Curxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayy termiz -2020



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/105
Sana02.01.2022
Hajmi3,26 Mb.
#88663
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   105
Bog'liq
3.2.Biologiya-fanini-oqitish-metodikasi

Topshiriqning didaktik maqsadi: Hujayraning tuzilishi va funksiyalarini 
o‘rganish  orqali,  hujayraning  yaxlit  tizim  ekanligi,  organoidlarning  tuzilishi  va 
funksiyasi, ular o‘rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlash. 
Hujayra organoidlari 
Tuzilishi 
Funksiyasi 
 
 
 
 
 
 
 
SHunday  qilib,  tanqidiy  fikr  yuritish  tahliliy,  bog‘lanishli,  mustaqil, 
mantiqiy, tizimli fikr yuritishni mujassamlashtiradi. Ular o‘rtasida ichki va tashqi, 
muayyan va nisbiy bog‘lanishlar mavjud.  


48 
 
 
O‘quvchilarda ijodiy fikr yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirishda o‘qituvchi 
yuqorida  qayd  etilgan  tahliliy  fikr  yuritishning  tarkibiy  qismlaridan,  xususan, 
mustaqil  fikr  yuritish  ko‘nikmalaridan  foydalanishi  mumkin.  SHuni  qayd  etish 
kerakki,  o‘quvchilarda  nomlari  zikr  etilgan  fikr  yuritish  ko‘nikmalarini 
rivojlantirmay  turib,  ijodiy  fikr  yuritish  ko‘nikmalarini  shakllantirish  va 
rivojlantirish mumkin emas. 
Ijodiy  fikr  yuritish  ko‘nikmalari  ijodiy  faoliyat  tajribalarining  asosini 
tashkil  etadi.  O‘quvchilar  ijodiy  faoliyat  tajribalarini  egallashda  aqliy  faoliyat 
usullari  bo‘lgan  o‘rganilayotgan  ob’ektni  tahlil  qilish,  taqqoslash,  tarkibiy 
qismlarga  ajratish,  sintezlash,  sabab-oqibat  bog‘lanishlarini  tasavvur  qilishi, 
umumlashtirish  va  xulosa  yasashni  egallagan  bo‘lishlari  lozim.  SHundagina 
o‘quvchilar  ijodiy  faoliyatning  asosini  tashkil  etadigan  xususiyatlar:    tanish 
ob’ektlarning  yangi  xususiyatlari  va  vazifalarini  topishi;  tanish  vaziyatlardagi 
muammolarni  mustaqil  ravishda  hal  etish;  bilim  va  ko‘nikmalarni  yangi 
kutilmagan  vaziyatlarda  qo‘llash  orqali  muammoni  hal  etish;  o‘zlashtirgan  bilim 
va ko‘nikmalarni amaliyotda ijodiy qo‘llashga o‘rganishi mumkin. 
O‘quvchilarda  mustaqil  va  ijodiy  fikr  yuritish  ko‘nikmalarini 
rivojlantirishning muhim sharti, o‘quvchilarning o‘z fikrlarini dalillash va asoslash 
sanaladi.  SHu  sababli,  o‘quvchilarning  mustaqil  va  ijodiy  fikr  yuritish 
ko‘nikmalari, asosan, o‘quv munozaralari va bahslar orqali rivojlantiriladi.  O‘quv 
munozaralari va bahslarni tashkil etish quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi: 
I. 
O‘quv  munozaralari  va  bahslarni  keltirib  chiqaradigan  o‘quv 
topshiriqlari bilan tanishish. 
II.   O‘quv topshiriqlaridagi muammolarni hal etish yo‘llarini belgilash. 
III.  Axborot manbai yoki darsliklardagi o‘quv materialini o‘rganish, tahlil 
qilish va undagi asosiy g‘oyani ajratish. 
IV.  Muammolarni hal etish bo‘yicha javoblarni tayyorlash. 
V.   Javoblarni ko‘rgazmali vositalar yordamida dalillash. 
VI.  Javoblarning  to‘g‘riligini  tekshirib  ko‘rish,  o‘z-o‘zini  nazorat  qilish, 
o‘zaro nazoratni amalga oshirish. 
O‘quv  munozaralarining  ikki  turi  mavjud,  agar  ikki  o‘quvchi  o‘zaro 
hamkorlikda yoki o‘quvchining kompьyuter bilan muloqoti tashkil etilsa, bu dialog 
tarzdagi  munozara,  agar  munozara  o‘quvchilarning  kichik  guruhlardagi  mustaqil 
ishi asosida tashkil etilsa, polilog tarzdagi muloqot sanaladi. 
O‘qituvchi  darsda  o‘rganiladigan  mavzuning  didaktik  maqsadidan  kelib 
chiqqan holda qay tarzdagi munozarani tashkil etishni nazarda tutib, tegishli o‘quv 
topshiriqlarni tayyorlaydi. 
Har  qanday  o‘quv  munozaralari  ijodiy  izlanish  asosida  tashkil  etiladi. 
Ijodiy izlanishlar quyidagi bosqichlarda tashkil etilishi maqsadga muvofiq: 


49 
 
 
I.  Ijodiy izlanish maqsadini aniqlash, mazkur  maqsadga muvofiq mustaqil 
ishlarni tashkil etish, guruh a’zolari o‘rtasida fikr va axborot almashinuvini amalga 
oshirish. 
II. Olingan natijalarni tasavvur qilish va uni loyihalash. 
III.  Maqsadni amalga oshganligi va olingan natijani tahlil qilish. 
IV.  Zarur hollarda tegishli o‘zgartirishlar kiritish.  

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish