D a V l a t k a d a s t r L a r I a s o s L a r I



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/124
Sana30.12.2021
Hajmi3,38 Mb.
#87226
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   124
Bog'liq
Davlat kadastrlari aoslari

ДАВЛАТ СУВ КАДАСТРИ
ДАВЛАТ СУВ КАДАСТРИ
ДАВЛАТ СУВ КАДАСТРИ
4.2. DAVLAT SUV KADASTRI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Davlat suv kadastri suv resurslaridan oqilona foydalanishni tashkil etish, suv 
xo‘jaligi  munosabatlarini  tartibga  solish,  xo‘jalik  faoliyatini,  ekologik  vaziyatni 
baholash  maqsadida  yaratiladi.    Davlat  suv  kadastri  yagona  davlat  suv  fondini 
tashkil  etuvchi  suv  obyektlari,  suv  resurslari,  suv  rejimi,  sifati  va  undan 
foydalanish  haqidagi,  shuningdek,  suvdan  foydalanuvchilar  to‘g‘risidagi  tartibga 
solingan,  doimiy  to‘ldirib  boriladigan  va  zarurat  bo‘lganda  aniqlashtiriladigan 
ma’lumotlar to‘plamini o‘z ichiga oladi.  
Yer  usti  va  yer  osti  suv  obyektlari  va  ularning  resurslari  Davlat  suv 
kadastrining  obyektlari  hisoblanadi. 
Kadastrni  predmeti  bo‘lib,  tabiiy  suv 
resurslari,  ulardan  miqdor  va  sifat  ko‘rsatkichlari  bo‘yicha  foydalanish  har 
tomonlama o‘rganish va baholash, suvdan foydalanish huquqini va suvdan
 xo‘jalik 
maqsadlarida foydalanishni ro‘yhatdan o‘tkazish uchun xizmat qiladi. 
Suv  resurslarini  baholash  deganda  bir  yil  hamda  ko‘p  yillar  davomida 
standart  gidrometrik  asboblar  bilan  o‘lchash  orqali  ularni  miqdor  va  sifat 
ko‘rsatkichlari  bo‘yicha  muntazam  hisobga  olish,  olingan  ma’lumotlarning 
ishonchliligi  tahlili,  ularni  standart  usullar  bilan  qayta  ishlash  va  turli  hududiy  va 
vaqt birliklari bo‘yicha umumlashtirish tushuniladi.  


131 
 
Davlat  suv  kadastri  davlat  hokimiyati  organlarini,  yuridik  va  jismoniy 
shaxslarni  suv  obyektlari,  suv  resurslari,  suv  rejimi,  sifati  va  undan  foydalanish, 
shuningdek,  suvdan  foydalanuvchilar  to‘g‘risidagi  zarur  ma’lumotlar  bilan 
ta’minlash uchun mo‘ljallangan. 
Kam 
xarajatlar 
bilan 
zamonaviy 
darajada 
axborotlarni 
to‘plash, 
umumlashtirish,  saqlash  va  taqdim  etish  texnologiyasini  doimiy  ravishda 
takomillashtirib borish yo‘li bilan suv resurslari va suv obyektlari haqida ishonchli 
axborotni  olish  va  saqlash  Davlat  suv  kadastrining  asosiy  vazifasi  hisoblanadi. 
Quyidagilar Davlat suv kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi: 
- respublikaning barcha suv obyektlarini qamrab olish; 
- suv resurslarini va ulardan foydalanishni hisobga olishning yagona tizimini 
qo‘llash; 
- boshlang‘ich kadastr axborotini qayta ishlash usulining yagonaligi; 
- Davlat kadastrlari yagona tizimi talablarini hisobga olish; 
- Davlat suv kadastrini yuritish bo‘yicha ishlarga markazlashtirilgan tartibda 
rahbarlik qilish; 
-  suv-kadastr  axborotining  ishonchliligi,  ko‘rgazmaliligi  va  hujjatlarga 
asoslanganligi; 
- Davlat suv kadastrini yuritish bo‘yicha ishlarning uzluksizligi; 
-  kadastrni  yuritishning  avtomatlashtirilgan  axborot  tizimi  faoliyat 
ko‘rsatishi; 
- suv kadastrini yuritish bo‘yicha ishlarning tejamliligi. 
Belgilangan tartibda qabul qilingan suv-kadastr axboroti suv va suv xo‘jaligi 
munosabatlarini  tartibga  solishda,  suvdan  foydalanish  bilan  bog‘liq  ijtimoiy, 
iqtisodiy  va  ekologik  vazifalarni  hal  etishda  majburiy  yuridik  kuchga  egadir. 
Quyidagilar Davlat suv kadastrini yuritadilar:  
O‘zbekiston  Respublikasi  Favqulotda  vaziyatlar  vazirligi  huzuridagi 
Gidrometeorologiya xizmati markazi - yer usti suvlari bo‘limi bo‘yicha; 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi - 
yer osti suvlari bo‘limi bo‘yicha; 


132 
 
O‘zbekiston  Respublikasi  Qishloq  va  suv  xo‘jaligi  vazirligi  -  suvdan 
foydalanish bo‘limi bo‘yicha; 
Respublika  hududida  suv  obyektlarini  ro‘yhatdan  o‘tkazish,  suv  resurslari, 
ularning  rejimi,  foydalanish,  shuningdek  suvdan  foydalanuvchilar  to‘g‘risidagi 
miqdor  va  sifat  baho  ko‘rsatkichlari  haqida  ishonchli,  zamonaviy  va  tejamli 
axborotlarni olish, tartibga solish, saqlash va ularni foydalanuvchilarga berishning 
texnologik jarayoni Davlat suv kadastrining mazmuni hisoblanadi. 
Davlat  suv  kadastri  ma’lumotlari  quyidagi  maqsadlarda  foydalanish  uchun 
mo‘ljallanadi:  
-  suvdan  foydalanishni  joriy  va  istiqbolli  rejalashtirish  hamda  suvni 
muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishda; 
- mamlakat hududida ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda; 
-  suvdan  kompleks  foydalanish  va  uni  muhofaza  qilish  sxemalarini  hamda 
suv xo‘jaligi balanslarini tuzishda; 
-  suvdan  foydalanish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  suv  xo‘jaligi,  transport,  sanoat 
korxonalari hamda boshqa korxonalar va inshootlarni loyihalashtirishda; 
-  gidrologik  va  gidrogeologik  sharoitlar,  daryolarda  suv  hajmi  va  suv  sifati 
o‘zgarishlarini prognozlashda; 
-  suv  xo‘jaligi  tizimlari  ishi  samaradorligini  oshirish  tadbirlarini  ishlab 
chiqishda; 
-  suvni  iste’mol  qilish  va  chiqarib  yuborishni,  shuningdek,  suv  sifati 
ko‘rsatkichlarini normalashtirishda; 
-  suvning  zararli  ta’sirining  oldini  olish  va  uni  bartaraf  etish  tadbirlarini 
ishlab chiqishda; 
-  suvdan  oqilona  foydalanish  va  uni  muhofaza  qilish  tadbirlari  o‘tkazilishi 
ustidan davlat nazoratini amalga oshirishda; 
- suvdan foydalanuvchilar o‘rtasidagi, shuningdek, suvdan foydalanuvchilar 
bilan  boshqa  manfaatdor  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  o‘rtasidagi  o‘zaro 
munosabatlarni tartibga solishda; 


133 
 
-  suvdan  foydalanish  va  uni  muhofaza  qilish  bilan  bog‘liq  boshqa 
masalalarni hal etishda. 
Davlat  suv  kadastri  suv  va  suv  xo‘jaligi  obyektlarining  quyidagi  turlari 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi: 
1. Suv obyektlari - daryolar; turli suv tizimlarini birlashtiruvchi, oqar suvni 
hududiy  qayta  taqsimlashga  yoki  sug‘orishga  xizmat  qiluvchi  kanallar;  ko‘llar  va 
suv omborlari; muzliklar; yer osti suvlari (havzalar, suvli gorizontlar, konlar). 
2. Suv xo‘jaligi obyektlari (inshootlari) - gidrouzellar va suv omborlari; suv 
obyektlaridan  suv  olishga  mo‘ljallangan  inshootlar  (kanallar,  nasos  qurilmalari, 
foydalanish  quduqlari  va  boshqalar);  oqar  suvni  hududiy  qayta  taqsimlashga 
xizmat  qiluvchi  kanallar;  foydalanilgan  va  shaxta  suvlarini  suv  obyektlariga 
tashlash inshootlari (kollektorlar, drenaj va suv to‘planadigan kanallar, quvursimon 
suv chiqargichlar va boshqalar); foydalanilgan suvlarni tozalash inshootlari. 
Davlat suv kadastri ma’lumotlari quyidagilarga bo‘linadi:  
-  arxiv  materiallari  (daftarchalar,  jadvallar,  o‘zi  yozadigan  texnikaning 
lentalari va boshqalar);  
- uzoq muddatli texnik manbalardagi ma’lumotlar;  
-  e’lon  qilinadigan  materiallar  (suv  va  suv  xo‘jaligi  obyektlari  kataloglari, 
har yilgi va ko‘p yillik ma’lumotlar va boshqalar). 
Davlat  suv  kadastri  ma’lumotlari  tarkibi  O‘zbekiston  Respublikasi  FVV 
huzuridagi "O‘zgidromet" markazi, Davlat geologiya qo‘mitasi hamda Qishloq va 
suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan "Suv kadastri ma’lumotlari tarkibi" 
nomli normativ-texnik hujjat bilan belgilanadi. Bu ma’lumotlar foydalanuvchilarga 
pulli nashrlar tarzida va so‘rov bo‘yicha (belgilangan tartibda) taqdim etiladi.  
Kadastrning  chop  etilayotgan  nashrlari,  so‘rov  bo‘yicha  foydalanuvchilarga 
beriladigan  ma’lumotlar  turlari  berish  tartibi  to‘g‘risida  "O‘zgidromet"  markazi 
tomonidan  Davlat  geologiya  qo‘mitasi  hamda  Qishloq  va  suv  xo‘jaligi  vazirligi 
bilan birgalikda "Suv kadastri axborotnomasi" nashr etiladi.  


134 
 
Suv  obyektlari  turlariga  hamda  suvni  va  undan  foydalanishni  o‘rganish 
bo‘yicha  vazifalar taqsimotiga  muvofiq Davlat  suv  kadastri  quyidagi  bo‘limlarga 
bo‘linadi: 
- Yer usti suvlari, 
- Yer osti suvlari, 
- Suvdan foydalanish. 
Suv  obyektlari  sonini  va  holatini  hisobga  olish  obyektlarning  hajmi,  holati, 
o‘rganilganlik  darajasi  va  muhimligiga  qarab  kartografiya,  gidrogeologiya  va 
geodeziya  usullari  bilan  amalga  oshiriladi.  Suv  obyektlari  rejimini  o‘rganish 
tegishli  idoralar  tomonidan  tasdiqlangan  hamda  "O‘zgidromet"  markazi  bilan 
kelishilgan  standart  usullar  bo‘yicha  standart  asboblar  vositasida  olib  boriladi. 
Davlat  suv  kadastri  ma’lumotlari  respublika,  viloyatlar,  Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi  hududlari,  daryo  havzalari,  havza  irrigatsiya  tizimlari  bo‘yicha,  yer 
osti  suvlari  bo‘limi  bo‘yicha  esa  gidrogeologiya  mintaqalari  bo‘yicha  ham 
tizimlashtiriladi va nashr etiladi.  
Yer  usti  suv  resurslari,  ularning  sifati  va  xo‘jalik  faoliyati  ta’siridagi 
o‘zgarishlar  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar  suv  obyektlari  va  ularning  maydonlari, 
davlat  va  davlatlararo  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  daryo  havzalari,  havza  irrigatsiya 
tizimlari, viloyatlar va umuman respublika bo‘yicha umumlashtiriladi. Yer osti suv 
resurslari,  ularning  sifati  va  xo‘jalik  faoliyati  ta’siridagi  o‘zgarishlar  to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar  konlar,  daryo  havzalari  va  ularning  maydonlari,  suvli  gorizontlar  va 
yer  osti  suvlari  havzalari,  viloyatlar  hamda  umuman  respublika  bo‘yicha 
umumlashtiriladi.  Yer  osti  suvlari  resurslarini  baholash  ularning  yer  usti  suvlari 
bilan o‘zaro bog‘liqligini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. 
Suvdan  foydalanish  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar  davlat  ahamiyatiga  ega 
bo‘lgan  daryo  havzalari,  havza  irrigatsiya  tizimlari,  alohida  muhim  suv  xo‘jaligi 
obyektlari,  viloyatlar  va  umuman  respublika  bo‘yicha,  shuningdek,  suvdan 
foydalanish turlari va iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha umumlashtiriladi.  
Davlat  suv  kadastrini  yuritish  tizimining  yagonaligini  ta’minlash  uchun 
Davlat  geologiya  qo‘mitasi  hamda  Qishloq  va  suv  xo‘jaligi  vazirligi  tomonidan 


135 
 
(Davlat  suv  kadastrining  tegishli  bo‘limlari  bo‘yicha)  ishlab  chiqiladigan 
yuritishga  oid  uslubiy  ko‘rsatmalar,  nashrlari  maketlari  va  Davlat  suv  kadastri 
bo‘yicha  boshqa  normativ-texnik  hujjatlar  "O‘zgidromet"  markazi  bilan  kelishib 
olinishi kerak.  
Suvdan  foydalanuvchilarni  suv  resurslari  va  ulardan  foydalanish 
to‘g‘risidagi  zarur  ma’lumotlar  bilan  ta’minlashda  tezkorlikni  oshirish, 
shuningdek,  iste’molchilarning  talablarini  hisobga  olgan  holda  ma’lumotlarni 
qayta  ishlash  va  umumlashtirish  darajasini  oshirish  uchun  suv  kadastrining 
avtomatlashtirilgan  axborot  tizimi  tashkil  etiladi.  Davlat  suv  kadastrining 
avtomatlashtirilgan  axborot  tizimi  "O‘zgidromet"  markazi,  Davlat  geologiya 
qo‘mitasi  hamda  Qishloq  va  suv  xo‘jaligi  vazirligi  tomonidan  tasdiqlanadigan 
yagona texnik topshiriq asosida tarmoq axborot tizimlari negizida loyihalashtiriladi 
va tashkil etiladi.  
Davlat  suv  kadastrini  yuritish  uchun  yer  usti  suvlari,  yer  osti  suvlari  va 
suvdan  foydalanish  bo‘limlari  bo‘yicha  kadastrning  idoralararo  bosh  markazi, 
tashkil  etiladi.  Idoralararo  bosh  markaz  funksiyasini  "O‘zgidromet"  markazining 
O‘rta  Osiyo  gidrometeorologiya  ilmiy-tadqiqot  instituti  bajaradi.  Davlat  suv 
kadastrining  idoralararo  bosh  markazi,  hududiy  markazlari  va  mahalliy 
organlarining  funksiyasi  ("Yer  usti  suvlari",  "Yer  osti  suvlari"  va  "Suvdan 
foydalanish" bo‘limlari bo‘yicha) tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Favqulotda  vaziyatlar  vazirligi  huzuridagi 
Gidrometeorologiya  xizmati  markazining  Davlat  suv  kadastrini  yuritish  bo‘yicha 
funksiyalari:  
a) Davlat geologiya qo‘mitasi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan 
birgalikda  Davlat  suv  kadastrining  umumiy  prinsiplarini  va  ilmiy-uslubiy 
asoslarini, kadastrni yuritish, uni avtomatlashtirilgan axborot tizimini loyihalash va 
tashkil etish tartibini ishlab chiqadi; 
b) Kadastrni tashkil etish va yuritishga oid barcha ishlarni muvofiqlashtiradi, 
yo‘naltiradi va birlashtiradi; 


136 
 
v) Davlat geologiya qo‘mitasi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan 
birgalikda  kadastrning  idoralararo  normativ-texnik  hujjatlarini  (shu  jumladan 
Davlat 
suv 
kadastrining 
qo‘shma 
nashrlari 
maketini), 
shuningdek, 
avtomatlashtirilgan  axborot  tizimi  uchun  idoralararo  loyiha  hujjatlarini  ishlab 
chiqadi; 
g)  Davlat  geologiya  qo‘mitasi  hamda  Qishloq  va  suv  xo‘jaligi  vazirligi 
tomonidan ishlab chiqiladigan suv kadastrini yuritishga oid uslubiy ko‘rsatmalarni, 
nashrlar 
maketini 
va 
boshqa 
normativ-texnik 
hujjatlarni 
shuningdek, 
avtomatlashtirilgan axborot tizimi uchun loyiha hujjatlarini kelishib oladi; 
d)  Davlat  geologiya  qo‘mitasi  hamda  Qishloq  va  suv  xo‘jaligi  vazirligi 
mutaxassislarini jalb qilgan holda yer usti suvlari va yer osti suvlari hamda ulardan 
foydalanish  to‘g‘risidagi  ma’lumotlarni  yig‘ma  tahlil  qilishni,  bog‘lashni  va 
umumlashtirishni  bajaradi,  qo‘shma  nashrlarni  chiqarishga  tayyorlaydi  va  nashr 
qiladi; 
e) Davlat geologiya qo‘mitasi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan 
birgalikda kadastr axborotnomasini nashr etishga tayyorlaydi; 
j) "Yer usti suvlari" bo‘limi bo‘yicha: 
- yer usti suvlarining klassifikatorlarini ishlab chiqishni; 
-  yer  usti  suvlari  to‘g‘risidagi  axborotlarni  to‘plash,  nazorat  qilish,  qayta 
ishlash  va  umumlashtirishga  oid  usullarni,  algoritmlarni  va  mashinalashtirilgan 
dasturlarni ishlab chiqish; 
- axborotlarni kodlashtirish va saqlash usullarini ishlab chiqish; 
-  Kadastrning  avtomatlashtirilgan  axborot  tizimi  funksional  va  idoraviy 
kichik tizimlarni loyihalash, sinash, joriy etish va takomillashtirish; 
-  Suv  kadastri  hududiy  markazlari  va  mahalliy  organlari  uchun  kadastrni 
yuritishga  oid  uslubiy  ko‘rsatmalarni,  nashrlari  maketlarini  va  boshqa  normativ-
texnik hujjatlarni ishlab chiqish; 
-  yer  usti  suvlari  to‘g‘risidagi  ma’lumotlarni  yig‘ish,  nazorat  qilish,  qayta 
ishlash, saqlash va ularni foydalanuvchilar so‘roviga ko‘ra berish; 


137 
 
- yer usti suvlari resurslarini joriy va istiqbol uchun hamda ularning xo‘jalik 
faoliyati ta’siridagi o‘zgarishlarini baholash; 
- kadastr nashrlarini chiqarishga va e’lon qilishga tayyorlashni; 
-  o‘ziga  qarashli  muassasalar  hamda  tashkilotlar  tomonidan  bajariladigan 
kadastrni ishlab chiqish va yuritishga oid ishlarga rahbarlik qilish, rejalashtirish va 
ularning bajarilishini nazorat qilishni amalga oshiradi. 
"Yer  osti  suvlari"  va  "Suvdan  foydalanish"  bo‘limlari  bo‘yicha  kadastrni 
yuritish  uchun  zarur  bo‘lgan  yer  usti  suvlari  to‘g‘risidagi  ma’lumotlarni  Davlat 
geologiya  qo‘mitasiga  hamda  Qishloq  va  suv  xo‘jaligi  vazirligiga  berilishini 
ta’minlaydi.  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  geologiya  va  mineral  resurslar 
qo‘mitasining Davlat suv kadastrini yuritish bo‘yicha funksiyalari:  
"Yer  osti  suvlari"  bo‘limi  bo‘yicha  kadastrni  ishlab  chiqishni  va  uni 
yuritishni, shu jumladan: 
- yer osti suvlarining klassifikatorlarini ishlab chiqishni; 
-  yer  osti  suvlari  to‘g‘risidagi  axborotlarni  to‘plash,  nazorat  qilish,  qayta 
ishlash  va  umumlashtirishga  oid  usullarni,  algoritmlarni  va  mashinalashtirilgan 
dasturlarni ishlab chiqishni; 
- axborotlarni kodlashtirish va saqlash usullarini ishlab chiqishni; 
- kadastrning avtomatlashtirilgan axborot tizimi funksional kichik tizimlarni 
loyihalash, sinash, joriy etish va takomillashtirishni; 
-  suv  kadastri  hududiy  markazlari  va  mahalliy  organlari  uchun  kadastrini 
yuritishga  oid  uslubiy  ko‘rsatmalarni,  kadastr  nashrlari  maketlarini  va  boshqa 
normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqishni; 
-  yer  osti  suvlari  to‘g‘risidagi  ma’lumotlarni  yig‘ish,  nazorat  qilish,  qayta 
ishlash, saqlash va ularni foydalanuvchilar so‘roviga ko‘ra berishni; 
- yer osti suvlari resurslarini joriy va istiqbol uchun hamda ularning xo‘jalik 
faoliyati ta’siridagi o‘zgarishlarini baholashni; 
- "Yer osti suvlari" bo‘limi bo‘yicha kadastr nashrlarini chiqarishga va e’lon 
qilishga tayyorlashni; 


138 
 
-  o‘ziga  qarashli  muassasalar  hamda  tashkilotlar  tomonidan  bajariladigan 
Davlat  suv  kadastrini  ishlab  chiqish  va  yuritishga  oid  ishlarga  rahbarlik  qilish, 
rejalashtirish va ularning bajarilishini nazorat qilishni amalga oshiradi; 
-  kadastrni  yuritish  bo‘yicha  uslubiy  ko‘rsatmalar  loyihalarini,  kadastr 
nashrlari maketlarini va boshqa normativ-texnik hujjatlarini, shuningdek, "Yer osti 
suvlari"  bo‘limi  bo‘yicha  avtomatlashtirilgan  axborot  tizimiga  loyiha  hujjatlarini 
kelishib olish uchun Gidrometeorologiya xizmati markaziga taqdim etadi; 
-  "Yer  usti  suvlari"  bo‘limi  bo‘yicha  kadastrni  idoralararo  qo‘shma 
nashrlarini  tayyorlash  va  uni  yuritish  uchun  zarur  bo‘lgan  yer  osti  suvlariga  oid 
materiallarning Gidrometeorologiya xizmati markaziga berilishini ta’minlaydi.  
O‘zbekiston  Respublikasi  Qishloq  va  suv  xo‘jaligi  vazirligi  "Suvdan 
foydalanish" bo‘limini Davlat suv kadastrini yuritish bo‘yicha funksiyalari:  
- kadastrni avtomatlashtirilgan axborot tizimini yuritishni ishlab chiqishni va 
takomillashtirishni; 
-  suvdan  foydalanish  to‘g‘risidagi  axborotlarni  nazorat  qilish,  qayta  ishlash 
va  umumlashtirishga  oid  usullar,  algoritmlarni  hamda  mashinalashtirilgan 
dasturlarni ishlab chiqishni; 
- axborotlarni kodlashtirish va saqlash usullarini ishlab chiqishni; 
-  avtomatlashtirilgan  axborot  tizimining  funksional  kichik  tizimlarini 
loyihalashni, sinashni, joriy etishni va takomillashtirishni; 
-  irrigatsiya  tizimlarining  havza  boshqarmalari,  magistral  kanallar  tizimlar 
boshqarmalari  va    irrigatsiya  tizimlari  boshqarmalari  uchun  kadastrini  yuritish 
bo‘yicha  uslubiy  ko‘rsatmalarni,  nashrlar  maketlarini  va  boshqa  normativ-texnik 
hujjatlarini ishlab chiqishni;  
-  yer  usti  va  yer  osti  suvlaridan  foydalanish  to‘g‘risidagi  ma’lumotlarni 
yig‘ish, nazorat qilish, qayta ishlash, saqlash va berishni; 
-  suvdan  foydalanishni  joriy  va  istiqbol  uchun  baholashni  hamda  suv 
xo‘jaligi hisobot balanslarini tuzishni; 
-  "Suvdan  foydalanish"  bo‘limi  bo‘yicha  kadastr  nashrlarini  chiqarishga  va 
e’lon qilishga tayyorlashni; 


139 
 
-  o‘ziga  qarashli  muassasa  hamda  tashkilotlar  tomonidan  bajariladigan 
kadastrni ishlab chiqish va yuritishga oid ishlarga rahbarlik qilish, rejalashtirish va 
ularning bajarilishini nazorat qilishni; 
-  davlat  suv  kadastrini  yuritish  bo‘yicha  uslubiy  ko‘rsatmalar  loyihalarini, 
kadastr  nashrlari  maketlarini  va  boshqa  normativ-texnik  hujjatlarini,  shuningdek, 
"Suvdan  foydalanish"  bo‘limi  bo‘yicha  kadastrning  avtomatlashtirilgan  axborot 
tizimiga  oid  loyiha  hujjatlarini  kelishib  olish  uchun  Gidrometeorologiya  xizmati 
markaziga taqdim etishni;  
-  kadastrni  idoralararo  qo‘shma  nashrlarini  tayyorlash  va  kadastrni  yuritish 
uchun zarur bo‘lgan suvdan foydalanishga oid materiallarning Gidrometeorologiya 
xizmati markaziga berilishini; 
 
 
 
 
 
 
                               4
*                                              
3
*                                                                               
7

 
 
 
 
 
 
                              5
*                                            
2

 
 
 
 
                                          
 
                6*                     1* 
 
 
 
 

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish