D. asosini Nyutonning mexanika qonunlari tashkil qiladi



Download 13,3 Kb.
Sana09.11.2019
Hajmi13,3 Kb.
#25489
Bog'liq
dinamika

Dinamika (yun. dynamis — kuch) — mexanikannng jismlar mexanik harakatini ularga taʼsir qiladigan kuchlar bilan bogʻlab oʻrganadigan boʻlimi. D.da statikaning murakkab kuchlar sistemasini sodda holga keltirish qonuniyatlaridan va kinematikadagi harakatni ifodalash usullaridan keng foydalaniladi. D.ning bevosita vazifasi berilgan (qoʻyilgan) kuchlar boʻyicha harakatni aniqlash, agar harakat maʼlum boʻlsa, jismga qoʻyilgan kuchlarni topishdan iborat. Odatda, D. deganda yoruglik tezligidan ancha kichik tezlikda harakatlanayotgan har qanday moddiy jismning harakatini oʻrganadigan anʼanaviy (klassik) D. tushuniladi.

Oʻrganiladigan obʼyektning xossalariga qarab: 1) moddiy nuqta va moddiy nuqtalar sistemasi D.si; 2) qattiq jism D.si; 3) uzgaruvchan massali jism D.si; 4) elastik yoki plastik deformatsiyalanadigan jism D.si; 5) suyuqlik va gaz D.si (mas, gidrodinamika, aerodinamika, gaz dinamikasi) buladi. D.da avval moddiy nuqtaning harakat qonunlari aniqlanadi, soʻngra moddiy nuqtalar sistemasi uchun bu qonunlar umumlashtiriladi, massa jismlarning moddiy ifodasi sifatida qaraladi.

D. asosini Nyutonning mexanika qonunlari tashkil qiladi.

D.da ikkita birliklar sistemasi ishlatiladi: 1) fizik sistema [uzunlik birligi (1 metr), vaqt birligi (1 sekund), massa birligi (1 kilogramm-massa) olinadi]; 2) texnik sistema [uzunlik, vaqt birligi va kuch birligi (1 kilogramm-kuch)]. D.da moddiy nuqtalar va sistemalarning harakati Nyutonning qonunlari asosida tuzilgan differensial tenglamalar asosida aniklanadi. D.da moddiy nuqta tebranma harakatini tekshirish uchun differensial tenglamalardan foydalaniladi va harakat qonunlari keltirib chiqariladi. Bundan tashqari dinamikada harakatni tekshirish uchun nisbatan soddalashtirilgan uch xil usul ham keltiriladi. Bular D.ning umumiy teoremalari degan nom bilan kiritilgan.



Amalda D.ning quyidagi umumiy teoremalari juda keng tatbiq qilinadi: 1) sistema harakat miqdorining oʻzgarishi haqidagi teorema: sistema harakat miqdori differensiali tashqi kuchlar elementar impulslarining geometrik yigindisiga teng . Bu teorema suyukliklar harakatini tekshirishda, zarba nazariyasida, reaktiv harakatlar nazariyasida keng tatbiq qilinadi; 2) sistema kinetik momentining oʻzgarishi haqidagi teorema: sistemaning biror O markaziga nisbatan kinetik momentining vektori uchining tezligi sistemaga qoʻyilgan tashki kuchlarning shu nuqtaga nisbatan bosh momentiga teng . Bu teorema giroskoplar nazariyasida, zarba nazariyasida, sayyoralar harakatini tekshirishda, turbinalar nazariyasida keng tatbiq qilinadi; 3) sistema kinetik energiyasining oʻzgarishi haqidagi teorema: sistemaning ixtiyoriy siljishidagi kinetik energiyasi oʻzgarishi ichki va tashqi kuchlarning shu siljishda bajargan ishlari yigʻindisiga teng . Sistemaga potensial kuchlar qoʻyilsa, sistema kinetik va potensial energiyalarining yigindisi oʻzgarmay qoladi. Kinetik energiyaning oʻzgarish tezligi barcha ichki va tashki kuchlar quvvatlari yigʻindisiga teng . D.da umumlashgan koordinatalar va umumlashgan kuchlar tushunchalari kiritilib, kinetik energiyani bu yangi koordinatalarda ifodalash uchun Lagranj ikkinchi tur tenglamalari keltirib chiqariladi. Harakatni tadqiq qilishning umumiy usullaridan tashqari D.da bir qator xususiy masalalar: giroskoplar nazariyasi, mexanik tebranishlar nazariyasi va b. ham oʻrganiladi. D. usullarining ayrim sohalarga tatbiq qilinishi tufayli osmon mexanikasi, tashqi ballistika, samolyotlar dinamikasi, raketalar dinamikasi kabi sohalar paydo boʻldi.
Download 13,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish