0 = K2
s
2 L.
Bunda:
O
- suyaklar absolut massasining miqdori (kg);
s2
- yelka, bilak, son va boldirlar distal qismining o‘rtacha
diametrlarining kengligi;
K2
- konstanta, 1,2 tajriba asosidan topilgan;
L
- tana uzunligi.
Mateyka formulasining kamchiligi shundaki, undagi 1,2 doi-
miy ko‘rsatkich suyaklaming mineral bilan to‘yinganini, turli
kishilaming yoshi, jinsi taalluq tomonlarini hisobga olmaydi.
Turli mutaxassisli sportchilarda jismoniy yuklamalar ta’sirida
tana proporsiyalari, tana massasining tarkibi va konstitutsiyaning
o‘zgarishi aniqlangan. Tana proporsiyalari bilan total oichovlari
orasidabogianishlartopilgan. Tananingnovchaboiishi oyoqning
uzunligi bilan bogiiq. Ba’zi sport mutaxassisliklarida tana
uzunligiga yuqori talablar qo‘yiladi va bu ko‘rsatkich basketbol,
voleybol, gandbolda asosiy tanlov mezoni hisoblanadi. Tananing
antropometrik ko‘rsatkichlarining kichiklashib borishi yuqori
darajali gimnastlar, akrobatlarda uzoq masofalarga suzuvchilarda
kuzatiladi. Bularda, ayniqsa fazoda yoki suv muhitida murakkab,
lokomotor harakatlami bajarishda, nafaqat koordinatsion sifat-
laming rivojlanishi talab qilinadi, balki tananing ixcham va yengil
b o iish i ham zamr. Og‘ir atletika va ba’zi kurash turlari bilan
shug‘ullanuvchilarda bo‘yining past boiishi, tananing massasi va
ko‘krak qafasining aylanma oichovlarining yuqori ko‘rsatkichlari
bilan ta’riflanadi.
Tana tarkibining o‘zgarishi nafaqat sport turiga b o giiq, balki
bir sport turi ichidagi yuqori yoki past darajali mahoratga ega bo‘l-
gan sportchilarda ham kuzatiladi. Sportning ko‘pchilik turlarida
muskul to‘qimasining absolut ko‘rsatkichlari tana vazniga nisba-
tan ancha katta boiadi. Yog‘siz komponentlarining tez rivojlani-
shi va o ‘sishi ayniqsa 14—15 yoshli o ‘g‘il bola suzuvchilarda va
111
13-15 yoshli qizlarda kuzatiladi. Mashqlanish jarayoni qancha
oldin boshlangan bo‘lsa, tana komponentlarining miqdoriy o ‘z-
garishlari shunchalik tez rivojlanadi va aksincha, qanchalik
kech yoshda mashqlanish jarayoni boshlansa, tana tarkibining
o‘zgarishi shunchalik sust o‘tadi. Yuqori mutaxassisli sport-
chilarda 3-4 hafta mobaynida zo‘riqqan mashqlanish jarayoni
davomida tana komponentlarining nisbatlari o‘zgarishi mumkin.
Yog‘ va suyak massasining o‘zgarishi mutaxassislik turiga
bog‘liq. Masalan, yengil vazinli og‘ir atletikachi va kurashchilarda
muskul to ‘ qimasi maksimal daraj ada rivoj langan bo isa , shunchalik
yog‘ to‘qimasi minimal darajada rivojlangan boiadi. Og‘ir vazinli
kurashchi va og‘ir atletikachilarda aksincha, maksimal darajada
yog‘ to‘qimasi rivojlansa, minimal ko‘rsatkichlari bilan muskul
to‘qimasi ifodalanadi.
Sportchi ayollarda, masalan yuqori darajali gimnastikachilar
va basketbolistkachilarda erkaklarga nisbatan yog‘ qatlami yaxshi
rivojlangan, lekin teri osti yog‘ining tana bo‘ylab taqsimlanishi
erkaklarga o‘xshash boiadi. Masalan, gimnastikachilarda teri
osti yog‘ning eng qalin qatlami gavdaning orqasida joylashsa,
basketbolistkachilarda esa - qorin sohasida joylashadi. Sport fao-
liyati natijasida, ayniqsa mashqlanish jarayonining tugash davrida
sporchilarda yog‘ qatlami ancha kamayadi. Mashqlanishlar ora-
sida komponentlaming miqdoriy nisbatlari biroz o‘zgarishi mum-
kin.
Tana komponentlarining miqdoriy ko‘rsatkichlari ballar bilan
baholanadi. Sheldon jadvalida komponentlaming ko‘rsatkich-
lari yetti balli (1-7) tizim bo‘yicha baholanadi. M aiu m bir kom-
ponentning maksimal rivojlanish darajasi 7 ballga teng, minimal
rivojlanish darajasi 1 ball bilan oichanadi. Xit-Karter jadvali
bo‘yicha ballar noldan boshlanib, oxirgi nuqtasining raqami
chegaralanmagan. Somatik tipning baholanishi uchta raqam bilan
belgilanadi. Masalan, agar tekshiruvchi 7-2 -3 raqamlar bilan
somatotipni baholasa, demak bu shaxsda yog‘ komponenti haddan
112
tashqari rivojlangan (7), muskul komponenti rivojlanish darajasi
2 ballga teng, demak, muskullar juda zaif rivojlangan, 3 ball bilan
vazn - bo‘yi (tana uzunligi) indeksi baholanadi. Bu indeks tananing
bo‘yiga qarab cho‘zilganligini ifodalaydi. K o‘pincha 3 - 5 - 2 ,4 - 3 -
3, 3—4-4 ballar bilan ifodalangan somatotiplar uchraydi. Nazariy
hisoblar bo‘yicha 27 xil konstitutsiya tipi ajratilishi mumkin.
Lekin konstitutsiya turlarining haddan tashqari ko‘payib ketishi,
tahlil qilishni qiyinlashtiradi. Shuning uchun amaliyotda 3 yoki
5 xil konstitutsiya tipining ajratish tavsiya etiladi. Somatotipga
nom berishda yog‘ komponenti - endomorf, muskul komponenti
- mezomorf, tananing bo‘yiga qarab cho‘zilganligi - ektomorf
atamalariga muvofiq bo‘ladi.
0 ‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutining anatomiya
va fiziologiya kafedrasida ko‘p yil davomida o‘tkazilgan ilmiy
tadqiqotlar natijasida har bir sport turida o‘ziga xos dominant
(ustun etuvchi) somatotip xosligi ko‘rsatildi. Bu somatotipning
ko‘rsatkichlari aynan shu sport turining talablariga to‘liq javob
berishi va sportchining yuqori ko‘rsatkichlarga erishishini ta’min-
laydi. Muskul komponentining maksimal darajada rivojlangan-
ligini yengil vaznli og‘ir atletikachilarda, so‘ng erkin kurash
bilan shug‘ullanuvchilarda, dzyudochilarda, milliy kurashchilar
orasida, bokschilarda, tennischilarda, qilichbozlarda kuzatildi.
Yog‘ komponentining maksimal darajada rivojlanishi va minimal
darajada muskul to‘qimasining miqdoriy ko‘payishi og‘ir vaznli
og‘ir atletikachilar va kurashchilar va qisqa distansiyalarga su-
zishda mutaxassislashgan sportchilarga xosdir. Faqat gimnastlar
va yengil atletikachilarda, ayniqsa uzoq masofaga yuguruvchilarda
endomorf komponentining rivojlanish darajasi kichik bo‘ladi.
Katta kuchni talab qiladigan sport turlarida endo-mezomorf tip
ustunlik qilsa, tezkorlikning talab qiladigan sport turlarida ekto-
mezomorf tip ustunlik qiladi. Bir vaqtda ham tezkorlikni, ham
kuchlikni talab qiladigan sport turlarida konstitutsional turlaming
nihoyatda xilma-xil bo‘lishi kuzatiladi, chunki sportchilardan turli
113
harakat faoliyati va jamoada o‘yinchi sifatida unga jiddiy talablar
qo‘yiladi.
Har bir sport turi bilan shug‘ullanuvchilarda boshlang‘ich
davrlarda muvozanatli-mezomorf konstitutsiyasi uchrashi mum-
kin. Muvozanatli-mezomorf konstitutsiya ballari quyidagicha
ifodalanadi 2,5—4—2,5 yoki 3-5-3. Muvozanatli-mezomorf soma-
totipga ega b o ig an sportchilarda konstitutsiya tipi ekzogen
ta’sirotlar ostida o‘zgaruvchan boiishi D.D.Safarova va uning
xodimlari bilan (1994-2005) aniqlangan. Turli mutaxassisli
sportchilarda sport faoliyatining dastlabki bosqchilarda so-
matotipi aniqlangan. Kuch va tezkorlik sifatlarini yuqori dara-
jada namoyon etiladigan sport turlarida o‘ziga xos somatotiplar
shakllanadi. Masalan, kuch sifatini namoyon etadigan- kurash,
og‘ir atletika sport turlarida mutaxassislashgan sportchilarda
endo-mezomorf somatotip shakllanadi va ustunlik qiladi. Endo-
mezomorf somatotipga ega bo‘lgan sportchilarda HLA- antigen
tizimining A lokusi bo‘yicha HLA- АЗ, HLA- A l l ; B lokusidan
- HLA- B35; hamda Cw4; Cw6 antigenlar aniqlandi va statis-
tik ishonarli bogianishlar bilan tasdiqlanadi. Tezkorlik sifatini
namoyon etuvchi yengil atletika, suzish, (kalta masofaga yuguru-
vchi yengil atletikachilarda va suzuvchilarda) ekto-mezomorf so-
matotip shakllanadi va bu somatotip HLA- tizimining Cw5 lokusi
bilan assotsiativ bogianishlar aniqlandi (x2=7,013). Dinamik
kuzatilish ikki yil davomida o‘tkazilib, so‘ng shu sportchilaming
qayta somatotiplari baholandi, dastlabki va oxiridagi mezonlari
solishtirildi. Turli jadallik va yo‘nalishga ega b o ig an mashqlar
ta’siroti ostida bu konstitutsional tipda o‘zgarishlar yuz beradi. Bu
o‘zgarishlar nafaqat bir konstitutsional tip ichidagi o‘zgarishlarga
olib keladi, balki tana tarkibini tashkil etuvchi komponentlarining
mezonlarining keskin o‘zgarishi tufayli, muvozanatli-mezomorf
somatotipni boshqa konstitutsional tiplarga o‘tishi kuzatildi.
Masalan, muvozanatli-mezomorf konstitutsiyaga ega b o ig an
kurashchilar ikki yildan so‘ng qayta o‘tkazilgan somatotiplash
114
natijasida somatotipi endo-mezomorf tipga aylanishi kuzatildi.
Muvozanatli-mezomorf konstitutsiyali bokschilarda esa ekto-
mezomorf konstitutsiyasining shakllanishi aniqlandi. Somatotipi
boshqa kategoriyaga o‘tib ketgan sportchilarda, kurashchi va
bokschilarda mahoratining oliy darajaga yetishi ham kuzatildi.
Shunday qilib, turli yo‘nalish va jadallikka ega bo‘lgan mashq-
lanishlar ta’siri ostida nafaqat somatotipni ifodalovchi miqdoriy
ko‘rsatkichlar o‘zgarishi, balki yaxlit konstitutsiyaning o‘zgarishi
ham aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |