Farg’ona davlat universiteti Chet tillari fakulteti Filologiya va tillarni o’qitish: ingliz tili yo’nalishi 18.98-guruh talabasi Nurmuhammadova Sayyoraning
“Teaching specific sub-skills and strategies ” mavzusida yozilgan kurs ishiga
Taqriz
Mazkur bajarilgan kurs ishi bugungi kunda Metodika fani doirasidagi eng dolzarb muammolarga yechim topishga qaratilgan. Hozirgi kunda tobora chet tillarini o’qitishning yangicha usullarini yaratish, ularni ta’lim jarayonlariga tadbiq etish orqali mavjud muammolarga yechim topish bugungi zamonaviy jamiyatning muhim masalalaridan biriga aylanib ulgurdi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, yangi rivojlanayotgan jamiyatga mos ravishda ta’limning eski an’anaviy usullaridan voz kechish yoki ularni noan’anaviy yangicha usuldagi texnologiyalar bilan boyitilga,n samaradorligi yuqori bo’lgan darslar bilan almashtirish maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi davr pedagogika va metodikasida ilgari surilayotgan chet tillarini o’qitishning yangi usullarini topish hamda ularni amalda qo’llash muammolari doirasida ushbu kurs ishida talaba mavjud maslalarni keng qamrovda tahlil etgan. Mazkur kurs ishida chet tillarini egallashga ko’maklashish borasida an’anaviy ta’limdan voz kechish borasidagi maslalarni yoritilib, bu boradagi rivojlanishlarga e’tibor \qaratilgan.
Kurs ishi: Kirish, Asosiy qismlar, mavzu borasidagi olimlar ishlarini va adabiyotlarni tahlil etish, ishni analiz qilish va Xulosa qismlaridan tashkil topgan.
Kirish qismida umumiy ma’lumotlarga tayangan holda chet tillarini o’qitishning asosiy prinspllari kech yoritib o’tilgan. Qolaversa, ushbu qismda ishning maqsadi va uning metodika hamda pedagogika fanlari mavjud muammolari doirasidagi dolzarbligi borasidagi fikrlar keltirib o’tilgan.
Ishning asosiy qismida tillarni o’qitishning yangi usullari haqida ma’lumotlar keltirilib har biri alohida tahlil etilgan. Bu uslub va metodlarning til ko’nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan masalalari o’rganib chiqilgan
O’quvchilarning chet tillarini o’rganishida yangi usullarning o’rni va ahamiyati sezilarli darajada. Shu sababli ushbu kurs ishining bugungi kun metodikasidagi o’rni o’ziga xosdir. Ishda turli xildagi rivojlantiruvchi mashqlar, o’yinlar, faollikni oshiruvchi metod va uslublar berib borilgan. Mazkur izlanishda talaba ushbu ish yuzasidan chuqur izlanish olib borganligi, mavzu batafsil yoritilishi uchun ko’p ma’lumotlarni topganligi yaqqol ko’rinib turibdi. Ish bilan to’liq tanishib chiqib, uning mazmuni va hajmiga alohida e’tibor qaratilganini bildim. Talaba bu sohada ko’p izlanishlar olib borgan. Har bir ma’lumot o’z nazariy o’rni bilan amaliy metodik darsliklar hamda olimlar va tilshunoslarning maqola va ishlaridan foydalangan holda qo’llanilgan va bu orqali ushbu kurs ishining dolzarbligini yanada oshirilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |