ТЕМИР ЙЎЛЛАРИ ДАВЛАТ КАДАСТРИ
ТЕМИР ЙЎЛЛАРИ ДАВЛАТ КАДАСТРИ
3.2. TEMIR YO‘LLAR DAVLAT KADASTRI
Temir yo‘llari davlat kadastri - temir yo‘llar obyektlari, ularning jug‘rofiy
holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari va iqtisodiy baholash
to‘g‘risidagi yangilanib turiladigan ishonchli axborot tizimi. Kadastr Davlat
kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va temir yo‘llar
obyektlarini hisobga olish, ular holatini baholash maqsadida yuritiladi.
Mavjud bo‘lgan va qurilayotgan temir yo‘llar, stansiyalar hamda
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan temir yo‘llarning boshqa obyektlari
Temir yo‘llari davlat kadastri obyektlari hisoblanadi. "O‘zbekiston temir yo‘llari"
aksiyadorlik jamiyati Temir yo‘llari davlat kadastrini yuritish bo‘yicha vakolatli
organ hisoblanadi. Bu kadastr davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini,
"O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati, manfaatdor yuridik va jismoniy
shaxslarni temir yo‘l obyektlari to‘g‘risidagi ishonchli kadastr axborotlari bilan
ta’minlash uchun mo‘ljallangan. Quyidagilar Temir yo‘llari davlat kadastrini
yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
93
- O‘zbekiston Respublikasi butun hududining temir yo‘l obyektlarini to‘liq
qamrab olish;
- fazoviy koordinatlarining yagona tizimini va yagona topografiya asoslarini
qo‘llash;
- barcha obyektlar bo‘yicha kadastr axborotlarini shakllantirishning yagona
metodologiyasi;
- kadastr axborotlarining ishonchliligi, ko‘rgazmaliligi va hujjatliligi;
- kadastr axborotlarining ochiqligi.
Temir yo‘llari davlat kadastrini yuritish temir yo‘l obyektlarini xatlash,
hisobga olish, baholash bilan ta’minlanadi hamda davlat yer kadastri, binolar va
inshootlar davlat kadastri axborotlaridan majburiy foydalanilishini nazarda tutadi.
Temir yo‘l obyektlariga tegishli bo‘lgan yer uchastkalari, binolar va inshootlarga
bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yhatidan o‘tkazish uchun belgilangan tartibda
vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Temir yo‘l obyektlariga tegishli bo‘lgan, davlat yer kadastridan Temir
yo‘llari davlat kadastriga berilayotgan yer uchastkalari bo‘yicha yerning tarkibi yer
uchastkalariga bo‘lgan huquq davlat ro‘yhatidan o‘tkazilganligi (shu jumladan
yerdan foydalanishda servitutlarda belgilangan mavjud cheklashlar va taqiqlar
to‘g‘risidagi ma’lumotlar), yerning miqdori va sifati to‘g‘risidagi ma’lumotlar
bo‘lishi kerak.
Bino va inshootlar davlat kadastridan temir yo‘l obyektlariga tegishli
bo‘lgan binolar va inshootlar to‘g‘risidagi beriladigan kadastr axborotlarida
ulardan maqsadli foydalanilishi, huquqlarning davlat ro‘yhatidan o‘tkazilishi,
asosiy miqdor va sifat tavsiflari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak. Temir
yo‘l obyektlari to‘g‘risidagi tizimlashtirilgan kadastr axboroti Davlat kadastrlari
yagona tizimiga belgilangan tartibda beriladi.
Temir yo‘llari davlat kadastrini yaratish va yuritish ishlarini moliyalashtirish
"O‘zbekiston temir yo‘llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi mablag‘lari hisobiga
amalga oshiriladi. Kadastr yuritishni "O‘zbekiston temir yo‘llari" davlat-
aksiyadorlik kompaniyasining quyidagi tarkibiy bo‘linmalari ta’minlaydi:
94
- "O‘zbekiston temir yo‘llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasining Strategik
rivojlanish boshqarmasining temir yo‘llar davlat kadastri bo‘limi;
- temir yo‘l korxonalarining kadastr bo‘linmalari.
Kadastrini yuritish bo‘yicha ishlarga umumiy rahbarlik qilishni "O‘zbekiston
temir yo‘llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasining bosh menejeri - bosh
muhandisi amalga oshiradi. Temir yo‘llari davlat kadastrini yuritishni metodik
ta’minlashni "O‘zbekiston temir yo‘llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi amalga
oshiradi.
Temir yo‘llar davlat kadastri bo‘limi quyidagilarni ta’minlaydi:
- temir yo‘llar davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy
etilishi va mavjud bo‘lishini;
- ma’lumotlar bazasi tuzilmasini ishlab chiqish, uni temir yo‘l korxonalariga
berish, ma’lumotlar bazasi to‘g‘ri to‘ldirilishi ustidan nazorat qilishni;
- korxonalarning kadastr bilan shug‘ullanadigan hodimlarini temir yo‘llar
davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ishlashga o‘qitishni;
- korxonalar tomonidan taqdim etilgan kadastr axborotini tizimlashtirish va
uni temir yo‘llar davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritishni;
- temir yo‘llarning yangi obyektlari to‘g‘risidagi hisobga olish va baholash
ma’lumotlari to‘planishi ustidan nazorat qilishni;
- kadastr axborotlari Davlat kadastrlari yagona tizimiga tezkor berilishini
amalga oshirishni;
- har yili belgilangan tartibda Davlat kadastrlari yagona tizimiga
"O‘zbekiston temir yo‘llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasining temir yo‘l
obyektlarining holati va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etishni.
Temir yo‘l korxonalarining kadastr bo‘linmalari:
- temir yo‘l obyektlarini miqdor va sifat holatidagi joriy o‘zgarishlar,
ularning atrof muhitga ta’siri, ekologik-iqtisodiy baholash to‘g‘risidagi
axborotlarni to‘playdi va tizimlashtiradi;
- temir yo‘l obyektlari kadastr daftarlarini yuritadi, ma’lumotlar bazasini
to‘ldiradi va ularni tizimlashtirish va temir yo‘llar davlat kadastrining
95
avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish uchun temir yo‘llari davlat kadastri
bo‘limiga beradi;
- temir yo‘llar yangi obyektlarini hisobga qo‘yadi, ular to‘g‘risidagi hisobga
olish va baholash ma’lumotlarini to‘playdi.
"O‘zbekiston temir yo‘llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tizimidan
tashqarida mavjud bo‘lgan temir yo‘l obyektlarining egalari foydalanuvchilar
kompaniyani kadastr xizmatiga kadastr obyektlarining jug‘rofiy holati, huquqiy
maqomi, miqdor tavsiflari va baholanishi, shuningdek ular holatining joriy
o‘zgarishlari to‘g‘risidagi axborotni taqdim etishi shart.
Temir yo‘llari davlat kadastrini yuritish temir yo‘l obyektlarining barcha
turlarini ro‘yhatdan o‘tkazishdan, ularning miqdor va sifat tavsiflarini hisobga
olishdan, obyektlarni ekologik-iqtisodiy baholashdan, shuningdek kadastr
axborotlarini to‘plash, tahlil qilish, tizimlashtirish, saqlash, yangilashdan va uni
qonunda belgilangan tartibda manfaatdor foydalanuvchilarga taqdim etishdan
iboratdir.
Temir yo‘l obyektlarining barcha turlari birlamchi ro‘yhatga olinishi kerak.
Bunda asosiy ko‘rsatkichlar qayd etiladi. Asosiy ko‘rsatkichlarning tarkibi
Davyergeodezkadastr qo‘mitasi bilan kelishuv bo‘yicha "O‘zbekiston temir
yo‘llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tasdiqlanadigan tegishli
normativ hujjatlar bilan belgilanadi. Ro‘yhatga olish natijalari bo‘yicha har bir
obyektga pasport tuziladi.
Miqdor va sifat tavsiflarining asosiy hisobga olinishi hisobga qo‘yish
paytida foydalanishga topshirilgan va mavjud bo‘lgan temir yo‘llarning har bir
obyekti bo‘yicha amalga oshiriladi. Temir yo‘l obyektlari tavsiflarida yuz
beradigan bundan keyingi o‘zgarishlar joriy hisobga olishda qayd etiladi.
Temir yo‘l obyektlarining miqdor va sifat tavsiflari hisobga qo‘yilishi
ularning iqtisodiy, texnologik va ekologik belgilar bo‘yicha tasniflanishini o‘z
ichiga oladi, ularning tarkibi temir yo‘llar davlat kadastrini yuritish bo‘yicha
normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
96
Temir yo‘l obyektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish uchun
Davyergeodezkadastr qo‘mitasi bilan kelishuv bo‘yicha "O‘zbekiston temir
yo‘llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan texnik parametrlar va kadastr
axborotlarini taqdim etish formatlari ishlab chiqiladi. Hujjatlar bilan
rasmiylashtirilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan hisobga olish axboroti
korxonaning kadastr daftariga yoziladi va temir yo‘llar davlat kadastrining
avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi.
Temir yo‘l obyektlarini iqtisodiy baholash har bir obyektning qiymatini
belgilash, soliq solish, xususiylashtirish va boshqa maqsadlar uchun o‘tkaziladi.
Temir yo‘l obyektlarini iqtisodiy baholash o‘ziga xos hisobga olingan holda qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Temir yo‘l obyektlari to‘g‘risidagi kadastr axborotining ishonchliligi uchun
"O‘zbekiston temir yo‘llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasining Temir yo‘llari
davlat kadastrini yurituvchi tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari javob beradilar.
1. "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati tizimida va undan
tashqarida mavjud bo‘lgan temir yo‘l obyektlari egalari foydalanuvchilari
obyektlari bo‘yicha kadastr axborotlarini temir yo‘l korxonalarining kadastr
bo‘linmalariga taqdim etadilar.
2. Ushbu kadastr bo‘linmalari obyektlarning egalari va foydalanuvchilardan
temir yo‘l obyektlari bo‘yicha kadastr axborotlarini to‘playdilar, o‘z hududlari
doirasida kadastr ishini shakllantiradilar, temir yo‘l obyektlari bo‘yicha axborotni
Strategik rivojlanish boshqarmasining temir yo‘llar davlat kadastri bo‘limiga
taqdim etadilar.
3. Strategik rivojlanish boshqarmasining temir yo‘llar davlat kadastri bo‘limi
temir yo‘l obyekti TYDKga kiritilgandan keyin kadastr axborotlarini
Davyergeodezkadastr qo‘mitasi DKYATning ma’lumotlar bazasiga beradi.
4. Strategik rivojlanish boshqarmasining temir yo‘llar davlat kadastri bo‘limi
so‘rov bo‘yicha Davyergeodezkadastr qo‘mitasining DKYAT ma’lumotlar
bazasidan temir yo‘l obyektlari bo‘yicha axborot olishi mumkin.
97
4
*
5
*
7
*
3
*
2
*
6
*
1* 1*
Do'stlaringiz bilan baham: |