2. Matnlar bilan ishlash
Matn kiritish
Matn kiritish uchun uskunalar to’plamidagi “Текст” tugmasini bosing.
Chizish varag’iga o’ting.
Sichqonchani chap tugmasini bir marta bosing.
Obyekt xususiyatlari panelidagi “Список шрифтов” bo’limidan matnni shriftini tanlang.
“Размер шрифта” bo’limidan shriftning o’lchamini o’rnating.
Matn kiriting. Masalan: Corel Draw vektorli grafika.
Matn ustida amallar
Matnga shakl berish va aylantirish.
Matnni aylantirish uchun sichqoncha ko’rsatkichi bilan matn ustiga ikki marta bosing.
Matnning 360 gradusga aylantiradigan qobig’i paydo bo’ldi.
Matnning ust tomonidagi yo’nalishni ushlab o’ng tomonga ozgina siljiting.
Qobig’ning ixtiyoriy bir burchagidan ushlab matnni aylantiring.
Matinni o’z holiga qaytarish uchun Ctrl+Z tugmasini ikki marta bosing,
Do'stlaringiz bilan baham: |