77
innovatsion korxonalarning xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishga
imkoniyatlar ochib beradi.)
- xizmat ko‗rsatishda davlat bosh islohotchi sifatida axborot–kommunikatsiya
texnologiyalari hissasini yoritib berishi.
(Ma’lumki, axborot ta’minoti – deyarli
barcha mamlakatlarda xizmat ko‘rsatish sohasi (kichik va o‘rta biznes)ga nisbatan
arzon konsalting xizmatlari taqdim etuvchi infratuzilma (tashkilotlar, axborot
resurslari v.b.) mavjud. Bu borada mamlakatimizda xizmat ko‘rsatish sohasi
axborot kommunikatsiya texnologiyalarini yangi yo‘nalishlardaa rivojlantirish
talab etiladi.)
- xizmat ko‗rsatishda davlat manfaatlarini xususiy tadbirkorlik bilan
uyg‗unlashtirish.
(Bu tadbirkorlikning xususiy ko‘rinishi bo‘lib, davlat sektori
chegarasida amalga oshiriladi va davlat ulushi yuqori korxonalarni xizmat
ko‘rsatish bilan bog‘liq tadbirkorlikni rivojlantirishda xususiy tadbirkorlikka
raqobatchi sifatida yangi imkoniyatlar ochib beradi.Bunda, davlat mustaqil
xo‘jalik yurituvchi sub’ekt sifatida namoyon bo‘ladi. Davlat tadbirkorligi, ayniqsa
kam rentabelli, an’anaviy tarzda xususiy kapitalda qiziqish uyg’otmaydigan xizmat
ko‘rsatish sohalarini qayta tiklanishi uchun sharoit yaratuvchi tarmoqlarda muhim
ahamiyat kasb etadi.)
- davlatni xizmat ko‗rsatish sohasidagi narx shakllanishini me‘yoriy hujjatlar
asosida tartibga solishi.
(Davlat narx siyosatidan foydalangan holda, xizmat
ko‘rsatishda talab va taklifga ta’sir ko‘rsatadi, daromadni va resurslarni qayta
taqsimlanishini boshqaradi, shuningdek monopoliya va inflyatsiyaga qarshi kurash
imkoniyatlarini yaratadi.)
- davlat tomonidan xizmat ko‗rsatish sohasi infratuzilmasini
rivojlantirishda
tashabbus ko‘rsatilishi – bunda, davlat bosh islohotchi sifatida xizmat ko‗rsatish
sohasi infratuzilmalarini yangi turlarini shakllanishi, ularni moliyaviy resurslar
bilan ta‘minlanishiga, huquqiy me‘yoriy asoslarni yaratilishiga imkon yaratadi.
Mamlakatimizda yuqorida qayd etilgan islohotlar
amalga oshirilishi
iqtisodiyotni mustahkamlash va yanada rivojlantirish hamda aholi bandligini
ta‘minlashda xususiy tadbirkorlikka asoslangan xizmat ko‗rsatish sohasi o‗rnining
78
ortib borishini ta‘minlaydi. Eng muhimi, yangi xizmat
turlariga ehtiyoj ortishi
natijasida zamonaviy xizmat ko‗rsatish majmualari bunyod etilishi hisobiga
aholining xizmatlarga bo‗lgan ehtiyoji qondirilishi imkoniyati kengayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: