“Действие прозрачности” – Shaffof rangning tagidagi element rangi bilan aralashtirish usulini tanlang.
“Средняя точка прозрачности” – O’rta nuqta orqali shaffoflikni sozlash.
“Угол и сдвиг края” – Shaffoflik chetiga, burchak va shaffof bo’lmagan effektni berish.
“Объект – назначение прозрачности” – Quyishga va obyekt abrisiga shaffoflikni qo’llash.
“Заморозить прозрачность” – Obyektni joylashtirgan vaqtda ko’rinishi o’zgarmasligi uchun shaffoflik yordamida obyektning amaldagi ko’rinishini yaxlatish.
“Скопировать свойства прозрачности” – Shaffoflikning xususiyatini ko’chirib olish.
“Удалить прозрачность” – Shaffoflikni o’chirish.
Mashq: Asboblar paneli Toolbox (grafika) “Rectangle Tool” ni tanlang. Ish maydonining ixtiyoriy joyiga sichqonni ko’rsatkichini o’rnating. Bu holda ko’rsatkich krestga aylanadi. Sichqonni chap tugmasini bosing vauni qo’yib yubormagan holda siljiting. Ekranda to’g’ri burchak hosil bo’ladi va uning o’lchamlari sichqonni siljitish bilan o’zgarib boradi. Sichqonni chap tugmasini qo’yib yuboring va to’g’ri burchak ekranda hosil bo’ladi.
“Ellipse Tool” asbobini tanlang va 1 punktdagi qaytarib ellips chizing.
“Polygon Tool” asbobini tanlang. Property Bar (xossalar paneli) da ko’pburchakning uchlari soni o’rnatiladi. Beshburchak hosil qilish uchun 5 maydoniga kiriting. Agar Property Bar panelida “Star” (yulduz) tugmasi bosilganini ko’rsangiz, uning yonidagi “Poligon” (ko’pburchak)tugmasini bosing. Beshburchak chizing.
Sichqonni pastga emas, yuqoriga siljitgan holda, yonida beshburchak chizing. Bu holda beshburchakning shakli boshqacha bo’ladi.
Delete klavishini bosing va siz hosil qilgan shakl yo’qoladi. Siz sichqonni o’;ng tomoni bilan jismga bosgan holda menyuda “Delete” punktini tanlashingiz mumkin va jism yo’qoladi.
Keyin biz yana 1ta ko’pburchakni uning o’lchamlarini bergan holda hosil qilamiz. “Star”(yulduz) tugmasini bosamiz. Yulduz maydonida uning sonini 11 quilib beramiz. Property Bar panelini shtrixlangan uchburchak bilan belgilangan yulduzchasi bilan 4 sonini o’rnating. Bog’larni segmentlar 4 orqali bierga itaradi, ya’ni har 5 lik uchlar o’zaro bog’lanadi. Ctrl klavishasini bosing va qo’yib yubormagan holda yuqorida ko’rsatilgan usul bilan ko’pburchak hosil qiling, keyin Ctrl klavishini qo’yib yuboring. Biz har bir 5-uchi o’zaro tutashgan to’g’ri 11 yuzli yulduz hosil qildik.
Property Bar panelini bo’yalgan uchburchakli sudragichi yordamida maydonda 2 sonini o’rnating. Yulduz o’z ko’rinishini o’zgartiradi. Endi tutashma to’rtta uch orqali emas balki, 2ta uch orqali o’tadi.
“Poligon Tool” tugmasini bosing va uni bir laxza ushlab turing. Tugma yonida bir qancha tugmali yordamchi panel hosil bo’ladi. “Spiral Tool” tugmasini bosing, u holda yordamchi panel yopiladi va Toolbox asboblar panelida tugma spiralli krest ko’ribnishiga o’zgaradi. Shu usulda boshqa shakllar uchun ham spiral hosil qiling.
“Spiral Tool”sudragichi yordamida maydonga 75 sonini kiriting. Bu spiralning kengayish koeffitsientidir. Boshqa shakllar kabi logarifmli spiral chizing.
Toolbox (grafuika) panelini, yordamchi asboblar paneli “Spiral Tool”da “Graf Paper Tool” asbobni tanlang. Endi biz reshotka hosil qilamiz.
Xossalar paneli maydonida gorizontal yacheykalarni sonini 4, vertikal bo’yicha esa 3 sonini o’rnatamiz. Boshqa shakllarda bo’lgan holdagi reshotka hosil qiling.