D. A. Shadibekova



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/62
Sana16.03.2022
Hajmi2,41 Mb.
#496925
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   62
Bog'liq
1373-Текст статьи-4916-1-10-20200630

jami band aholining 4 
milliondan ko„pi
ushbu sohada mehnat qilayotganligi alohida e‘tiborga 
molikdir
29
. Kechagina e‘tibordan chetda bo‗lgan sohada shu qisqa davr mobaynida 
bunday ko‗rsatkichlarga erishilganligi mamlakatimizda usshbu sohani 
rivojlantirish uchun juda katta tashkiliy tadbirlarning amalga oshirilayotganligi 
hamda uning davlat tomonidan tartibga solinganligidan dalolat beradi. 
So‘ngi yillarda respublikada xizmatlar sohasiga juda ko‗p kuch va investitsiya 
safarbar qilinmoqda. Bugungi kunda bank, sug‗urta, lizing, konsalting va boshqa 
turdagi moliyaviy xizmatlar barqaror sur‘atlar bilan rivojlanmoqda, ularning 
barchasi asosan xususiy sektor va kichik biznes rivojiga xizmat qilmoqda. 
Xizmat ko‗rsatish sohasida 153 mingdan ortiq kichik biznes subyekti faoliyat 
yuritmoqda va 2019-yil 1-yanvar holatiga bu xizmat ko‗rsatish sohasi korxonalari 
umumiy sonining 72,2 foizi demakdir. Qishloq joylarda xizmat ko‗rsatish va servis 
sohasini yanada jadal rivojlantirish dasturi doirasida so‗nggi uch yilda 20 ming 260 
dan ortiq loyiha amalga oshirildi, ko‗rsatilayotgan xizmatlar hajmi 1,8 barobar, 
qishloqda bir kishiga to‗g‗ri keladigan xizmatlar hajmi 1,6 barobar oshdi. Xizmat 
29
O‗zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi ma‘lumotlari. 


72 
ko‗rsatish sohasida erishilgan muhim yutuqlardan biri – unda qo‗shimcha ish 
o‗rinlarini tashkil etish uchun zarur sharoitlar yaratilganligidir. 
Alohida ta‘kidlash joizki, xizmatlar sohasining davlat tomonidan tartibga 
solinishi va ushbu sohaga katta e‘tibor qaratilayotgani bois, mazkur soha qator 
yillardan buyon yuqori o‗sish tendensiyasiga ega bo‗lmoqda. Bu borada 
mamlakatimizda ko‗rilayotgan chora-tabirlar, ularga berilgan imkoniyat va 
imtiyozlar kelajakda ushbu sohaning yanada jadal rivojlanishini ta‘minlashi bilan 
birga, xizmatlar sifatining oshishiga, uning xalqaro andozalar darajasidagi 
holatining shakllanishiga olib kelishi muqarrar. 
Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishning hozirgi va yaqin kelajakdagi 
ustuvor vazifalaridan biri – xususiy tadbirkorlikka asoslangan xizmat ko‗rsatish 
sohasini rivojlantirishdan iboratdir. Chunki mazkur sohaga alohida e‘tiborning 
mavjudligi sababli so‗nggi yillar davomida bir qancha Davlat dasturlari ishlab 
chiqilib, ularning bajarilishi to‗liq nazorat qilindi. Natijada keyingi yillarda xizmat 
ko‗rsatish sohasining o‗sish sur‘ati jadallik bilan davom ettirildi. 
Yuqorida ta‘kidlab o‘tilgan Vazirlar mahkamasi qarori hamda O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining farmonlarida xizmat ko‗rsatish sohasini rivojlantirish 
dasturi maqsadli parametrlarining belgilangan muddatlarda sifatli hamda to‗liq 
hajmda amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik tegishli davlat va xo‗jalik 
boshqaruvi idoralarining, korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari zimmasiga 
yuklatilganligi alohida ahamiyat kasb etadi. 
Shuningdek, mazkur qaror va boshqa tegishli me‘yoriy hujjatlar asosida 
xizmat ko‗rsatish sohasini shaharlar, tumanlar va xizmat turlari bo‗yicha 
rivojlantirishning hududiy dasturlari hamda xizmat ko‗rsatish sohasini 
rivojlantirishning hududiy dasturlarini amalga oshirish bo‗yicha chora-tadbirlar 
yo‘l xaritalari ishlab chiqilgan bo‗lib, ular bosqichma-bosqich amalga 
oshirilmoqda. 
Mazkur dasturlarda xizmat ko‗rsatish sohasini rivojlantirish bilan bandlik 
muammosini hal qilish ―ayniqsa, xotin-qizlar, qishloq yoshlarini ish bilan 
ta‘minlash, oilalarning daromadini sezilarli darajada ko‗paytirish, butun 


73 
mamlakatimiz aholisining turmush farovonligini oshirish imkoniyatlari yaratiladi. 
Bu birinchidan, aholini ish bilan ta‘minlash orqali oilalarning aniq daromadlarini 
ko‗paytirishga xizmat qilsa, ikkinchidan, mamlakatimiz bozorining xizmatlarga 
bo‗lgan talabni qondirish orqali aholining yashash darajasi va sifatining oshishiga 
sabab bo‗ladi. 
Amaliyotdan ma‘lumki, iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishida 
xizmat ko‗rsatish sohasi eng muhim manba va omil hisoblanadi. Jahon tajribasi 
bugun aynan ushbu soha
yalpi ichki mahsulotni shakllantirish, aholi bandligini 
ta‘minlash, odamlarning farovonligini oshirishda yetakchi o‗rin tutishini 
ko‗rsatmoqda. Ma‘lumot uchun mamlakatimizda 2018 yilda pullik xizmatlar hajmi 
8,4 foizga o‗sdi.
30
Har yili yaratilayotgan yangi ish o‗rinlarining, avvalambor, kasb-hunar 
kollejlari bitiruvchilari uchun tashkil etilayotgan ish o‗rinlarining uchdan bir 
qismidan ko‗prog‗i aynan mazkur soha hissasiga to‗g‗ri kelmoqda. Bunga misol 
tariqasida sartaroshxona va tikuvchilik xizmatlari, kompyuter xizmatlari va boshqa 
ko‘plab shu kabi xizmatlarni tashkil etish uchun yosh bitiruvchilarga davlat 
tomonidan imtiyozli kreditlar ajratilayotganini misol qilishimiz mumkin. Bu 
borada xizmatlar tarkibi ham tubdan o‗zgarib borayotganini ta‘kidlash joiz. 
Xizmat ko‗rsatish sohasini rivojlantirishning hududiy dasturlari va ularni 
amalga oshirish bo‗yicha ishlab chiqilgan kompleks chora-tadbirlarda xizmat 
ko‗rsatish sohasi tarkibini yanada takomillashtirish, aholi talabgor bo‗lgan 
zamonaviy xizmat turlari bilan bozorni jadal rivojlantirish va to‗ldirishga, shahar 
va qishloq aholi punktlari hududlarining qurilishini rejalashtirishda tasdiqlangan 
me‘yorlardan kelib chiqqan holda mintaqalar aholisiga turli ijtimoiy va 
kommunalmaishiy xizmat ko‗rsatish sifatini oshirish va ulardan foydalanish 
imkoniyatlarini kengaytirishga, birinchi navbatda qishloq aholi punktlarida xizmat 
ko‗rsatish korxonalarini rivojlantirish, xizmat ko‗rsatish sohasiga oilaviy 
tadbirkorlik subyektlari hamda ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlari va oliy ta‘lim 
30
O‗zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi ma‘lumotlari 


74 
muassasalari bitiruvchilari ichidan yoshlarni keng jalb etishga alohida e‘tibor 
berilgan. 
Shu o‘rinda ma‘lumot sifatida ta‘kidlash joizki, 2019-yil mart-aprel oylarida 
O‘zbekiton Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan Respublikada 
joriy kunda mavjud 52 ta qoloq tumanlarda vaziyat maxsus ishchi guruh 
tomonidan o‘rganib chiqilib, hududlarda xizmatlar sohasini rivojlantirish 
yuzasidan tegishli kompleks chora-tadbirlar yo‘l xaritasi ishlab chiqildi
31

Bugungi kunda mamlakatimizda xususiy tadbirkorlikka asoslangan xizmatlar 
sohasi davlat tomonidan tartibga solinishi natijasida mamlakatda ushbu sohaning 
yalpi ichki mahsulotdagi ulushi agar 2000-yilda 30 foizni, 2005-yilda 38,3-foizni, 
2006-yilda 39,5 foizni, 2011-yilda 50,5 foizni, 2015-yilda 54,5 foizni hamda 2018-
yilda 35,6 foizni tashkil qilgan bo‗lsada, kelgusida mamlakatimizni bu 
ko‗rsatkichni rivojlangan mamlakatlar darajasiga ko‗tarib, 60-80 foizgacha 
yetkazish hamda iqtisodiyotda band bo‗lgan aholining 70 foizini aynan shu sohada 
faoliyat ko‗rsatishiga erishish yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning asosiyy 
maqsadidir. 
Bugungi kunda respublikamiz aholisining iste‘mol xarajatlari tarkibida 
xizmatlarning ulushi bor-yo‗g‗i 20,0 %ni tashkil qilsa ( jumladan: kommunal 
xizmatlarga 6,9 %, ta‘lim olish xizmatlariga 2,5 %, sog`liqni saqlash xizmatlariga 
1,4 %, aloqa va transport xizmatlariga 5,9 % hamda boshqa xizmatlarga 3,3 % )
32
bu ko‗rsatkich rivojlangan mamlakatlarda 50-60 foizni tashkil etgani bois, ushbu 
sohaga e‘tiborni yanada kuchaytirish talab etilmoqda. 
Shu o‗rinda ta‘kidlash kerakki, xususiy tadbirkorlikka asoslangan xizmatlar 
sohasini rivojlantirish oilalarni maishiy texnika, kompyuter va shaxsiy 
avtotransport turlari bilan ta‘minlash darajasining oshishiga hamda ularga 
ko‗rsatilayotgan xizmat turlarini ko‗payishtirishga keng imkoniyatlar yaratadi. 
Shuningdek, xususiy tadbirkorlikka asoslangan xizmat ko‗rsatish sohalarini 
31
O‗zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma‘lumotlari
32
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi, 2018-yil 
28-dekabr


75 
rag‗batlantirilishi mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining hal qiluvchi 
strategik omillaridan biri hisoblanadi. 
Bugungi kunda xususiy tadbirkorlikka asoslangan xizmat ko‗rsatish sohasiga 
ixtisoslashgan korxonalar mamlakat bo‗yicha iqtisodiy faol korxonalarning asosiy 
qismini tashkil etadi. Bunda aynan oilaviy tadbirkorlik subyektlari katta 
muvaffaqiyat bilan ajralib turadi. Shuni ta‘kidlash kerakki, bunday vaziyat 
O‘zbekiston uchun an‘anaviy hisoblanadi va buni hunarmandchilikka borib 
taqaluvchi moddiy xizmatlar yaratuvchi tadbirkorlikning tarixiy shakllarida ham 
kuzatish mumkin. 
Mamlakatimizda xizmatlar sohasi tadbirkorlik subyektlari jahon standartlari 
talablariga muvofiq o‗zining mahaliy xarakteriga egaligi bilan ham ajralib turadi. 
Ushbu sohada yaratilayotgan moddiy xizmatlarning asosiy qismi, qo‗l mehnati 
yoki mehnat jarayonining yarim avtomatlashtiriluvi yordamida yaratilmoqda. 
Keyingi yillarda mehnat bozorida yuqori texnologiyalar bazasiga asoslangan turli 
xil axborot xizmatlarining paydo bo‗lishi ham bu boradagi ishlarni 
yengillashtirishga sabab bo‗lmoqda. 
Xususiy tadbirkorlikka asoslangan xizmat ko‗rsatish sohasining qulayligi va 
afzalligi, uni tashkil etishning osonligi va ixchamligi, ishchi kuchi va mehnat 
resurslarining oiladan yetishib chiqishi, aniq mijozlar talabi uchun xizmat 
ko‗rsatilishi, mavjud mahaliy resurslardan keng foydalanilishi hamda xizmatlarni 
sotilishi mahalliy bozorlarda amalga oshirilishida namoyon bo‗ladi. 
Amalga oshirayotgan tadqiqotlarimiz natijasida quyidagi bir qancha 
xulosalarga ega bo‘ldik – mamlakatimizda ishlab chiqilgan davlat dasturi 
talablaridan kelib chiqib xususuiy tadbirkorlikka asoslangan xizmatlar sohasini 
rivojlantirishda quyidagi asosiy yo‗nalishlarga e‘tibor qaratish tavsiya etiladi:
- xizmatlar sohasida tadbirkorlik subyektlarining faolligini yanada oshirish 
maqsadida qulay shart-sharoitlar yaratish, xususan, bu boradagi mavjud 
byurokratik to‗siqlarini bartaraf etishda davom etish; 
- xizmatlar va servis sohasida ish bilan band bo‗lgan aholi sonini muntazam 
oshirib borish; 


76 
- mamlakatimizda amalga oshirilayotgan qurilishi va rekonstruktsiya qilinishi 
beligilab berilgan xizmat ko‘rsatish subyektlarini sonini oshirish; 
- xizmatlarning yangi istiqbolli turlarini, xususan, yuridik, konsalting, bank, 
moliya, sug‗urta, lizing va boshqa turlarini jadal rivojlantirish; 
- mamlakatimiz xizmatlar eksportini ko‗paytirish uchun ushbu soha 
korxonalarining xalqaro bozordagi darajasi va sifatini oshirishga erishish; 
- xizmatlar ko‗rsatish va servis sohasida ishlaydigan kadrlarni tayyorlash, 
qayta tayyorlash va malakasini oshirishni har tomonlama qo‗llab-quvvatlash; 
- zamon talablaridan kelib chiqqan holda qishloq va shaharlarda yuqori 
texnologik xizmatlarning ko‗lamini kengaytirish va sifatini oshirish borasida 
tegishli choralarni ko‗rish. Shuningdek, xususiy tadbirkorlikka asoslangan 
xizmatlar sohasini rivojlantirish va qo‗llab-quvvatlash asosida, mazkur sohani 
tartibga solishda davlatning bosh islohotchi sifatida rolini oshirishda quyidagi 
imkoniyatlardan foydalanish taklif etiladi: 
- xususiy tadbirrkorlikka asoslangan xizmat ko‗rsatish sohasida davlatning 
buyurtmachi sifatida namoyon bo‗lishi 

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish