4.
Qon yaratilishi yoki gemopoez funksiyasi
- m aium ki,
naychali suyaklarining bo‘shlig‘ida suyak iligi yoki ko‘migi
joylashgan. Suyak ko‘migi embrional hayotning uchinchi oyi
oxirida paydo boiadi. Eritrositlar, leykositlar, trombositlar suyak
ko‘migida takomil topadi. Demak, suyaklar qon yaratuvchi asosiy
manba hisoblanadi.
Suyaklaming mineral modda almashinish funksiyasida ishtirok
etishi - suyaklar turli tuzlami to‘planish deposi hisoblanadi.
Suyak
- a’zo sifatida nafaqat suyak to‘qimasidan, balki uning
tarkibiga biriktimvchi to‘qima, qon tomirlari va nervlar kiradi.
Tashqaridan suyak usti pardasi yoki periost bilan qoplangan.
Suyak pardasi pishiq biriktiravchi to‘qimadan tashkil topib, uning
tarkibida qon tomirlari, limfatik tomirlar va nervlar o‘tadi. Su-
yak usti pardasining tashqi qavati tolali, ichki qavati - suyak hosil
qiluvchi qatlam bo iib , to‘g‘ridan to‘g‘ri asosiy suyak to‘qimasi
bilan birlashib ketadi. Suyak usti pardasi tarkibidagi osteoblastlar
suyakning rivojlanishini, eniga o‘sishini va turli jarohatlardan
so‘ng tiklanishini ta’minlaydi. Endost yupqa, nozik parda b o iib ,
suyakni suyak ko‘migi tomondan qoplab turadi. Endost tarkibida
osteoblastlar va kollagen tolaning tutamlari uchraydi.
Suyaklar bir vaqtda ham qattiq, ham elastik xususiyatga ega
b o iib , ulaming tarkibida 1/3 qismi organik moddalar (ossein)
b o isa, qolgan 2/3 qismini esa anorganik m oddalar- kalsiy, fosfor
va magniy tuzlari tashkil etadi. Suyaklar elastikligini ossein
ifodalasa, qattiqligi esa mineral tuzlari tufayli hosil b o iad i.
Organik va anorganik moddalaming nisbati suyaklarda yoshga
qarab o ‘zgarib boradi. Yosh organizmning suyaklari tarkibida
ossein ko‘p boiganligidan ular egiluvchan va mahkam bo iad i.
Yosh ulg‘ayib borgan sayin suyaklarda mineral tuzlar miqdori
52
ortadi. Shuning uchun keksa kishilaming suyaklari o‘zining
elastiklik xususiyatlarini asta-sekin yo‘qotib borib, m o‘rt va tez
sinadigan bo‘lib qoladi.
Suyaklar tarkibida organik va anorganik moddalardan tashqari
A, D va C vitaminlari ham boiadi. Yosh bolalaming suyaklari
tarkibida kalsiy tuzlari va D vitamini yetishmasa raxit kasalligi
vujudga keladi, suyaklaming pishiqligi kamayadi va har tomonga
qiyshayishi mumkin.
8-rasm. Naysimon suyakning tuzilish sxemasi (V.Bargman bo‘yicha):
1 - suyak usti pardasi; 2 - suyakning zich moddasi; 3 - tashqi su-
yak plastinkalar qatlami; 4 - osteonlar; 5 - suyak zich moddasining ich-
ki plastinkalar qatlami; 6 - ilik kanali; 7 - g‘ovak moddasining suyakli
to‘siqlari.
Suyaklami bo‘g‘im hosil qiladigan sathlari bo‘g‘im tog‘aylari
bilan qoplangan. Suyak kovaklari suyak iligi bilan to ia boiadi.
Suyak iligi organizmga qon elementlari ishlab beradi va muhim
biologik vazifani bajaradi. Ilik sariq va qizil boiadi. Sariq ilik
asosan yog‘ hujayralaridan iborat b o isa, qizii ilik retikular to‘qi-
masidan iborat nozik qizil massa b o iib , qon shakliy elementlami
ishlab chiqarish manbasi hisoblanadi.
53
Do'stlaringiz bilan baham: |