19-mavzu
1. 1898-yilda vaqtinchalik Turkiston general-
gubernatorlik vazifasi topshirilgan Korolkov kim edi?
A) Sirdaryo viloyati harbiy gubernatori
B) Turkiston viloyati harbiy gubernatori
C) Samarqand viloyati harbiy gubernatori
D) Amudaryo bo’limi harbiy gubernatori
2. Dukchi Eshon qo’zg’alonchilar safida qancha kishiga
o’lim jazosi berildi?
A) 20 kishiga
B) 21 kishiga
C) 22 kishiga
D) 23 kishiga
3. Duxovskoyga Andijon qo’zg’alonchilariga berilgan
o’lim jazosini katorga va qamoq jazosiga almashtirish
haqida ko’rsatmani kim bergan?
A) harbiy vazir
B) imperator
C) Orenburg general-gubernator D) Saratov gubernatori
4. Quyidagi xato javobni toping.
A) Andijon qo’zg’alonchilaridan 3 ming kishi hibsga
olindi
B) Dukchi Eshon va uning safdoshlari sudsiz otib
tashlandi
C) Andijon qo’zg’alonchilaridan 380 kishi o’lim jazosiga
hukm qilindi
D) Andijon qo’zg’alonchilariga berilgan o’lim jazosi
katorga va qamoq jazosi bilan almashtirildi. Ammo 22
kishiga berilgan o’lim jazosi o’z kuchida qoldi
5. Rus hukumatining qaysi hujjatining asosiy maqsadi
Turkiston o’lkasida yer masalasini rus mustamlakachilik
manfaatlariga moslashtirish bo’lgan?
A) “Yer to’g’risida Dekret”
B) 1865 yilgi “Nizom”
C) 1867 yilgi “Nizom”
D) 1886 yilgi “Nizom”
6. Podsho ma’murlari mahalliy xalqqa tegishli yerlarning
katta qismini tortib olib, Rossiyadan ko’chib kelganlar
uchun yer fondi tashkil etdi. Bunday siyosat ayniqsa
qaysi hududda aholining ahvolini yomonlashtirib yubordi?
A) Xiva B) Buxoro C) Farg’ona D) Toshkent
7. Turkistonda aholi zich joylashgan, sug’orma ekin
maydonlari kam bo’lgan hududni aniqlang.
A) Farg’ona vodiysi
B) Zarafshon vodiysi
C) Qashqadaryo vohasi
D) Toshkent viloyati
8. Qachon Rossiyadan Farg’onaga ko’plab aholi ko’chirib
kelindi?
A) 1890-yil B) 1891-yil C) 1892-yil D) 1893-yil
9. XIX asr oxirida Turkistonda din peshvolarining keskin
noroziligini keltirib chiqargan rus hukumatining
siyosatini aniqlang.
A) vaqf mulklarining qisqartirilishi
B) vaqf yerlari katta qismining davlat yerlariga
aylantirilishi
C) vaqf yerlarining tugatilishi D) A va B
10. Andijon qo’zg’laoni qachon bo’lib o’tdi?
A) 1885-yil B) 1892-yil C) 1878-yil D) 1898-yil
11. 1898-yilgi Andijon qo’zg’aloni haqida xato
ma’lumotni toping.
A) qo’zg’alonga Dukchi Eshon rahbarlik qildi
B) Dukchi Eshonning haqiqiy ismi Muhammad Ali edi
C) Dukchi Eshon 1845-1898-yillarda yashab o’tgan
D) Dukchi Eshon mutaasib dindorlardan edi
12. XIX asrda Turkistonda rus ma’murlariga qarshi
ko’tarilgan qo’zg’alon rahbarlaridan qaysi biri oddiy
fizikaviy holatlardan foydalanib, sodda xalq o’rtasida
mo’jizalar ko’rsatgan?
A) Yetimxon
B) Darvishxon
C) Mirkarimboy
D) Dukchi Eshon
Do'stlaringiz bilan baham: |