Bahs-munozara va nazorat uchun savollar • Davlat byudjeti nimalarga bog'liq holda vujudga keladi va rivojlanadi? • Davlat byudjeti o'zida qanday munosabatlami ifodalaydi? • Davlat byudjeti uchun qanday xarakterli xususiyatlar xos? • «Davlat byudjeti» tushunchasiga terminologik jihatdan yana qanday tushunchalar qo'shiladi? • Mamlakatning yalpi ichki (milliy) mahsuloti Davlat byudjeti orqali taqsimlanganda qanday bosqichlarni bosib o'tadi? • Byudjet fondini shakllantirishda qanday ikki tushunchalar foydalaniladi? • Qanday byudjet kategoriyalarini bilasiz? • Davlat byudjetining iqtisodiy mazmuni nimalardan iborat? • Mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi deyilganda nima nazarda tutiladi? • Davlat byudjeti deb nimaga aytiladi? • Davlat byudjetining mohiyati nimalar orqali namoyon bo'ladi?
• Davlat byudjeti boshqa iqtisodiy (moliyaviy) kategoriyalar bilan qanday bog'langan? • Davlat byudjeti qanday funksiyalami bajaradi? • Davlat byudjetining taqsimlash va nazorat funksiyalari qanday xarakterli xususiyatlarga ega? • Davlat byudjetining taqsimlash va nazorat funksiyalarining miqdoriy va sifat tomonlari nimalardan iborat? • Byudjet mexanizmi deyilganda nimalar tushuniladi? • Davlat byudjetining ahamiyati nimalarda namoyon bo'ladi? • Davlat byudjeti mamlakatning moliya tizimida qanday o'rinni egallaydi? • Davlat byudjetining daromadlari nima uchun oraliq xarak terga ega? • Davlat byudjeti daromadlarining moddiy-buyumlashgan shaklini nimalar tashkil etadi? • Byudjet daromadlarini shakllantirish jarayonining asosiy