Mahsulotning raqobatbardoshliligini bashorat qilish. Bu bo‘limda tovarlar (xizmatlar) assortimenti, ularning ro‘yxati, oylik yoki yillik sotilgan mahsulot soni va hajmi beriladi. Bu bo‘limning maqsadi-kreditorlarni (banklarni), investorlarni yoki yangi foydalanuvchilarni mahsulotdan ko‘p foyda olish mumkinligiga ishontirishdir. Ammo, ishbilarmon har xil vaziyatlarda investorni o‘z mahsulotining raqobatchi tovardan afzalligi borligi bilan ishontira bilishi kerak. Bo‘limning oxirgi qismida ishbilarmon o‘z haridoriga ko‘rsatadigan qo‘shimcha xizmat turlarini taklif qilishi mumkin. (Masalan: uyga transport vositalari yordamida bepul yetkazish, narxni kamaytirish, kafolatlangan ta’mirlash ishlarini bajarish va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |