21-rasm. Ko„krak va qorin muskullari . Belning kvadrat muskuliyonbosh suyagining qirrasidan boshlanib, bel
umurtqalarining yon o‗simtasiga va XII qovurg‗aga birikadi. Bu muskul
qisqarganda qovurg‗ani pastga tortadi (nafas chiqarishda ishtirok etadi), umurtqa
pog‗onasini orqaga va yonga bukadi.
Qorin muskullarining bo‗sh joyidan ichki organlarning qorin bo‗shlig‗idan
tashqariga - teri ostiga chiqishi churra tushishi deyiladi. Qorin muskullari
57
zaiflashsa, odam juda ozib ketsa, og‗ir yuk ko‗tarsa, qattiq yo‗talsa, yosh bola
qattiq yig‗lasa churrasi tushishi mumkin. Erkaklarda ko‗pincha chov grijasi -
churra tushishi kuzatiladi.