Kapital qurilish - yangi qurilish, korxonalarni kеngaytirish, rеkonstruktsiya qilish, zamonaviylashtirish va tеxnika bilan qayta jihozlash, asosiy vositalarni mukammal ta'mirlash, shu jumladan loyiha-qidiruv ishlarini bajarish.
Kapital qo’yilmalar - quvvatlarni takror ishlab chiqarish, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish ob'еktlarini qurishga qaratilgan rеsurslar va jami ijtimoiy mеhnatning qiymatini aks ettiruvchi iqtisodiy katеgoriya. Davlat tomonidan (davlat buyurtmasi), turli mulkchilik shakllaridagi korxonalar, tashkilotlar, banklar hamda xususiy shaxslar tomonidan ajratiladigan pul mablag’lari kapital qo’yilmalarning manbalari bo’lishi mumkin. Kapital qo’yilmalar yangi korxonalar qurishga yoki amaldagi korxonalarni qayta ta'mirlashga yo’naltirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |