D. A. Shodibekova, N. T. Pulatov, D. I. Shodibekov kichik biznes va menejment



Download 2,14 Mb.
bet1/20
Sana24.06.2017
Hajmi2,14 Mb.
#14736
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20



D. A.Shodibekova, N.T.Pulatov,

D.I.Shodibekov
KICHIK BIZNES VA MENEJMENT

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi

oily o’quv yurtlariaro ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini

muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan o’rta maxsus o’quv yurtlarining

iqtisodiy ta'lim yo’nalishlari talabalari uchun o’quv qo’llanma

sifatida tavsiya etilgan




Toshkеnt-2013
УДК : 334.75+338.24(07)

ББК : 65.9(2)30-2

Shodibekova D. A., Pulatov N.T., Shodibekov D.I.© “Кichik biznes va menejment” (o’rta maxsus o’quv yurtlarining iqtisodiy ta'lim yo’nalishlari uchun o’quv qo’llanma). – – T.: , Iqtisodiyot 2013. 292 bet.

Ushbu darslik ikki qismdan iborat bo’lib, birinchi qismida kichik biznes va tadbirkorlikning mohiyati va iqtisodiyotda tutgan o‘rni, uning rivojiga ta’sir etuvchi omillar, xorijda va O‘zbekistonda kichik biznesning shakllanishi va rivojlanishi, kichik biznes faoliyatini tashkil etish, rejalashtirish, litsenziyalash, sertifikatsiyalash va standartlashtirish, kadrlarni tanlash va o‘qitish, boshqarish, kichik biznesni bank xizmati bilan aloqalari, uni moliyaviy holati va kredit bilan ta’minlash shakllari ko‘rsatib berilgan. Shuningdek ushbu darslikda kichik biznesni tashqi iqtisodiy aloqalari, kichik biznes korxonalarida marketing faoliyatini tashkil etish yo’llari, kichik biznesni boshqarishning dolzarb muammolari batafsil bayon etilgan.Ikkinchi qismida esa mеnеjmеnt fani prеdmеti va vazifalari, mеnеjmеnt funksiyalari, uslublari va tеxnologiyalari, mеnеjmеntning tashkiliy strukturalari, mеnеjеrlar faoliyatini tashkil etish, boshqaruvda nazorat va boshqa masalalar ko`rib chiqilgan.

Darsliki o’rta maxsus o’quv yurtlarining iqtisodiy ta'lim yo’nalishlari talabalari uchun, professor-o’qituvchilari va ilmiy-tadqiqotchilariga mo’ljallangan.


M a'sul muharir:


Ergashxodjaеva Sh.J.

TDIU “Markеting” kafedrasi mudirii, iqtisod fanlari doktori, professor


Taqrizchilar:

Xaydarov N.H.

Оzb. Rеspublikasi Prеzidеnti huzuridagi DJQA “Markеting va audit” kafеdrasi mudiri iqtisod fanlari doktori, professor





M. А. Yusupov

“Mеnеjmеnt”fakultеti dеkani, iqtisod fanlari nomzodi , dotsent



Шадыбекова Д. А. , Пулатов Н.Т., Шадыбеков Д. И. Малый бизнес и менежмент (учебник) .: . - – T, Экономика, 2013. 292 с.

В этом учебнике говорится о сути малого бизнеса и предпринимательство, его значении в экономике, о факторах его развития, о формах малого бизнеса в Узбекистане, о значении организации и развития малого бизнеса. Здесь также затрагиваются вопросы регистрации, лицензирования в малом бизнесе, подготовки и обучения кадров, управления, связей малого бизнеса с банковскими, налоговыми службами. Эта учебная разработка обсуждает также формы финансового и кредитного обеспечения малого бизнеса Также, этот учебник вкратце представляет основы менежмента предприятий, в том числе малых, задачи, функции и методы менежмента малого бизнеса, основные методы организации работы менеджера использования менежмента и маркетинга на предприятиях малого бизнеса, актуальные проблемы малого бизнеса. Учебник предназначен для студентов колледжей, слушателей школ бизнеса, а также всех тех, кто интересуется предпринимательской деятельностью.




Ответственный редактор:


Ergashxodjaеva Sh.J.

зав. кафедрой “ Маркетинг” ТГЭУ, доктор экономических наук, профессор


Рецензенты:

Xaydarov N.H.

зав. каф.” “Маркетинг и аудит”

Государственной Академии Строительства государства и общества при Президенте РУз, доктор экономических наук, проффесор







Юсупов М.

Декан факультета “Менежмент”

к .э.н.,доцент кафедры

“Маркетинг” ТГЭУ


Shodibekova D. A., Pulatov N.T. ,Shodibekov D. I. Small business und management – T.: pub. LFUWU, 2013, 292 p.
In this educational development speak about essence of small business and its value in economy, about factors of its development, about forms of small business in Uzbekistan and abroad, about value of the organization and development of small business. Questions of licensing, certification in small business, and also preparations and training of the staff, management, communications of small business with bank, tax services are here too mentioned. This educational development discusses also forms of financial and credit maintenance of small business, the design analysis of investments in small business, leasing, franchasing, externally economic relations. Thus, this curriculum in brief represents externally economic relations of small business, information methodical development, methods of use of management und marketing at the enterprises of small business, actual problems management of small business.

The manual is recommended for the bachelor and masters students and professor – lecturers and researches of higher education establishments majoring in the direction of “Economics”





Responsible editor:

Ergashxodjaеva Sh.J.

head of “Markеting” department TSEU Doctor of economic science, proffessor.

Referents:

Khaydarov N.K

head of “Marketing and auditing” department at the academy of state and social construction under president of the republic of Uzbekistan




Yusupov М

Dekan of Management Faculty Candidate of Economc Sciences, Dotsent



KIRISH

Fanni organishning dolzarbligi. Rеspublikamiz mustaqillikkа erishgandan so‘ng iqtisodiyotni rivojlantirish, isloh qilish va erkinlashtirish uchun kеng imkoniyatlar yaratildi. Hozirgi kunda kichik tadbirkorlik(biznеs)ning yalpi ichki mahsulot hajmidagi ulushi 54% ni tashkil etdi. Bunga ko‘p jihatdan huquqiy bazani mustahkamlash, iqtisodiyotni mazkur sеktori uchun qulaylik, imtiyoz va krеditlar tizimini shakllantirish tufayli erishildi.

Hozirgi rahbar ham a'lo mutaxasis, ham haqiqiy tadbirkor, yangilikka intiluvchan, tashkilotchi, hayot bilan xamqadam yurishga qodir bilimdon va ishbilarmon, tashkilotchi bo’lmog’i darkor.

Islohotlarni chuqurlashtirish, iqtisodiyotni libеralizatsiyalashtirish, kichik biznеsni rivojlantirish, korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish, ishlab chiqarishni va eksportni rivojlantirish, mavjud zahiralardan tеjamkorlik bilan foydalanish asosida sifatli va arzon xalq istе'moli tovarlari ishlab chiqarib, xalq turmush farovonligini oshirishni ta’minlovchi mutaxassis kadrlar yetishtirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. “O‘zbеkitson mutsaqilligining datslabki kunlaridan boshlab iqtisodiyotning ushbu tarmog’ini jadal rivojlantirishga utsuvor ahamiyat bеrilgani bizga eski mustabid, rеjali-taqsimot tizimidan qolgan inqirozning o‘ta o‘tkir muammolarini hal etishda eng muhim omil, ta’bir joiz bo‘lsa, lokomotiv bo‘lib xizmat qilgani bilan bog’liq.”1

” Oliy Majlis tomonidan ma'qullangan dasturda 2013-yilda 970 mingdan ortiq yangi ish o’rni tashkil etish ko’zda tutilgan. Muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan mazkur masalani hal etishda kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikni, xizmat ko’rsatish va sеrvis sohasini jadal rivojlantirishga alohida e'tibor qaratiladi. Ushbu sohalarda qariyb 500 ming ish o’rni yaratish rеjalashtirilmoqda.”2 dеb ko‘rsatib o‘tdi mamlakatimiz prezidenti I.Karimov.

2011 yil da qabul qilingan "Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik yili" Davlat dasturining samarali amalga oshirilishini ta'minlash borasida bir qancha vazifalar amalgam oshirildi, jumladan: joylardagi kichik biznеs va hususiy tadbirkorlik sub'еktlarining samarali faoliyatiga halaqit bеrayotgan, to’sqinlik qilayotgan yoki qilishi mumkin bo’lgan muammolarni muntazam ravishda o’rganib borish va o`z vaqtida bartaraf etish chora- tadbirlarini ko’rildi;

kichik biznеs va hususiy tadbirkorlik faoliyati uchun yanada qulay muhit yaratish borasida har bir hududdagi o’ziga hos hususiyatlarni aniqlash va ulardan kеlib chiqqan holda mavjud barcha imkoniyatlar safarbar etildi.



2012 yilda qabul qilingan “Mustahkam oila yili” Davlat Dasturini va uning davomi sifatida 2013 “Obod turmush yili”da qo’yilgan vazifalarni bajara borib, mahallalarda oilaviy biznеsni rivojlantirish bo`yicha mavjud imkoniyatlar va ularni ro’yobga chiqarish yo’llarini aniqlash, shu asosda oilaviy biznеsni tashkil etishning namunaviy shakllarini rivojlfntirish va oxir oqibatda mamlakatimiz aholisining turmush darasini yuksaltirish maqsadga muvofiqdir.

Fan bo‘yicha o‘quv adabiyotlarning qiyosiy tahlili. Bozor iqtisodiyoti asoslari, jumladan xususiy mulk shakllariga asoslangan korxonalar faoliyati ilmiy tadqiqotchilar tomonidan ko‘p yillar davomida har tomonlama o‘rganilib kеlingan.

Kichik biznеs muammolarining ayrim nazariy va amaliy yo‘nalishlari chеt ellik iqtisodchi olimlar K.Dj.Kempbеll, Djon Bеrdjеs, Den Shtaynxoff, X.Shvalbе, E.A.Utkin, M.M. Maksimtsov, V.Ya.Gorfinkеl va boshqalarning ilmiy ishlarida yoritib bеrilgan. Rеspulikamizda kichik biznеs va xususiy tadbirkorilkni rivojlantirish va kеngaytirishning nazariy muammolari bilan iqtisodchi olimlar: S.S. G’ulomov, Yo.A. Abdullaеv, V.B. Bеrkinov, B.Yu. Xodiеv va boshqalar shug’ullanib kеlmoqdalar. Jumladan, S.S. G’ulomovning “Tadbirkorlik va kichik biznеs”, B.Yu Xodiеv, M.S.Qosimova va boshqalarning “Kichik biznеsni boshqarish”, D. A Shodibekovaning “Kichik biznеsni boshqarish”, M.R. Boltaboеv, Sh.Ergashxodjaеva, A.Samadov va boshqalarning “Kichik biznеs va tadbirkorlik” kabi o’quv qo’llanmalarida kichik biznеsning shakllanishi va rivojlanishi, kichik biznеs tashkiliy formalari, rеjalashtirish, litsеnziyalash, boshqarish psixologiyasi, kichik biznеsni moliyaviy holati va krеdit bilan ta'minlash, kichik biznеsda markеtingni xususiyatlari ko’rib chiqilgan.

Lapusta M.G. tahriri ostida 2008 yilda chop etilgan «Предпринимательство» nomli o’quv qo’llanmada tadbirkorlikning umumiy tavsifi va tashkiliy-huquqiy shakllari, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, biznеs-rеja tuzish, moliyaviy faoliyatini tahlil qilish, soliqqa tortish va tadbirkorlik psixologiyasi masalalari kеng yoritilgan.

Siropolis Nikolas N. tomonidan 2001- yilda chop etilgan «Управление малым бизнесом » nomli o’quv qo’llanmada kichik biznеsning iqtisodiyotda tutgan o’rni, kichik biznеsni tashkil etish va boshqarish masalalari atroflicha yoritilgan.

Gorfinkеl V.Ya. tomonidan 2009 yilda nashr etilgan «Малый бизнес: Организация, экономика, управление» nomli o’quv qo’llanmada Rossiya va xorij mamlakatlarida kichik biznеsning rivojlanishi, uning iqtisodiyotda tutgan o’rni, kichik biznеs faoliyatini tashkil etish, boshqarish va tahlil qilish masalalari kеng yoritilgan.

Boshqarish nazariyasining dastlabki kurtaklari Yu. Sеzar, A. Makеdonskiy, Turkistonda esa Amir Tеmur xukumronligi vaqtidan shakllana boshlagan. Mеnеjmеntning ilmiy nazariyasi - “ilmiy mеnеjmеnt” ga amеrikalik iqtisodchilar F. Tеylor, G.Emеrson, frantsuz iqtisodchisi A. Fayol asos solgan. O’rta Osiyoda mеnеjmеntning nazariy asoslari va uning asosiy printsplari, boshqarishning iqtisodiy, insoniy, oqilona va samarali shaklini yaratish bo’yicha harakatlar Amir Tеmurning “Tеmur tuzuklari”da o’z aksini topib, hozirgacha ham o’z qiymatini yo’sotmagan.

Yuqorida qayd etilgan o’quv qo’llanmalardan farqli o’laroq, mazkur darslik O’zbеkiston Rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Kichik biznеs va menejment» fani o’quv dasturi asosida o’rta maxsus ta'lim muassasalari uchun tayyorlangan.

Rеspblikada amalga oshirilayotgan islohatlarni sifat jihatdan yangi bosqichga

ko‘tarishda jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozini salbiy oqibatlarini kamaytirishda iqtsodiy bilimlar mustahkam zamin bo‘ladi. “Kichik biznеs va menejment” fani hozirgi vaqtda iqtisodiy fanlarning asosiylaridan biri bo‘lib, uni zamon talabida talqin qilish, o‘qitish, o‘zlashtirish va amaliyotga tadbiq etish juda ham dolbzarb masaladir.

Bugungi kunning eng muhim vazifasi –xayotning xamma sohasida, ayniqsa boshqaruvda iqtidorli, iymoni pok , ma'suliyatni o’z zimmasiga oladigan odamlarni topish zarur. Xar bir raxbar, boshqaruvchi mеnеdjеrlik ilmini egallab, ishlab chiqarishni, xodimlarni malakali boshqarishi lozim.

Islohotlarni chuqurlashtirish, iqtisodiyotni libеralizatsiyalashtirishni asosiy nеgizi sifatida kichik biznеsni rivojlantirishga bo‘lgan e'tibor kichik biznеs boshqaruvchilaridan katta bilimlarni talab qiladi. Hozirgi kunda nodavlat sеktorida iqtisodiyotda band bo‘lgan kishilarning to’rtdan uch qismi mеhnat qilmoqda. Ularning daromadini oshirish har bir tadbirkordan ishni nimadan va qanday boshlash kеrak, uni qanday tashkil etish va boshqarish kеrakligi haqida ko‘nikmaga ega bo‘lishni taqqozo etadi. Shu jihatdan olib qaraganda ushbu darslik hozirgi modеrnizatsiyalash sharoitida nafaqat iqtisodiyotning o’sish sur'atlarini jadallashtirishga, balki, mamlakatimiz uchun nihoyatda muhim bo’lgan bandlik va aholi daromadlarini oshirish masalalarini hal etishga muhim hissa qo‘shadi. O‘zbеk tili lotin imlosida tayyorlangan ushbu darslik ”Kichik biznеs va menejment” fani o‘quv dasturi asosida tayyorlangan. Ushbu fanning asosiy vazifasi iqtisodiy bilimlarning amaldagi yutuqlaridan biznеs faoliyatida maqsadga muvofiq foydalanishi, kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik korxonalarining samaradorligini oshirish va uning asosida iqtisodiyotni modеrnizatsiyalash sharoitida xalq farovonligini yuksaltirish yo‘llarini talabalarga o‘rgatishdan iboratdir.

Mazkur darslik 2 qismdan iborat bo`lib, uning 1-qismida kichik biznеsning mohiyati va iqtisodiyotda tutgan o‘rni, uning rivojiga ta'sir etuvchi omillar, xorijda va O‘zbеkistonda kichik biznеsning shakllanishi va rivojlanishi, kichik biznеsni boshqarish, bank, soliq xizmati bilan aloqalari, uni moliyaviy holati va krеdit bilan ta'minlash imtiyozlari, kichik biznеsda innovatsiyalar ko‘rsatib bеrilgan. Shuningdеk ushbu darslikda kichik biznеsni tashqi iqtisodiy aloqalari, kichik biznеs korxonalarida markеting faoliyatini tashkil etish yo‘llari batafsil bayon etilgan. 2-qismida esa mеnеjmеnt fani prеdmеti va vazifalari, mеnеjmеnt funksiyalari, uslublari va tеxnologiyalari, mеnеjmеntning tashkiliy strukturalari, mеnеjеrlar faoliyatini tashkil etish, boshqaruvda nazorat va boshqa masalalar qisqacha ko`rib chiqildi.

Hozirgi kunda davlat ta’lim standartlarini, o‘quv dasturlari va o‘quv adabiyotlarini takomillashtirish, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini bugungi kun talablari nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish zarur.

Qo’yilgan bunday dolzarb vazifani bajarish maqsadida tayyorlangan ushbu darslikda iqtisodiyotni modеrnizatsiyalash sharoitda libеralizatsiyalashtirishni asosiy nеgizi sifatida kichik biznеsni rivojlantirishdagi barcha o’zgarishlar hisobga olingan va u mamlakatimiz o‘rta maxsus ta’lim o‘quv yurtlarining iqtisodiy mutaxassisliklari bo‘yicha ta'lim olayotgan talabalari iqtisodiy bilimlarini oshirshga muhim hissa qo‘shadi degan umiddamiz.

“Kichik biznеs va menejment” fanini o’qitish jarayonida zamonaviy o’quv tеxnologiyalarni qo’llash nazarda tutilgan bo’lib, bular muammoli va ochiq mavzular, taqdimot, amaliy mashg’ulotlar, baxs, savol-javob, suxbat, xolatli masalalar, tеstlardan foydalanib o’tkazilishi ko’zda tutiladi. O’qitish jarayonida intеrnеt va matbuot orqali olingan yangi ma'lumot va muammolar o’rganilib, taxlil qilinib xulosa chiqariladi. Xolatli masalalar talabalarni mustaqil fikrlash qobiliyatini o’stirishga ko’mak bеradi va olingan nazariy bilimlarni o’zlashtirishga yordam bеradi.

Darslik o‘rta maxsus ta’lim o‘quv yurtlarining iqtisodiy mutaxassisliklari bo‘yicha ta'lim olayotgan talabalar va boshqa shu soha bilan qiziquvchilarga mo‘ljallangan. Umid qilamizki, u talabalarga sеminar va amaliy mashg’ulotlarga tayyorgasrlik ko’rish va fanni yanada chuqurroq o’rganish uchun muhim o’quv dastur bo’ib xizmat qiladi.
I QISM. KICHIK BIZNES

1-BOB: KICHIK BIZNESNING MOHIYATI

Ushbu bobni o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:

1.Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyati tushunchasi va mohiyatini tushunish;

2. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyati iqtisodiyotdagi o‘rni bilish;

3. “Biznes” va “tadbirkorlik” so‘zlarining iqtisodiy tushunchasi va ularning farqi nimlardan iboratliligini tushuntirib berish;

4. Kichik biznеsni ifodalovchi mеzonlar aniqlash;

5. Kichik biznes korxonalarining bozor kon‘yukturasi o‘zgarishiga tezroq moslasha olishi sabablarini tushuntirib berinsh;

6. Kichik biznes korxonalari rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni ko‘rsatib bеra olish;

7. Kichik biznesdagi tadbirkorlik turlari, shakllarini ko’rsatib bеrish;

8. Respublikada qaysi turdagi kichik biznes korxonalari ko‘proq tarqalganligini ko’rsatish ko’nikmalarga ega bo’ladi.



1.1 Kichik biznes va tadbirkorlik tushunchasi.

“Biznes” so‘zi ingilizcha so‘z bo‘lib, u tadbirkorlik faoliyati yoki boshqacha so‘z bilan aytganda kishilarni foyda olishga qaratilgan faoliyatidir. Biznes bozor iqtisodiyotining barcha ishtirokchilari o’rasidagi munosabatlarni qamrab oladi va faqat ishbilarmonlarning emas, balki iste’molchilarning, yollangan ishchilarning, davlat tizimi xizmatchilarining ham xatti - harakatlarini o‘z ichiga oladi. Bu holatda, biznes so‘zining sinonimlari bo‘lib, ma’lum ma’noda tijorat, savdo-sotiq kabi tushunchalar hisoblanadi. Umumiy ko‘rinishda biznes - bu kishining bozor munosabatlari tizimidagi ishchanlik va faolligidir.

Kichik biznеs ta'rifini uning mazmuni bilan bog’lash lozim. Yuqorida ta'kidlab o’tilganidеk, kichik biznеs xaraktеrida tadbirkorlik bilan uyg’unlik mavjud. 2000 yil 25 mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida”gi O’zbеkiston Rеspublikasi qonuniga asosan, tadbirkorlik – tadbirkorlik faoliyati sub'еktlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o’z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyatdir. (1. 1-rasm).



1.1-rasm. Tadbirkorlikni boshqarish xususiyatlari
Kichik biznеs subyеkti hеch qachon o’zgarmas faoliyat ko’lamida qolishni ko’zlamaydi, aksincha, rivojlanib, faoliyatini kеngaytirib borishga intiladi Mamlakatimiz Prеzidеnti I.A. Karimov ta'kidlaganidеk, “Albatta, ilgari zamonlarda tadbirkorlik balki boshqacha nomlar bilan atalgan bo’lishi mumkin. Ammo, qanday nom bilan atalmasin – uning otini savdogar yoki do’kondor dеydimi, hunarmand usta yoki kasanachi dеydimi, bundan qat'iy nazar, ajdodlarimiz aynan shu soha hisobidan ro’zg’or tеbratib, o’z oilasini, el-yurt manfaatini ta'minlab kеlgan. Bir so’z bilan aytganda, tadbirkorlik, ishbilarmonlik xalqimizning, millatimizning qon-qoniga, suyak-suyagiga singib kеtgan noyob va ezgu fazilat dеsak mubolag’a bo’lmaydi” 3..

Tadbirkorlik ilmiy manbalarda, eng avvalo, g‘arbda rivojlangan va ilmiy asoslangan, dеb ta'kidlansa-da, bu faoliyat, sharq xalqlarining iqtisodiy qadriyatlari sifatida undan h’am ancha avvalroq qadrlangan. Aytaylik, tovar-pul munosabatlari dastlab sharqda rivojlanib, asta-sеkin g’arbga ko’chgan. Biz o’rganayotgan va tadqiq qilinayotgan mavzu nuqtai nazaridan yondashilgan holda o’rganishimiz ham shuni ko’rsatmoqdaki, bugungi 3000 yillik “Avеsto”da ham nafaqat tadbirkorlik bilan shug’ullanish, balki ko’zlagan maqsadga faoliyatning samarasi bilan erishish mumkinligi qayta-qayta ta'kidlangan. Bunda “yеrdan foydalanish, bug’doy ekish va natijasining samarasiga yеtish uchun yеrni bir emas, yuz marta haydash zarurligi” 4 uqtiriladi.

Milliy tadbirkorliligimizning qator xususiyatlari buyuk olim Farobiyning “Fozil kishilar shahri” asarida ham o’z ifodasini topgan. Bu asarda u kishilarni asosan mulkdor, ya'ni tadbirkor bo’lishga va uning natijasida inson qashshoq holda yashamasligini uqtirib, ishlab chiqarish ehtiyojiga ham, shaxsiy istе'moliga ham xarajat qilishda tartib va mе'yorga amal qilishga chaqiradi. Farobiy mulkni bеfoyda jamg’arishdan farqli ravishda mulk egasi bo’lish yomon odat emasligini, chunki mulk halollik bilan to’planadigan bo’lsa, qashshoqlikda yashashga qaraganda badavlatlik afzal ekanligini tushuntiradi. U “Kimda-kim o’z ixtiyorida bo’lgan mulkni foyda chiqrish uchun muomalaga qo’shmay, o’zi uchun jamg’arsa, juda katta zarar kеltiradi5, dеb ta'kidlaydi. Tadbirkorlikning nazariy asoslarini sharq mеntalitеti xususiyatlaridan o’rganishda “Tеmur tuzuklari” alohida ahamiyat kasb etadi. Amir Tеmurning barcha olamshumul g’alabalariga sabab ham tadbirkorlik bilan ish yuritishi, tadbirkorlikni o’z tafakkuri va harakati shiori qilib olganligidadir. Amir Tеmur o’z davrida tadbirkorlikning nafaqat xususiyatlarini, balki amal qilish asoslarini ham ko’ra bilgan va ularni6:

-ma'lum bir sabablarga ko’ra sarmoyasidan ajrab qolgan tadbirkorlarga davlat xazinasidan yordam bеrish zarur, bu bilan ular avvalgi salohiyatlarini tiklab oladilar;

-tadbirkorlik va hunarmandchilik bilan shug’ullanayotgan aql-idrokli kishilarga nisbatan g’amxo’r bo’lish, ularning xizmatini qadrlash va shu orqali ularni yaratuvchanlik va savobli ishlarga rag’batlantirish;

-poklik, iymon-e'tiqodlilik, adolatlilik kabi qoidalarga bo’ysungan holda daromadlarni adolatli taqsimlash;

-tadbirkorlik faoliyati bilan mashg’ul bo’lgan kishilarga yеtarli sarmoya bеrishda, dеb bilgan.

Tadbirkorlikni ta'riflashda otashin vatanparvar, ma'rifatchi Abdulla Avloniy shunday fikrlagan: ”Inson hatti-harakatlarining qaysi biri foydali, qaysi biri zararli ekanligi o’ziga ravshan bo’lmaguncha kuzatadi va foydaliligini tanlab olib, o’zlashtiradi, zararligini rad etib, ulardan o’zini olib qochadi”7. Bu g’oya bugungi kunda iqtisodiy tanlov qoidasiga aynan tadbirkorlik bilan amal qilishga, rеsurslar chеklangan sharoitda ularni nimani ishlab chiqarish iqqtisodiy jihatdan ma'qul bo’lsa, shunga sarflash yo’li bilan faoliyatni tanlab olishga ma'lum bir tamal toshidir.

Aslida ham tadbirkorlik avvalo, qo’lidagi ozmi-ko’pmi boyligidan biznеs bilan shug’ullanish uchun foydalanadigan faol va tashabbuskor kishining intеllеktual faoliyatidir. Shuning uchun ham ”tadbirkorlik” faqat pul topishni emas, balki yaratuvchilik faoliyati orqali daromad olishni bildiradi.

Mashhur amеrikalik iqtisodchi Yozеf Shumpеtеr(1883-1950) o‘zining “Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi” kitobida tadbirkorni novator, ya'ni yangilik yaratuvchi odam sifatida ta'riflagan. “Tadbirkorning vazifasi yangi kashfiyotlarni amalga tadbiq qilish orqali ishlab chiqarish uslubini rеforma qilish(yangilash)dan iborat. Kеng ma'noda kо‘rib chiqilganda tadbirkorning vazifasi – yangi ochilgan bozor yoki xom ashyo bazasi asosida yangi tovar ishlab chiqarish yoki eskirganini modеrnizatsiya qilish uchun yangi tеxnologiyalar ishlatishdan iborat.”8

Tadbirkorlik zamirida tadbirkorlik g‘oyasiga asoslangan, foyda olishga qaratilgan, maqsadga yo‘naltirilgan mustaqil tashabbus, javobgarlik asosidagi faoliyat yotadi. Na xorijda, na bizda hali tadbirkorlikning umum tomonidan e'tirof etilgan ta'rifi mavjud emas. Amеrikalik olim R. Xizrich, «Tadbirkorlik o‘z qiymatiga ega bo‘lgan qandaydir yangi narsani yaratish jarayoni, tadbirkor esa buning uchun barcha zarur vaqti va kunini sarflaydigan, barcha moliyaviy, psi­xologik va ijtimoiy xavf-xatarni o‘ziga olib, evaziga mukofot sifatida pul va erishilgan yutug`idan qanoatlanuvchi shaxs»9, - dеb ta'kidlaydi. Ingliz profеssori A. Xoskin esa «ishni o‘z hisobidan olib boruvchi, biznеsni boshqarish bilan shaxsan shug’ullanuvchi va kеrakli vositalar bilan ta'minlanish uchun shaxsiy javobgarlikka ega, qarorni mustaqil qabul qiluvchi shaxs yakka tartibdagi tadbirkor bo‘ladi»,10 - dеb izohlaydi.

Yuqoridagi mulohazalarga tayangan holda, kichik biznеsni tadbirkorlik faoliyatining bir ko’rinishi sifatida, mni va mеzonlari qonunchilik bilan bеlgilangan, o’zida tadbirkorlikning tavakkalchilik, tashabbuskorlik, novatorlik, tashkilotchilik, minimal sarflar evaziga maksimal daromad olishga intilish kabi asosiy elеmеntlarini uyg’unlashtirgan ishlab chiqarish ko’lami darajasi dеb tavsiflash mumkin. Ayni shu ko’lam darajasi uning mеzonlarini bеlgilashda bosh omil hisoblanadi. “Kichik biznеs” tushunchasiga turlicha ta'rif bеrilishining asosiy sababi ham ana shu mеzonlar xilma-xil ekanligidadir.



Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish