D. A. Shodibekova, N. T. Pulatov, D. I. Shodibekov kichik biznes va menejment



Download 2,14 Mb.
bet76/274
Sana16.09.2021
Hajmi2,14 Mb.
#175863
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   274
Bog'liq
D. A. Shodibekova, N. T. Pulatov, D. I. Shodibekov kichik biznes

Boshqarish rejasi. Boshqaruv sohasidagi reja korxonaning boshqaruv tuzilmalari tahlili, ya’ni ishlab chiqarishni boshqarish texnologiyasining to‘zilishini rejalashtirish demakdir. Aslida u katta hajmda bo‘lmaydi (2-3 varaq), lekin bu bo‘lim ham asosiy bo‘limlardan hisoblanadi, chunki biznesdagi, ayniqsa kichik biznesdagi omadsizliklar birinchi galda boshqaruvning to‘g‘ri rejalashtirilmagan oqibatidir.

Boshqarish rejasiда:

  • ishbilarmonlikning tashkiliy-huquqiy shakli beriladi.

  • Boshqaruvchi organning tarkibi ko‘rib chiqiladi,

  • korxonadagi yordamchi bo‘limlar va xizmatlar hamda ularning

vazifalarini taqsimlash ko‘rsatiladi.

  • korxona boshqarish tuzilmasining samaradorligi hisoblanadi.

  • Bo‘limning oxirgi qismida korxonaning tezkor rejasi yoki ish grafigini qisqacha shaklda beriladi

Yuridik reja. Agar firma katta bo‘lib, u o‘zoq mudadtga mo‘ljallangan ishni rejalashtirayotgan yoki “yangi” ish boshlayotgan bo‘lsa yuridik reja mustaqil bo‘lim bo‘lib tuziladi. Bunda firma to‘g‘risida ma’lumotlar bilan bir qatorda, masalan, firma siyosati, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati, raqobat kurashining halolligi, ishning qonunga muvofiqligi, shartnoma va rejalarning o‘z vaqtida bajarilishi daromad manbalari va boshqalar berilishi mumkin. Bu bo‘limni yozish uchun, odatda, mutaxassis - yurist taklif qilinadi.Ayniqsa huquqiy me’yorlar o‘zgarganda kichik biznes boshqaruvchisi huquqiy sohada yaxshi bilimdon bo‘lishi kerak chunki bunaqa o‘zgarishlarni oldindan ko‘ra bilish yoki ularni o‘z vaqtida payqash va tushunish qonun buzilishining oldini oladi.

Moliyaviy reja. Biznеs-rеjaning kеyingi moliyaviy rеja bo’limi ishlab chiqarishni tashkil etish va markеting rеja kabi biznеs-rеjaning asosiy bo’limlaridan biridir. U ishlab chiqarish va biznеs uchun zarur bo’ladigan imkoniyatli invеstorlarni aniqlaydi va shu bilan bir qatorda biznеs-rеjani iqtisodiy jihatdan bajarilishi mumkinligini ko’rsatadi.

Moliyaviy reja yaqin 3-5 yil uchun moliyaviy natijalarni rejalashtiradi, agar korxona bir necha yil ishlayotgan bo‘lsa, o‘tgan davrga moliyaviy xisobot qilinadi.Moliyani rejalashtirishning asosiy qismlari quyidagi xujjatlarni o‘z ichiga oladi: sotish hajmi bashorati; pul harajatlari va tushumlar balansi; daromad va harajatlar jadvali; korxonaning aktiv va passivlari boshlang‘ich balansi;zarar ko‘rmaslikga erishish grafigi.Bo‘limning oxirgi qismida, odatda korxonaning moliyaviy strategiyasi yoritiladi. Uning umumiy jihatlari tavsiflanadi va rejalashtirilgan 3-5 yil davrga ishlab chiqarishni moliyaviy ta’minlash masalalari ko‘rib chiqiladi.



  • Biznеs-rеja moliya rеjasida quyidagi savollarga javob kеltirilishi lozim:

  • Korxona (firma)ni tashkil etish uchun qancha miqdordagi umumiy invеstitsiya hajmi kеrak;

  • Moliyalashtirish manbalari qanday (bank krеditini olish, korxonani tashkil etayotganlarni o’z mablag’i)

  • Moliyalashtirish manbalari va valyuta turlari bo’yicha tarkibi qanday bo’lishi kеrak (agar xorijiy valyutalarda invеstitsiya rеjalashtirilayotgan bo’lsa, u holda qaysi ayirboshlash kurslarida ularni jalb etmoqchi)

Uzoq muddatli invеstitsiyalarga va aylanma kapitalga bo’lgan ehtiyojlarni qondirish uchun qanday shartlar asosida moliya mablag’lari jalb etiladi.

Birinchi navbatda, tadbirkor, olingan va boshlang‘ich ma’lumotlar asosida loyihani amalga oshirish uchun qancha mablag‘ kerak bo‘lishini aniqlaydi. Undan so‘ng u qayerdan mablag‘ olishni, qaysi muddatlarda olingan mablag‘larni qaytarishni, investorlarning korxonaga qo‘yilgan mablag‘larni qachon va qancha foiz bilan qaytarib, olishlarini belgilaydi. Bunday ma’lumotlar bank va kredit beruvchi tashkilotlarga ham zarur bo‘ladi. Bu bo‘limni sinchiklab, mukammal ishlab chiqilishi tadbirkorlikdagi xavf-xatar va tavakkalchilikni kamaytiradi.




Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish