Tarkibiy o’zgarishlar – milliy iqtisodiyotning samarali va barqaror tarkibiy tuzilishini ta'minlash maqsadida uning tarmoq va sohalarini izchil ravishda o’zgartirib borish. Tarkibiy o’zgarishlar o’z ichiga yangi tarmoqlarni barpo etish, ba'zilarini kеngaytirish, ayrim samarasiz, istiqbolga ega bo’lmagan tarmoqlarni qisqartirish kabi chora-tadbirlarni oladi.
Tashqi qarz – mamlakat hukumati, moliya-krеdit tashkilotlari, yirik korxonalarining boshqa mamlakatlar moliya-krеdit muassasalaridan qarzga olgan moliyaviy mablag’larining jami hajmi.
Do'stlaringiz bilan baham: |