Ma’lumot va bilim berish
Shundan so'ng o'qituvchi talabalarga kasbiy soha bo'yicha yangi
materialni tushuntiradi, qisqa m a’ruzalar o'qiydi. m unozaralar
uyushtiradi, o'quv suhbatlari, o'yin-mashg'ulotlari va muammolami
hal qilish haqida suhbatlar o'tkazadi. Keyingi darslarda yangi mavzuni
boshlashdan awal o'tilgan mavzular qisqacha, umumlashtirilgan holda
qaytarilishi kerak.
Talabalarga mavzularga mos tarqatma materiallar tarqatilishi lozim. Bu
o'quv jarayonini yengillashtiradi. Mavzuga kirilmay turib, tarqatma
materiallar tarqatilmaydi. Ulami mavzuga monand ravishda birin-ketin
tarqatish, buning uchun yetarli daqiqalar berish va talabalar e’tiborini
axborotga qaratish uchun ovoz chiqarib o'qitish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |