2.4. MADANIY MEROS OBYEKTLARI DAVLAT KADASTRI
Madaniy meros obyektlari davlat kadastri madaniy meros obyektlarining
davlat muhofazasini hamda ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash maqsadida
yuritiladi. Ushbu kadastr madaniy meros obyektlarining geografik joylashishi,
huquqiy maqomi, miqdoriy, sifat tavsiflari va bahosi to‘g‘risidagi yangilab
turiladigan ma’lumotlar va hujjatlar tizimini ifodalaydi. Quyidagilar Davlat
kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
- respublikaning butun hududida madaniy merosning barcha obyektlarini
kadastr bilan qamrab olish;
- kadastr axborotini shakllantirishning yagona metodologiyasi;
- kadastr yuritishni markazlashtirilgan tarzda boshqarish;
- kadastrlar yagona tizimi talablarini ta’minlash;
- kadastr axborotining ishonchliligi hamda uni to‘ldirish va yangilab
borishning uzluksizligi;
- kadastr axborotidan foydalanish mumkinligi.
Davlat kadastrini yuritish madaniy meros obyektlariga mulkchilik huquqini
va boshqa huquqlarni davlat ro‘yhatidan o‘tkazishni, madaniy meros obyektlarini
miqdoriy va sifat tavsiflarini hisobga olishni, madaniy meros obyektlarini sifat va
qiymat jihatidan baholashni, kadastr axborotini turkumlashtirish, saqlash va
yangilashni, madaniy meros obyektlarining holati to‘g‘risidagi hisobotlarni
tuzishni, Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun tegishli axborotni
taqdim etishni, foydalanuvchilarni kadastr axboroti bilan ta’minlashni o‘z ichiga
oladi.
O‘zini tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o‘zga madaniy qimmatiga ega bo‘lgan
yodgorliklar, ansambllar va diqqatga sazovor joylar Davlat kadastri obyektlari
hisoblanadi.
71
Ushbu kadastrni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining
Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab
chiqarish bosh boshqarmasining kadastr xizmati, shuningdek Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida madaniy meros obyektlarini
muhofaza qilish va ulardan foydalanish mintaqaviy davlat inspeksiyalari
tomonidan yuritiladi.
Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish
bo‘yicha ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining kadastr xizmati:
-
madaniy
meros
obyektlari
davlat
kadastrining
yuritilishini
muvofiqlashtiradi;
- normativ-metodik hujjatlarni ishlab chiqadi;
- kadastr yuritilishini nazorat qiladi;
- mintaqaviy inspeksiyalar kadastr hisobotlarini turkumlashtiradi;
- kadastr xizmatlarini moddiy-texnik ta’minlaydi;
- madaniy meros obyektlarining davlat kadastri avtomatlashtirilgan axborot
tizimini ishlab chiqadi;
- manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kadastr materiallaridan
foydalanish tartibi va shartlarini belgilaydi;
Davlat kadastrlari yagona tizimiga zarur kadastr axborotini beradi.
Mintaqaviy inspeksiyalar:
- madaniy meros obyektlari, mulkchilik obyektlari va subyektlari, madaniy
meros obyektlariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ular ijarasi, ulardan
maqsadli foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlar hisobini hamda ulardan
foydalanish rejimini yuritadi;
- madaniy meros obyektlari to‘g‘risidagi miqdor va sifat axborotini
to‘playdi;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha
madaniy meros obyektlari ro‘yhatini tuzadi;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri madaniy
meros obyektlari bo‘yicha kadastr daftarini yuritadi;
72
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri madaniy
meros obyektlarining joylashishi sxemasini tuzadi.
Davlat kadastrini yuritish ishlari davlat byudjeti hisobiga mablag‘ bilan
ta’minlanadi va unda respublika hududidagi barcha madaniy meros obyektlari
to‘g‘risidagi ma’lumotlar yig‘iladi. Hisobga olish va baholash axboroti birgalikda
madaniy meros obyektlari bo‘yicha kadastr axborotini tashkil etadi, ushbu axborot
harfli-raqamli (matnli, jadvallar, vedomostlar) va chiziqli (rejalar, sxemalar,
kesimlar va o‘lchamlar) shakllarda qog‘ozda va elektron manbalarda taqdim
etiladi.
Madaniy meros obyektlari davlat kadastri:
-
madaniy
meros
obyektlarining
geografik
joylashishi
haqidagi
ma’lumotlarni;
- madaniy meros obyektlarining miqdoriy, sifat va qiymat tavsiflari hisobini
o‘z ichiga oladi.
Madaniy meros obyektlarining hisobga olish axboroti:
- kadastr tartib raqamini;
- obyekt nomini;
- joylashgan joyini;
- tipologik tegishliligini;
- sana belgilashni;
- mulkdor, egasi, foydalanuvchi yoki ijaraga oluvchi yuridik yoki jismoniy
shaxsning nomi va uning manzilini;
- madaniy meros obyektining idoraviy mansubligini;
- madaniy meros obyektining maqsadli vazifasini;
- tarixiy ma’lumotlarni;
- madaniy meros obyektining dastlabki qiyofasini o‘zgartirilgani qayta
qurish va yo‘qotishlarni;
- ta’mirlash ishlarini (umumiy tavsif, qiymati, vaqti, muallif, hujjatlar
saqlanadigan joy);
73
- bino, inshoot va yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yhatidan
o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
- muhofaza zonalari va qurilishni tartibga solish zonalari chegaralarini
(tasdiqlovchi hujjatga asoslangan holdagi reja, qisqacha tavsif) o‘z ichiga oladi.
Quyidagilar:
- arxeologik yodgorliklari uchun - sana qo‘yish, qidirish va qazish ishlari
kim tomonidan va qachon bajarilganligi, topilgan materiallarning saqlanish joyi;
- tarixiy yodgorliklar uchun: paydo bo‘lish tarixi, obyekt yodgorlik
ahamiyatiga ega ekanligi bilan bog‘liq voqealar va shaxslarning qisqacha tavsifi;
- arxitektura va monumental san’at yodgorliklari uchun - ularni muallifi,
quruvchisi, buyurtmachisi, qurilgan sanasi tarixiy ma’lumotlar hisoblanadi.
Madaniy meros obyekti tavsifi bo‘lib:
- obyekt nomi;
- tipologik mansubligi;
- manzili;
- zamonaviy foydalanilishi;
- tarixiy ma’lumotlar;
- yodgorlikning dastlabki qiyofasini o‘zgartirgan qayta qurishlar va
yo‘qotishlar;
- ilmiy-tarixiy va badiiy ahamiyati;
- asosiy bibliografiya, arxiv manbalari, ikonografik material;
- texnik holati;
- muhofaza qilish tizimi;
- muhofaza qilish toifasi;
- muhofaza qilishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi hujjatning sanasi va
tartib raqami;
- muhofaza zonasi chegaralari;
- balans bo‘yicha mansubligi;
- muhofaza hujjatining sanasi va tartib raqami (majburiyatlar);
74
- arxeologik yodgorligi tavsifi: sanasi, eng muhim topilmalar ro‘yhati va
tavsifi;
- tarixiy yodgorliklari tavsifi: sanasi, marmar lavhada matnlar mavjudligi va
o‘rnatilgan vaqti;
- arxitektura yodgorliklari tavsifi: sanasi, rejalashtirilishi, kompozitsion-
makon tuzilmasi va konstruksiyalarning o‘ziga hosligi, fasad va intererlar bezagi
xususiyati, rang-tasvir, haykaltaroshlik, amaliy san’at mavjudligi, qurilish
materiali, asosiy o‘lchamlari;
- monumental san’at yodgorliklari tavsifi: muallifi va sanasi, kompozitsion
yechimi xususiyatlari, matnlar, material, texnika, hajmi;
- madaniy meros obyektining ijtimoiy, ilmiy-tarixiy va badiiy ahamiyatiga
umumiy bahosidan iborat bo‘ladi.
Madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlariga huquqlar yer uchastkalari
(shu jumladan muhofaza zonalari)ning naturada belgilangan va mustahkamlangan
chegaralari mavjud bo‘lgan taqdirda binolar va inshootlarning davlat yer kadastri
va davlat kadastrini olib boruvchi organlarda kadastr ro‘yhatidan o‘tkaziladi. Yer
uchastkasi chegaralarining burilish nuqtalari qoziq belgilari yo‘qolgan taqdirda
ular o‘sha joyda yer uchastkasi chegaralarining burilish nuqtalari o‘rnatilgan holda
dala geodezik o‘lchashlari o‘tkazib yoki tegishli ko‘lamdagi fotografiya
ma’lumotidan foydalanilgan holda yer uchastkalari ajratish materiallari bo‘yicha
tiklanadi.
Madaniy meros obyektlari soni ularning amaldagi holati va foydalanilishiga
ko‘ra hisobga olinadi.
Madaniy meros obyektlarining sifatga doir tavsifini hisobga olish:
- sana belgilashni;
- texnik holatni;
- arxitektura bezagini;
- badiiy naqshlarni o‘z ichiga oladi.
Texnik holat quyidagi tasniflash bo‘yicha baholanadi: yaxshi, o‘rta, yomon,
avariya holatida.
75
Muhofaza tizimi uni toifasini (respublika ahamiyatiga, mahalliy ahamiyatga
egaligi), muhofaza uchun qabul qilinishi to‘g‘risidagi hujjatning sanasi va tartib
raqamini o‘z ichiga oladi.
Madaniy meros obyektlarini baholash, shu jumladan qiymatini, O‘zbekiston
Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlangan metodika bo‘yicha
ulardan samarali foydalanishni belgilash, yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash,
sug‘urta, ijara to‘lovi stavkalari, ularni ta’mirlash, konservatsiya qilish xarajatlarini
qoplash, joriy ta’mirlashni olib borish uchun o‘tkaziladi.
Davlat kadastri axborotning uzluksiz yangilanishini ta’minlovchi asosiy va
joriy turlarni o‘z ichiga oladi. Asosiy turda madaniy meros obyektlari birlamchi
hisobi amalga oshiriladi, ularning soni ko‘rsatiladi va naturada yer uchastkalari
chegaralari belgilanadi (yer uchastkalarini ro‘yhatdan o‘tkazish ma’lumotlari
asosida). Joriy turda asosiy turdan keyin madaniy meros obyekti bo‘yicha ro‘y
bergan barcha o‘zgartirishlar kiritiladi.
Madaniy meros obyektiga kadastr hujjatlari:
- madaniy meros obyektiga mulkchilik huquqini va boshqa huquqlarni
tasdiqlovchi hujjatlardan;
- madaniy meros obyekti kadastr ishidan;
- kadastr planidan (rejadan);
- kadastr daftaridan;
- madaniy meros obyektining holati to‘g‘risidagi hisobotdan iborat bo‘ladi.
Madaniy meros obyekti kadastr ishi kadastr obyektiga huquqlarni
shakllantirish, hisobga olish va keyinchalik davlat ro‘yhatidan o‘tkazish uchun
zarur bo‘lgan pasport, boshqa hujjat va materiallar kadastr syomkasi hujjatlari,
texnik xatlash va pasportlashtirish, maxsus tekshirish va qidiruvlar, kadastr
obyektining sifat va qiymat bahosidan iborat bo‘ladi.
Madaniy meros obyektining kadastr xaritasi (plani) kadastr obyektlarining
joylashgan joyini, ularning chegaralarini, muhofaza zonalarini, baholash, miqdoriy
va sifat tavsiflarini aks ettiruvchi chiziqli hujjat hisoblanadi hamda qog‘ozda,
elektron manbalarda tuziladi.
76
Kadastr daftari madaniy meros obyektlarini ro‘yhatdan o‘tkazish va hisobga
olishning asosiy hujjati hisoblanadi hamda obyektning geografik joylashishi,
huquqiy maqomi, miqdoriy va sifat tavsiflari va baholash haqidagi ma’lumotlarni
o‘z ichiga oladi.
Tarixiy-madaniy qimmatga ega bo‘lgan obyektlarni Davlat kadastriga
kiritish:
- davlat mulki bo‘lgan madaniy meros obyektlariga nisbatan joylardagi
davlat hokimiyati organlarining;
- yuridik va jismoniy shaxslarning mulki bo‘lgan madaniy meros
obyektlariga nisbatan yuridik va jismoniy shaxslarning takliflari asosida amalga
oshiriladi.
Tarixiy-madaniy qimmatga ega bo‘lgan obyektlarni kadastrga kiritish
to‘g‘risidagi takliflarni tegishli ravishda obyektlarning egalari yoxud joylardagi
davlat hokimiyati organlari bilan kelishgan holda mintaqaviy inspeksiyalar ham
kiritishga haqlidir.
Joylardagi davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning
obyektlarni kadastrga kiritish to‘g‘risidagi takliflari mintaqaviy inspeksiyalarga
taqdim etiladi. Mintaqaviy inspeksiyalar obyektni oldindan o‘rganadi, zarur
kadastr hujjatlarini tuzadi. Mintaqaviy inspeksiyalar tomonidan tayyorlangan
materiallar Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish
ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasiga yuboriladi. Bu boshqarma kadastr
materiallarini tarixiy-madaniy ekspertizadan o‘tkazish uchun o‘zini ilmiy-metodik
kengashiga beradi. Kengash xulosasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat
vazirligiga madaniy merosning aniqlangan obyektini Davlat kadastriga kiritish
to‘g‘risida taklif kiritadi. Davlat kadastriga kiritilgan madaniy meros har bir
obyektiga pasport rasmiylashtiriladi va u mintaqaviy inspeksiyaga yuboriladi.
Madaniy meros obyekti pasportining shakli Davyergeodezkadastr qo‘mitasi bilan
kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan
belgilanadi.
77
Mintaqaviy inspeksiyalar madaniy meros obyekti egasini (yuridik yoki
jismoniy shaxsni) yoxud joylardagi davlat hokimiyati organini madaniy meros
obyekti Davlat kadastriga kiritilganligi to‘g‘risida xabardor qiladi va unga madaniy
meros obyekti pasportini beradi. Davlat mulki bo‘lgan madaniy meros obyekti
pasporti tegishli mulkning balansi egasida saqlanadi. Mintaqaviy inspeksiyalar,
joylardagi davlat hokimiyati organlari Davlat kadastriga kiritilgan madaniy meros
obyektlarining holati ustidan nazoratni ta’minlaydilar.
Madaniy meros obyektiga nisbatan kadastr axboroti o‘zgargan taqdirda
obyektlarining egalari, davlat hokimiyati organlari bir oy muddatda bu haqda
tegishli mintaqaviy inspeksiyaga ma’lum qilishlari shart.
Mintaqaviy inspeksiyalar joylardagi davlat hokimiyati organlari bilan
birgalikda besh yilda bir marta madaniy meros obyektlarining holatini tekshiradilar
va qayd etadilar. Tekshirish natijalari bo‘yicha, zarurat bo‘lsa, obyektlarni
muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasiga
madaniy meros obyektlarini saqlash bo‘yicha joriy va istiqbol dasturlarini ishlab
chiqishga doir takliflar kiritadilar.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi har yili kadastr axborotini
hisobot yilidan keyingi yilning 1 martigacha Davlat kadastrlarining yagona
tizimiga taqdim etadi. Kadastr ma’lumotlarini taqdim etish shakli Madaniyat
vazirligi tomonidan Davyergeodezkadastr qo‘mitasi bilan kelishilgan holda
tasdiqlanadi. Davlat kadastri axboroti davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga
bepul, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga esa belgilangan tartibda haq to‘lash
evaziga beriladi.
Davlat
kadastrini
yuritishni
tashkil
etish
bo‘yicha yo‘riqnoma
Davyergeodezkadastr qo‘mitasi bilan kelishgan holda, belgilangan tartibda
Madaniyat vazirligi tomonidan ishlab chiqib tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |