ҚЎРИҚЛАНАДИГАН ТАБИИЙ ҲУДУДЛАР
ДАВЛАТ КАДАСТРИ
ҚЎРИҚЛАНАДИГАН ТАБИИЙ ҲУДУДЛАР
ДАВЛАТ КАДАСТРИ
5.2. QO‘RIQLANADIGAN TABIIY HUDUDLAR DAVLAT KADASTRI
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri O‘zbekiston
Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
tomonidan Fanlar akademiyasi ishtirokida yuritiladi va tabiiy muhitning muhofaza
etiladigan toifalariga kiritilgan obyektlari bo‘yicha birxillashtirilgan ma’lumotlar
to‘plamidan iborat bo‘ladi, u O‘zbekiston Respublikasi Davlat kadastrlari yagona
tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri ana shunday hududlar
tarmoqlarini rejalashtirish, ularni muhofaza qilishni ta’minlash, ilmiy tadqiqotlar
o‘tkazish, tegishli tartibga rioya qilinishi ustidan davlat nazorati darajasini oshirish,
muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning asosiy tavsiflari bilan tezkorlik bilan
tanishish, shuningdek ularning ishlab chiqaruvchi kuchini va joylashtirishni
rivojlantirishdagi rolini hisobga olish uchun mo‘ljallangan.
Quyidagilar muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastrini hisobga
olish obyektlari hisoblanadi:
- davlat qo‘riqxonalari, kompleks (landshaft) zakazniklar, tabiiy bog‘lar,
davlat tabiat yodgorliklari, tabiat pitomniklari, tabiiy kurort hududlari, dam olish
hududlari, suvni muhofaza qilish zonalari va qirg‘oqbo‘yi polosalari, yer usti va
yer osti suvlari hosil bo‘ladigan hududlar (daryo vodiylari, surilma konuslari, tog‘
186
etaklari) baliqchilik xo‘jaligi hududlari, alohida tabiiy resurslarni boshqarish uchun
hududlar, davlat biosfera rezervatlari hamda qonun hujjatlari va xalqaro
shartnomalar bilan muhofaza etiladigan toifaga kiritilgan boshqa tabiiy hududlar.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar o‘zining faoliyat ko‘rsatish maqsadi va
rejimiga ko‘ra quyidagi toifalarga bo‘linadi:
- davlat qo‘riqxonalari;
- kompleks (landshaft) zakazniklar;
- tabiiy bog‘lar;
- davlat tabiat yodgorliklari;
- alohida tabiiy obyektlar va komplekslarni saqlash, ko‘paytirish va tiklash
uchun hududlar;
- muhofaza etiladigan landshaftlar;
- alohida tabiiy resurslarni boshqarish uchun hududlar.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bo‘ysunishi, muhimligi, shuningdek
tabiiy obyektlarning noyobligiga ko‘ra mahalliy va umumdavlat ahamiyatiga ega
bo‘lishi mumkin. Faqat qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etilgan
obyektlargina ro‘yhatdan o‘tkaziladi va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
kadastriga kiritiladi. Obyektlarni kadastrga kiritish uchun zarur bo‘ladigan hujjatlar
ro‘yhati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan
belgilanadi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri ushbu hududlarning
huquqiy maqomi va tartibi, ularni geografik holati, miqdori va sifatiga oid
tavsiflari, ekologik, ilmiy, ma’rifiy, tarixiy va boshqa qiymatlari, idoraviy
mansubligi, yer egalari va yerdan foydalanuvchilar, shuningdek hisobga olingan
har bir obyekt bo‘yicha ushbu hududlardagi tabiiy resurslardan foydalanish
xarakteri to‘g‘risidagi ma’lumotlardan iborat bo‘ladi.
Kadastr hujjatlari kartografiya, fotografiya, hisobot, hisobga olish
materiallarini va boshqa materiallarni, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning
holati to‘g‘risidagi, kadastr shakllarini tuzishda hisobga olinadigan ma’lumotlarni
187
o‘z ichiga oladi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kadastri quyidagi asosiy
shakllarni o‘z ichiga oladi:
1-shakl (yig‘ma) - "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ro‘yhati";
2-shakl - "Davlat qo‘riqxonalari, kompleks (landshaft) zakazniklar, tabiiy
bog‘lar, davlat biosfera rezervatlarining yer-suv resurslari";
3-shakl - "Davlat qo‘riqxonalari, kompleks (landshaft) zakazniklar, tabiiy
bog‘lar, davlat biosfera rezervatlarining o‘simlik dunyosi";
4-shakl - "Davlat qo‘riqxonalari, kompleks (landshaft) zakazniklar, tabiiy
bog‘lar, davlat biosfera rezervatlarining hayvonot dunyosi";
5-shakl - "Davlat tabiat yodgorliklarini, alohida tabiiy obyektlar va
komplekslarni saqlash, ko‘paytirish va tiklash uchun hududlarni umumiy tavsifi";
6-shakl - "Muhofaza etiladigan landshaftlarni, alohida tabiiy resurslarni
boshqarish uchun hududlarning umumiy tavsifi";
7-shakl - "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tabiatni muhofaza qilish
faoliyatining asosiy natijalari".
Shakllarning tuzilishi va mazmuni Ekologiya va atrof muhitni muhofaza
qilish davlat qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
7-shakldan tashqari, barcha shakllar bo‘yicha ma’lumotlar tuman ("T" literli
shakl), viloyat ("V" literli shakl) va respublika (litersiz shakl) darajasida ishlab
chiqiladi. 7-shakl bo‘yicha ma’lumotlar faqat tuman darajasidagina beriladi.
Barcha shakllarga (tuman, viloyat va respublika darajasida) muhofaza etiladigan
tabiiy hududlarning hozirgi holati va uning o‘zgarishi darajasi tahlil qilingan
holdagi qisqacha izohnoma beriladi.
Tuman darajasida - muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kadastri tarkibiga
"T" literi bilan barcha shakllar bo‘yicha ma’lumotlar, muhofaza etiladigan tabiiy
hududlar rahbarlarining hisobotlari, tadqiqotlar, izlanishlar materiallari, hisobga
olish ma’lumotlari va boshqa birlamchi kadastr hujjatlari kiritiladi.
Viloyat darajasida - alohida "muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kadastri
tarkibiga "T" va "V" literlari bilan barcha shakllar bo‘yicha ma’lumotlar kiritiladi.
188
Respublika darajasida - muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kadastri
tarkibiga "V" literi bilan va litersiz barcha shakllar bo‘yicha ma’lumotlar kiritiladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kadastri Ekologiya va atrof muhitni muhofaza
qilish davlat qo‘mitasining uchchala darajalardagi organlari tomonidan yuritiladi:
- tuman (shahar) darajasida - tuman ekologiya va atrof muhitni muhofaza
qilish inspeksiyasi tomonidan;
- viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) darajasida - Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza
qilish boshqarmalarining inspeksiya xizmati tomonidan;
- respublika darajasida - Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat
qo‘mitasi respublika inspeksiya xizmati tomonidan.
3 va 4-shakllar bo‘yicha ma’lumotlarni tayyorlashda O‘zbekiston
Respublikasi Fanlar akademiyasi ishtirok etadi.
Yer osti chuchuk suvlari manbalarining hamda noyob va qimmatbaxo
metallar konlari va nishonalarining shakllanish hududlari bo‘yicha kadastr
ma’lumotlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar
qo‘mitasi tomonidan tuziladi. Belgilangan shakldagi yakuniy ma’lumotlar umumiy
kadastrga kiritish uchun nazarda tutilgan muddatlarda Ekologiya va atrof muhitni
muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga taqdim etiladi.
Kadastr tadrijiy ravishda yuritiladi, shakllar bo‘yicha ma’lumotlar, hisobot
yilidan keyingi yilning 1 yanvaridagi holat bo‘yicha, har yili bir marta taqdim
etiladi. Tuman darajasida - 2-t, 3-t, 4-t, 5-t, 7-t shakllari bo‘yicha ma’lumotlar
(hisobotlar) tuman (shahar) Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish (obyekt
joylashgan erdagi) inspeksiyasiga muhofaza etiladigan hududlar rahbarlari
tomonidan hisobot yilidan keyingi yilning 1 fevraligacha taqdim etiladi. (O‘zR VM
01.04.2005 y. 95-son Qarori taxriridagi xat boshi). 6-t va 7-t shakllari bo‘yicha
ma’lumotlar yerlarni hisobga olish hujjatlari asosida tuman tabiatni muhofaza
qilish inspeksiyasi tomonidan tayyorlanadi.
Tuman inspeksiyalari taqdim etilgan ma’lumotlar (hisobotlar)ni to‘g‘riligini
aniqlaydilar, tuman (shahar) bo‘yicha muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
189
ro‘yhatini tuzadilar (1-t yig‘ma shakl) barcha kadastr materiallarini tuman
hokimligi bilan kelishib oladilar va 1-t, 2-t, 3-t, 4-t, 5-t, 6-t, 7-t shakllari bo‘yicha 1
martgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalariga taqdim etadilar.
Viloyat darajasida - olingan materiallar viloyat inspeksiya xizmati
tomonidan umumlashtiriladi va tahlil qilinadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishib
olinadi hamda 1 aprelgacha 1-"V", 2-"V", 3-"V" 4-"V", 5-V", 6-"V" shakllari
bo‘yicha Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga
jo‘natiladi.
Respublika darajasida - muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri
Ekologiya
va
atrof
muhitni
muhofaza
qilish
davlat
qo‘mitasining
"Boshersuvnazorat" boshqarmasi tomonidan yuritiladi.
1. Tuman (shahar) Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bo‘yicha kadastr axborotlarini to‘playdi va
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof
muhitni muhofaza qilish boshqarmasining inspeksiya xizmatilariga taqdim etadi.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya
va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining inspeksiya xizmatilari hamda
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining respublika
inspeksiya xizmati ("Boshersuvnazorat" boshqarmasi) Muhofaza etiladigan tabiiy
hududlar
bo‘yicha
kadastr
axborotlarini
umumlashtiradilar
va
Davyergeodezkadastr qo‘mitasining DKYAT ma’lumotlar bazasiga beradi.
3. Vakolatli tashkilotlar - O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof
muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi "Boshersuvnazorat" boshqarmasi va
boshqalar so‘rovi bo‘yicha Davyergeodezkadastr qo‘mitasining DKYAT
ma’lumotlar bazasidan Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bo‘yicha kadastr
axborotlarini olishlari mumkin.
190
Do'stlaringiz bilan baham: |