7.5-mashg‘ulot
Maʼlumotni kiritish formasini toʻgʻri ishlayotganini quyidagi ikki topshiriq orqali
tekshirishingiz mumkin:
1.
Maʼlumot kiritish formasini oching. Yangi yozuvni tanlang. Yangi oʻyinchi uchun
ma’lumotlarni kiriting.
2.
Maʼlumotlar bazasini yoping. Keyin uni qayta oching. Agar hozirgina kiritgan oʻyinchingiz
ham shu yerda boʻlsa, demak forma elementi to‘g‘ri ishlayapti.
7.6-mashg‘ulot
Maʼlumotlar bazasiga maʼlumotlarni tartib bilan kiritganingizni tekshirishingiz mumkin.
Ushbu jarayon
tasdiqlash
jarayoni deb ataladi. U maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirmaydi,
lekin siz kiritgan maʼlumot kiritishingiz kerak boʻlgan narsaga mos kelishini tekshiradi.
Maʼlumotlar bazasiga siz kiritgan maʼlumotlarni ularning asli bilan solishtiring. Ehtimol, siz
maʼlumotlarni qogʻoz parchasidan koʻchirgan boʻlishingiz yoki maʼlumotlar tegishli boʻlgan
shaxs yoningizda boʻlishi ham mumkin. Maʼlumotlarni bexato kiritibsizmi?
Tasdiqlash:
biror
maʼlumotni uning
asli bilan bir xil
ekani va tartib bilan
kiritilganini tekshirish.
Kalit so‘z
Do'stlaringiz bilan baham: |