74
Modellashtirish
Elektron jadvalingizda formulalar boʻlsa, baʻzi maʻlumotlarni (kiritilgan raqamlarni)
oʻzgartirishingiz va yana nima oʻzgarishini koʻrishingiz mumkin. Bunga modellashtirish deyiladi.
Oʻyinlar konsoli (Games Console) elektron jadvalini koʻrib chiqamiz.
Modellashtirish 1: ma’lumotlarni oʻzgartirish va nima boʻlishini kuzatish
Agar siz har hafta umuman pul sarflamasangiz va barcha choʻntak pulingizni tejab qoʻysangiz
nima boʻladi?
Buni sinab koʻrish uchun “Har hafta sarflangan pul”ni 0 ga oʻzgartirishingiz kerak. Keyin haftalar
soni oʻzgargan yoki oʻzgarmaganni tekshiring.
Avval:
Har hafta sarflangan pul = 3500 soʻm
Haftalar soni = 123
Do'stlaringiz bilan baham: |