«CONSULTING GROUP» bosh direktori,
Hakimov Hakim Hakimovichga,
ishga qabul qilish bo’yicha ariza.
Ariza
Men, Allaberganov Alibek Xayrullo o’g’li, sizning kompaniyangizning buxgalter-stajor ish o’rniga qabul qilishingizni so’rayman. 10 kunlik sinov muddatini 05.05.2022da o’tishga tayyorman. Ishga 15.05.2022 dan 14.08.2022 gacha kirishishga tayyorman. Arizaga oliy moliyaviy ma’lumot haqidagi diplomni, mehnat daftarchasini, passport nusxasini ilova qilyapman.
Dd/Mm/Yyyy – 03/05/2022
*Imzo*
«CONSULTING GROUP» bosh direktori,
Hakimov Hakim Hakimovichga,
Ish joyini bo’shatish bo’yicha ariza.
ARIZA
Meni, Allaberganov Alibek Xayrullo o’g’li, “SEO-Menedjer” ish o’rnidan o’z xohishimga ko’ra bo’shatishingizni so’rayman.
Dd/Mm/Yyyy – 17/07/2022
*Imzo*
«CONSULTING GROUP» bosh direktori,
Hakimov Hakim Hakimovichga,
«CONSULTING GROUP» bosh buxgalteri,
Allaberganov Alibek Xayrullo o’g’li dan.
ARIZA
Meni “bosh buxgalter” ish o’rnimni 0,5 (yarim) ish kunidan 1 (to’liq) ish kuniga o’tkazishingizni so’rayman. Kech qolmay, vaqtida kelish mas’uliyatini o’z zimmamga olaman.
Dd/Mm/Yyyy – 23/05/2022
*Imzo*
«CONSULTING GROUP» bosh direktori,
Hakimov Hakim Hakimovichga,
«CONSULTING GROUP» bosh buxgalteri,
Allaberganov Alibek Xayrullo o’g’li dan.
ARIZA
Sizdan meni 05.06.2022 dan bo'sh "PR menejer" lavozimiga o'tkazishingizni so'rayman. Asos sifatida PR mutaxassisining “O‘zbekistonda jamoatchilik bilan aloqalar” kursini tamomlaganligi to‘g‘risidagi sertifikat hisoblanadi. Arizaga sertifikat nusxasini ilova qilaman.
Men ish sharoitlarini o'qib chiqdim va roziman.
Dd/Mm/Yyyy – 30/05/2022
*Imzo*
«CONSULTING GROUP» MCHJ, PR-bo’limi boshlig’i
Umarov Umar Umarovichga,
«CONSULTING GROUP» PR-Menejeri,
Allaberganov Alibek Xayrullo o’g’li dan.
Dd/Mm/Yyyy – 29/06/2022
*Imzo*
HISOBOT
«CONSULTING GROUP» (keyinchalik – Biz), PR-bo’limi boshlig’i №2906-buyruq bo’yicha, ya’ni:
1) “THOMPSON SCHOOL” MCHJ
2) “WESTMINSTER INTERNATIONAL UNIVERSITY IN TASHKENT (WIUT)” XJ
3) “AJOU KOREAN UNIVERSITY” XJ
Yuqorida berilgan kompaniyalarning ijtimoiy tarmoqlarda, ya’ni Instagram, Facebook va Telegram, Bizning oxirgi yillarda bajargan ishlarimizning ommalashtirish va safimizga yosh kadrlarni chaqirish bo’yicha ishlar amalga oshirildi.
«CONSULTING GROUP», bosh direktori
Hakimov Hakim Hakimovichga,
«CONSULTING GROUP» PR-Menejeri,
Allaberganov Alibek Xayrullo o’g’li dan.
MAJLIS BAYONNOMASI
3-Iyul, 2022-yil (03/07/2022) soat 08:55dan 11:25 gacha, “CONSULTING GROUP” PR-xodimlari orasida PR-bo’limi boshlig’i, Umarov Umar Umarovichning, №2906-buyruqining (keyinchalik - Buyruq) PR-bo’lim xodimlari tomonidan bajarilganligi bo’yicha “2906 natijasi” nomli majlis o’tkazildi.
Majlisda hamma 7ta xodimlar qatnashdi. Majlisni o’tkazishning maqsadlari shu narsalarni aniqlashdan iborat:
1) Buyruqning bajarilishi qanchalik effektiv bo’lgan
2) Buyruq bajarilgandan keyin mijozlarning sonining o’zgarishi.
Hamma maqsadlarga erishildi. Batafsil ma’lumotni sizning “e-mail”ingizga yuboraman.
Dd/Mm/Yyyy – 03/07/2022
*Imzo*
Do'stlaringiz bilan baham: |