Kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yhatidan o‘tkazish. Kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yhatidan o‘tkazish yuridik va
jismoniy shaxslarning kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlari davlat tomonidan
e’tirof etilishi va tasdiqlanishining yuridik hujjati hisoblanadi.
Kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yhatidan o‘tkazish
hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotlarni davlat reestrlariga kiritish yo‘li bilan
amalga oshiriladi. Kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yhatidan
o‘tkazish kadastr obyektlarining barcha mulkdorlari va kadastr obyektlariga doir
boshqa huquqlarning egalari uchun majburiydir.