|
Rang palitrasi yordamida rang quyish
|
bet | 22/34 | Sana | 15.07.2021 | Hajmi | 60,37 Kb. | | #120302 |
| Bog'liq 2-mavzu.Corel Draw dasturi
Rang palitrasi yordamida rang quyish
Bu usulda rang berishni oldingi darslar orqali yaxshi tushundingiz deb o’ylaymiz. Shunday bo’lsa ham yana bir bor takrorlab o’tamiz.
Chizish varag’iga biron bir obyekt chizasiz va ranglar palitrasiga o’tib sichqonchaning o’ng tugmasini bosib bo’yaysiz.
Turli xil rang quyishlar
Uskunalar to’plamiga o’ting.
“Цветочная пипетка” tugmasining o’ng burchagidagi qora uchburchakni bosing.
“Цветочная пипетка” – Namuna bo’yicha ranglarni tanlash va bo’yash.
“Пипетка атрибутов” – Namuna bo’yicha obyektlardan nusxa olish va ularni boshqa obyektlarga qo’llash.
“Заливки” tugmasining o’ng burchagidagi qora uchburchakni bosing.
Rang quyishlar ro’yxati hosil bo’ldi.
“Однородная заливка” – Ranglar palitrasi, ranglarni ko’rish dasturi, ranglar uyg’unligi yoki aralashtirgich yordamida obyektlarga to’liq rang quyish.
“Фонтанная заливка” – Obyektlarga gradientli rang va soya quyish.
“Заливка узором” – Obyektga tayyor naqshlarni quyish yoki foydalanuvchi tomonidan yangi naqshlar yaratish.
“Заливка текстурой” - Obyektlarga suv, bulut va toshning illuziyasini beruvchi teksturalarni quyish.
“Заливка PostScript” – PostScript teksturasi yordamida murakkab quyishlarni bajarish.
“Без заливки” – Obyektdagi rangni yo’qotish.
“Цвет” - Tanlangan obyektlar uchun aniq qiymatdagi ranglarni berish.
“Интерактивная заливка” – Markerlar yordamida dinamik quyishni bajarish.
“Заливка сетки” – To’rning burchak tugunlariga rang quyish.
Chizish varag’iga ellips chizing.
“Заливки” bo’limidan “Однородная заливка” amalini bosing.
Oyna hosil bo’ldi.
Oynaning ranglar uyushmasi bo’limidagi to’grito’rtburchakni sichqonchaning ko’rsatkichi bilan kerakli rang tomonga suring.
Rangni tanlaganingizdan so’ng yonidagi rang uyg’unligi oynasiga o’ting.
Kichkina to’rtburchakni tanlagan rangingiz bo’yicha ixtiyoriy yorqilikka suring.
“OK” tugmasini bosing.
Uskunalar to’plamidan “Заливки” bo’limiga o’ting.
“Фонтанная заливка” amalini bosing.
Oyna hosil bo’ldi. Oynadagi asosiy komponentlarga to’xtalamiz.
Oynaning yuqorisiga qarang, “Тип” bo’limi, ushbu bo’lim orqali quyishning turini aniqlashingiz mumkin.
Bo’limdan “Конические” turini tanlang.
“Сдвиг центра” bo’limi markazni surish ishini amalga oshiradi.
“Угол” bo’limi quyilayotgan rangni gradus bo’yicha ifodalaydi.
Unga 45 qiymat kiriting.
“Цветовой переход” bo’limi orqali ranglarni turli xil usullarda joylashtirish mumkin.
“Двухцветный” da turgan belgini “Настройка” ga almashtiring.
Hosil bo’lgan yangi oynaga o’zgartirish kiriting.
Rang tasvirlangan joyning birinchi nuqtasini belgilang.
Rang tanlash bo’limidan ko’k rangni tanlang.
Rang tasvirlangan joyning ikkinchi nuqtasini belgilang.
Rang tanlash bo’limidan binafsha rangni tanlang.
“OK” tugmasini bosing.
Uskunalar to’plamidan “Заливки” bo’limiga o’ting.
“Заливка узором” amalini bosing.
Oyna hosil bo’ldi.
Oynaning yuqorisida asosiy uchta naqsh quyish bo’limlari mavjud.
Bular:
“2-цветный” - ikki xil rangdagi naqshlar ya’ni oq va qora.
“Полноцветый” – to’la rangli naqshlar.
“Растр” – rastorli naqshlar.
Ulardan ixtiyoriy birini tanlang.
“OK” tugmasini bosing.
Qolgan rang va naqsh quyuvchi oynalar bilan mustaqil ravishda foydalanib ko’ring.
Do'stlaringiz bilan baham: |
|
|