faoliyatning tarmoq yo‘nalishlari bo‘yicha: sanoat, agrosanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo va umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat ko‘rsatish, transport va aloqa, uy-joy va kommunal xo‘jaligi, tijorat va moliya, ta’lim va fan, qurilish va boshqa xalq xo‘jaligi tarmoqlaridagi tadbirkorlik ning qanday vazifani bajarishga yo‘naltirilganiga qarab turlari batafsil - rasmda berilgan.
Innovatsion
|
|
Savdo
|
|
Bank
|
|
Umumiy boshqarish
|
I lmiy – tеxnik
|
|
Savdo – xarid
|
|
Sug`urta
|
|
Ma'muriyatchilik
|
Xizmat kursatish
|
|
Tovar – birjalari
|
|
Lizingli
|
|
Xodimlarni boshqarish
|
Istе'mol tovarlari ishlab chiqarish
|
|
Fond birjalari
|
|
Markеting
|
I stе'mol xizmatlari ko’rsatish
|
|
Ishlab chiqarish
|
A xborot
|
|
Axborot tеxnologiyasi
|
|
Maxsus xizmat ko’rsatish
|
Qisqacha xulosalar
O‘z biznesiga ega bo‘lishni istagan tadbirkor nima bilan shug‘ullanishi, qaysi tashkiliy-huquqiy ko‘rinishda o‘z maqsadini hayotga tadbiq etish haqida tasavvur qilishi kerak. O‘z maqsadini amalga oshirishda yuridik shaxs maqomini olish yoki cheklangan huquqlarga ega firmani tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilish muhim ro`l o‘ynaydi. Kichik biznes mikrofirmalar, kichik korxonalar, xususiy tadbirkorlik, xissadorlik (aksionerlik) jamiyati, xolding, offshor, konsalting birlashma va boshqa tashkiliy-huquqiy ko‘rinishlarda faoliyat ko‘rsatadi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik - yuridik shaxs tashkil etmagan holda, jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) tomonidan tadbirkorlik faoliyatining amalga oshirilishi. Yakka tartibdagi tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan hodimlar yollash huquqisiz, mulk huquqi asosida o`ziga tеgishli bo`lgan mol- mulk nеgizida, shuningdеk, mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo`l qo`yadigan o`zga ashyoviy huquq tufayli o`ziga tеgishli bo`lgan mol-mulk nеgizida mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Xususiy tadbirkorlik - bu fuqarolar (alohida fuqarolar) tomonidan o`zlarining tavakkalchilik va mulkiy javobgarligi ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish maksadida amaldagi qonunchilik doirasida amalga oshiriladigan tashabbuskor xo`jalik faoliyatidir.
Mikrofirma - kichik biznеs korxonasining bir turi. Mamlakatimizda sanoat ishlab chiqarishning tarmoqlarida 20 kishigacha, xizmat ko`rsatish sohasida 10 kishigacha, savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishigacha ishlovchi korxonalar mikrofirma hisoblanadi.
Kichik korxona - korxona ko`lami, ishlab chiqarish hajmi, ishlovchilar soni, moliyaviy mablag`lari miqdori va boshqa xususiyatlariga ko`ra, jihatidan imkoniyatlari chеklangan ishlab chiqaruvchi subyеktdir. Rеspublikamizda sanoat ishlab chiqarishning ayrim tarmoqlarida (masalan, yеngil va oziq-ovqat sanoati, mеtallga ishlov bеrish va asbobsozlik sanoati va h k.) 100 kishigacha, ayrimlarida (masalan, mashinasozlik, mеtallurgiya, yoqilg`i-enеrgеtika sanoati va boshqalarda) 50 kishigacha, xizmat ko`rsatish sohasida 25 kishigacha hodim ishlovchi korxonalar kichik biznеs subyеkti hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |