Kutilayotgan inflyatsiya darajasi – mavjud ijtimoiy-iqtisodiy axborotlar, ma'lumotlar asosida alohida shaxs va korxonalar tomonidan kutiladigan bo’lg’usi davrdagi inflyatsiya darajasi.
Kuchli davlat – omma faoliyatiga asoslangan kuchli boshqaruv tizimiga, rivojlangan iqtisodiyot, yuksak ma'naviyatga ega bo’lgan davlat. Bunday davlat mustahkam iqtisodiy, huquqiy va ma'naviy asosga ega bo’ladi. Uning qudrati fuqarolar hamjihatligi, jamiyatdagi do’stlik va bag’rikеnglik, har bir fuqaroning onglilik darajasi, davlat boshqaruvidagi faol ishtirokiga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |