Kadastr zonasini kadastr massivlariga bo‘lish. Kadastr massivlari kadastr
zonasining shartli ravishda bo‘lingan birligi bo‘lib, massiv sifatida qishloq aholi
punktlari, tabiiy va sug‘orish sharoitlari bilan ajralib turadigan qishloq xo‘jaligi va
boshqa maqsadlardagi yerlar qabul qilinadi. Tumanga bo‘ysunuvchi shaharlarda
(shaharchalarda) kadastr massivlari sifatida mahalla hududi yoki shahar va
shaharchalarning ayrim qismlari qabul qilinadi.
Bunda kadastr massivlari chegarasi ko‘chalar, boshqa inshootlar bo‘ylab
qabul qilinadi va kadastr zonalarining tashqi chegaralari bo‘ylab o‘tishi va aholi
punktlarining ko‘chalari yoki tashqi chegaralari bilan mos kelishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |