Content Management System


CMS ning ikkita asosiy turi bor



Download 28,96 Kb.
bet2/4
Sana03.06.2022
Hajmi28,96 Kb.
#632587
1   2   3   4
Bog'liq
7. CMS HAQIDA

CMS ning ikkita asosiy turi bor:

  1. Internetda ishlovchi va joylashuvchi cms.

  2. Kompyuterga o’rnatilgan va sayt bilan avtomatik yoki fayllarni yangilash interfeysi orqali ulangan cms.

CMS ning sayt bilan integratsiyasidan keyin , kompaniyangizning xizmatchisi sayt tarkibi va strukturasini boshqarishlari, yangiliklarni chop qilishlari, matnlarni tahrir qilishlari va grafikani joylashtirishlari , katalogdagi mahsulotni uzgartirishlari va mahsulotlarni qo’shishlari yangi sahifalarni , bo’limlarni yaratishlari va ko’pgina boshqa ishlarni bajarishlari mumkin. CMS asosida qurilgan dinamik saytlarning ustunligi dizaynning axborotli to’ldirishdan ajratilganida bu xujjat aylanmasini, biznes jarayonlarni shaxsiylashtirish maxanizmlarini avtomatlashtirishga imkon beradi. Bundan tashqari, CMS sayt tarkibini oson, sodda va tez boshqarishga imkon beradi. Bu CMS dan foydalanishning iqtisodiy foydasi sezilarli darajada bo’lishini ta’minlaydi.
CMS ning maqsad va vazifalari – mijoz tomonidan ma’lumot va grafikalarni bsohqarish, to’ldirish va tahrir qilish. Soddaroq qilib aytganda, bu tizim – sizga bo’limlarni o’zgartirish va to’ldirish, sayt tarkibini tahrir qilish, sayt grafika va dizaynini o’zgartirishga imkon beradi. CMS siz bunday saytni boshqarish masalalari qimmat turuvchi dasturchilar aralashishmasa hal qilinmaydi.
CMS sayt kontentni boshqarish tizimi web – saytlarni yaratish va ta’minlash narxini pasaytiradi, shuningdek materiallarni yangilash tezligini oshiradi, ya’ni sayt xo’jaynida material paydo bo’lganidan to saytda chop etilganigacha ketgan vaqt CMS ni sharofati bilan minimal bo’ladi. Buning ustiga CMS da ma’lumotlarni hop etishga tayyorlash jarayoni juda ham oddiy. CMS kontenti boshqarish tizimining shubhasiz ijobiy tomoni shundaki, saytni boshqarish va taminlash narxi pasayadi. Bu web – master oylik, maoshiga hujjatlarni izlashga ikkilanish va hatoliklarni oldini olishga ketgan yoqotishlarning pasayishi, sheriklar va mijozlar bilan bog’lanish tezligining ortishi … hisobiga yuz beradi. Sizga loyihani ta’minlash va rivojlantirish uchun mutaxassis yollashingizga to’g’ri kelmaydi.
CMS yordamida siz saytga joylashtirilgan ma’lumotlarning hajmi sayt narxiga ta’sir qilmasligiga guvoh bo’lasiz. CMS kontentni boshqarish tizimi sizga saytda ihtiyoriy hajmdagi ma’lumotlarni joylashtirishga imkon beradi.
Odatda CMS ga asoslangan sayt sahifalari butunligicha saqlanmaydi, balki ularga murojat qilishda juda tez shakllanadi, bu sahifalarni yuklashdagi tezlikni oshirishga imkon beradi, chunki sahifa shabloni (dizaynerlik rasmiylashtirish) faqat bir marta yuklanadi va keyinchalik har bir yangi sahifa so’rovida foydalanuvchi kompyuteridan ochilaveradi.
Saytni boshqarish tizimida odatda keshlashtirish mexanizmi amalga oshiriladi, bu qurilmalarga tushadigan yuklamalarni kamaytirishga imkon beradi va ishlashning va saytning kiritish qobiliyatining tezligi oshishiga imkon beradi. Bu ishlar ma’lumotlar bazasi va static materiallarga so’rov natijalarini saqlash evaziga sodir bo’ladi.
Odatda CMS tizimini saytning kompaniya ishlab chiqaruvchisi o’rnatishini taklif qilishadi. Bu ancha to’g’ri variant chunki tizim avval boshidanoq sizning saytingizga joylashib, moslashib ketadi. Shuningdek, CMS tizimlari qo’shimcha funksiyalarni taklif etadi va oxir oqibat saytda forum, mehmon kitobi, savollar va javoblar va hokazolarni joylashtirishga imkon beradi.
CMS ning tekinlari ham mavjud, ular sayt tarkibini boshqarish uchun yetarlicha katta imkoniyatlarni namoyish qiladi. Tekin CMS lar ko’p foydalanuvchilarga ega, ular tekin kontentni boshqarish tizimi yordamida saytni boshqarish muammolarini
hal qilishga yordam beradi. Tekin CMS larga katta miqdordagi kengaytma va qo’shimchalar mavjud, ular saytni boshqarish jarayonini ancha qulay va funksional qilishga imkon beradi. Ammo tekin CMS larning salbiy tomoni rasmiy texnik qo’llab quvvatlashning yo’qligi va sayt tarkibini boshqarish tizimida kritik xatolarni to’g’rilash, tezligining paytligidadir.
Har qanday sayt HTML (Hyper Text Markup Language), JavaScript, PHP kabi bir talay tillarga oid kodlardan tashkil topgan sahifalar yig‘indisidan iborat bo‘ladi. HTML – bu sayt sahifalarini tashkil etishda ishlatiladigan eng asosiy va eng kerakli til hisoblanadi.
Internet tarmog‘i endigina rivojlana boshlagan va ilk saytlar yaratila boshlan vaqtlarda barcha wyeb saytlar to‘liq HTML kodlar asosida yaratilgan. Bunday saytlar sahifalarida ko‘rish orqali ma’lumotga ega bo‘lishdan boshqa hech qanday amaliyot bajarishning imkoni bo‘lmagan. Shuning uchun to‘liq HTML yordamida tashkil etilgan saytlar foydalanuvchilarga faqat ma’lumot berish, ya’ni ma’lumotlarni ko‘rsatib berish imkoniyati bilan cheklangan.
Bugungi kunda saytlar orqali faqat ma’lumot olish bilan cheklanib qolmaysiz. Hozirgi zamonaviy saytlarda ma’lumot olish bilan bir qatorda berilgan ma’lumotni tahrirlashingiz (masalan, Wikipedia), yangi ma’lumot qo‘shishingiz (masalan, saytlarda fikr bildirish – Comment), bir turdagi ma’lumotni uzatib, onlayn tizimda boshqa bir turdagi ba’lumot shaklida qabul qilib olish (masalan, video fayllarni onlayn tizimda mp3 formatiga o‘tkazish), soni cheklanmagan foydalanuvchilarning bir vaqtning o‘zida onlayn muloqotga kirishish (masalan, chat) va boshqa interaktiv amaliyotlarni bajarishingiz mumkin. Bu, o‘z navbatida, faqat HTML ishlatilgan zamonga nisbatan hozirgi paytda internetda saytlarning yaratilishi sezilarli rivojlanganligini bildiradi.
Hozirgi davrda, agar Siz sayt yaratmoqchi bo‘lsangiz, HTML yoki boshqa biror murakkab wyeb dasturlash tilini bilishingiz majburiy emas. Hatto birorta ham kodni yoza olmasangiz ham zamonaviyligi, dizayni, murakkab amaliyotlarni bajara olishi jihatlaridan zamon talablariga to‘la javob bera oladigan sayt yarata olish imkoniyatiga egasiz. Bunda Sizga CMS yordam beradi!
CMS ( Content Management System– Kontentlarni Boshqarish Tizimi) – bu maxsus wyeb dastur bo‘lib, bir necha oddiy bosqichlardagi amaliyotlarni bajargandan so‘ng to‘la kuch bilan ishlay oladigan sayt yaratish imkoniyatini beradi. Bunday turdagi wyeb dastur, huddi kompyuterlar uchun mo‘ljallangan dasturlar singari, bir necha bosqichlarda foydalanuvchidan sayt haqida boshlang‘ich ma’lumotlarni yig‘ib oladi va bosqichma-bosqich saytingizni avtomatik tarzda tashkil etib beradi. Dasturni o‘rnatish jarayonining nihoyasida Siz kiritgan ma’lumotlarga tayangan, o‘zingiz xohlagandek sayt avtomatik tarzda yaratiladi.
Quyida eng keng tarqalgan va bugungi kunda ko‘pchilik saytlarning asosi hisoblangan CMS dasturlarini keltirib o‘tmoqchiman. Bu yerda faqat eng ko‘p foydalaniladigan, asosiy dasturlargina keltirilgan. Sayt yaratishingiz mumkin bulardan boshqa yana ko‘plab dasturlar mavjud.
1. WordPress. Ushbu CMS asosan blog (biror shaxs, joy yoki alohida mavzuga bag‘ishlangan, tez-tez yangilab turiladigan, qisqa maqolalar va ma’lumotlar kiritib boriladigan o‘rta hajmdagi sayt) uchun mo‘ljallangan. Ammo bugungi kunga kelib bu CMS shu qadar mukammallashib ketdiki, hozirda uni hatto portal saytlar uchun ham ishlatishmoqda.

Download 28,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish