilib, Mendeleyevning davriy qonuni va elementlar davriy jadvali hozirgi zamon fani uchun so’nggi vaqtlarda - urandan keyingi elementlar ochilishiga qadar, borgan sari yangidan-yangi kashfiyotlar qilishda chinakam mash’al bo’lib xizmat qilib qoldi va qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |