Техник ва технологик фанлар со
ҳ
аларининг инновацион масалалари. ТДТУ ТФ 2020
454
Ilg’or pedagogik texnologiya - o’quvchi yoki talabalarning o’quv maqsadlarnini
o’rganish jarayonida faolligini oshirish yo’lida o’qitishning uslub va shakllaridan samarali
foydalanish. Bu esa didaktikaning hozirgi kungacha erishgan
yutuqlaridan tashabbuskor,
ijodkor o’qituvchilarning ilg’or ish tajribalaridan o’rinli va unumli foydalanishdir, ya’ni:
1.
O’quv maqsadini suhbat, muloqot, hamkorlik usullarida amalga oshirish;
2.
Reproduktiv fikrlash ( qabul qilish va qayta takrorlash);
3.
Produktiv fikrlash ( mahsuldor, samarali);
4.
Tadqiqiy-ijodiy fikrlash, ya’ni o’rganishning ilmiy siklik sxemasi ( obekt- model-
gipoteza-eksperiment);
5.
Nostandard darslar: seminar, bahs-muloqot, darslik ustida mustaqil ishlash, ishchanlik
o’yinlari va boshqalar.
Ikkla holda ham o’quv maqsadlarini aniq belgilab olish, talaba va o’quvchining
faoliyatini faollashtirishga, har bir darsning o’ziga hos bo’lgan
uslub-shakllarini ijodiy
yondoshgan holda tanlanadi. Dars “qolipda” bo’lib qolmay, o’quv maqsadiga, mazmuniga,
hajmiga qarab, uning uslublari butun dars davomida o’zgartirib boriladi. Boshqacha aytganda,
o’quv maqsadining og’irlik markazi uning barcha bosqichlariga tushiriladi.
Umuman aytganda, o’qitishni qanday qilib shunday texnologik jarayonga aylantirish
kerakki, uning natijasi kafolatlangan bo’lsin, hamda shu bilan oddiy o’qituvchi ham yuqori
samaradorlikka erishsin, unung asosiy o’quv jarayoni loyihalash va dars o’tish sanati bo’lib u,
uch xil yondoshish bilan xarakterlanadi:
1.
Ko’rgazmali tushuntirish, ya’ni o’quv materialini o’quvchi yoki talabaga suhbat,
hikoya tarzida izohlab berish.
2.
Pedagogik texnologiya, ya’ni o’quv materialiga tizimli yondashish yordamida
o’qitishning o’quv jarayonini loyhalash. Bunda o’qituvchi – o’quvchi (talaba) –
o’qituvchi aloqasida bilimlarni nazorat qilish (baholash) me’zonlari orqali bilim va
ko’nikmalarini to’la o’zlashtirganliklari (test – usulida) ni aniqlanadi.
3.
Tadqiqiy ijodiy fikrlash, ya’ni o’quv - o’rganish muammolarini hosil qilish, izlanish,
muammolarni yechish. Bunda fanlar aro bog’lanish ( integratsiya), gipotezalar qo’yish
va uni eksperimentda tekshirish, natijalarini yig’ish va taqqoslash hodisa yoki
tushunchani modellash va boshqalar.
Pedagogik texnologiya bo’yicha o’quv jarayonini quyidagicha loyihalash mumkin.
Ta’lim mazmuni va umumdidaktik maqsadi - o’quv maqsadi - o’qitish - baholash.
Baholash orqali o’qitishning samaradorligi va qo’yilgan o’quv maqsadiga qay darajada
erishilganligini aniqlanadi.
Pedagogik texnologiyaning tarkibiy tuzilishini esa quyidagicha:
A)
O’quv peredmetning maqsadi va vazifasini ishlab chiqish;
B)
O’quv maqsadiga ko’ra bilimlarni nazorat qilish, topshiriqlarni yaratish ( test usulida);
C)
O’quv
maqsadiga erishish usullari;
D)
O’quv maqsadi bo’yicha erishishga yutuqlarini baholash;
Joriy nazorat orqali o’qituvchining o’zini o’qitish usullari baholansa, yakuniy nazorat
natijalariga ko’ra ishlab chiqilgan o’quv maqsadi va vazifalarni qay darajada bajarilishi
nazorat qilinadi, natijaga ko’ra o’quvchi yoki talabalarning bilimi baholanadi. O'quv predmeti
maqsad va vazifalarini ishlab chiqishga quyidagilarni ko’rsatish mumkin :
-
O’quvchi yoki talabalarda shakllanadigan tushunchalar;
-
O’quvchi yoki talabalarning o’zlashtirishi kerak bo’lgan bilimlar;
-
Bilimlarni aniq sharoitga qo’llay olishi.
Bundan ma’lumki, o’quv maqsadini belgilashda nimani tushunish, nimani
o’zlashtirish kerak va bilimlarni aniq sharoitga tadbiq qila olishlarini ko’rsatish kerak. O’quv
maqsadini belgilashda o’quvchilarning
intellektual, emotsional va shaxsiy qobilyatlarini
o’stirib borish va boshqa xususiyatlarni inobatga olinadi.
Pedagogik texnologiyada o’quv maqsadini huddi daraxtga o’xshatish mumkin, ya’ni:
u, daraxt bo’lsa uning o’zagi o’quv maqsadi; shoxlari predmetning bo’limlari bo’ladi, barglari
Техник ва технологик фанлар со
ҳ
аларининг инновацион масалалари. ТДТУ ТФ 2020
455
esa har birining xususiy maqsadlaridir. O’quv maqsadini amalga oshirish o’qituvchi (o’qitish,
o’rgatish, tushuntirish, hikoya qilish, tajribalarni namoyish qilish va boshqalar) faoliyatga
tegishlidir.
O’quv vazifasi, o’qitishning natijasi bo’lib, o’qituvchi yoki talaba oldin bilmaganlarini
qaysilarini o’zlashtirdi yoki qaysilarini o’zlashtira olmadi, boshqacha aytganda nimani bilish
kerak edi, qancha o’zlashtirdi va qancha bila oldi kabi sifatlarni aniqlovchidir.
O’qitish jarayonida bilimlarni tizimlashtirish asosida ta’lim berish –bilimlarning
chuqurligi va mustahkamligining zaruriy sharti bo’lib u , pedagogik texnologiyaning muhim
uslubidir. Tizimlashtirishdan foydalanish o’quvchi yoki talabaning bilishi kerak bo’lgan
o’quv materiali haqidagi ilgari shakllangan zaxira bilimlarini faqatgina tartibga solib qo’ya
qolmasdan, balki shu bilan birga yangi bilimlar manbai bo’lib ham xizmat qiladi.
O’quv maqsad va vazifalar bo’yicha o’quvchi yoki talabalarning bilimlarini nazorat
qilib borilishining reyting tizimi va uning baholash mezonlari pedagogik texnologiyaning
muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Chunki, reyting tizimining o’zi texnologik xususiyatga ega
bo’lib, barcha sinf o’quvchilari yoki guruxning hamma talabalarini keng qamrovli o’rganilgan
o’quv materiallari yuzasidan qisqa vaqt davomida yalpi baxolash imkonini beradi.
O’quvchi yoki talabalarning faoliyatini, bilimini reyting
usulida baholashning
an’anaviy usullardan afzalliklari shundaki u, o’quvchi yoki talabani uzluksiz mustaqil
o’qishga o’rgatadi, ularda ishtiyoqmandlikni, muvaffaqiyatlarga intilishini tarbiyalaydi .
Reyting tizimida fanning o’rganilgan qismini xarakteriga ko’ra yozma ish, og’zaki suhbat,
test – savol topshiriqlar kabi nazorat turlaridan foydalanish mumkin.
Testdan foydalanish, ayniqsa hozirgi global pandemiya sharoyitida, o’qituvchiga
talabalarni tez va adolatli, masofadan turib baholash imkoniyatini beradi.
Hozirgi kunda
Respublikamiz oliy ta’limida amalga oshirilayotga masofaviy ta’limni baholashda ham test
usuli asosiy usillsrdan biri hisoblanadi. Test savollari murakkablik darajasiga ko’ra to’rt xil
bo’ladi:
1.
Axborоtni xotirada qayta tiklash, eslash va bilish
2.
Reproduktiv fikrlash (qabul qilish va qayta takrorlash)
3.
Produktiv fikrlash (maxsuldor, samarali)
4.
Tadqiqiy – ijodiy fikrlash testlari.
Test topshiriqlarida o’rganilgan o’quv materiallarining maqsadini amalga oshiruvchi vazifalar
o’z ifodasini topishi kerak. Test topshiriqlarining soni har qaysi o’quv yurti tomonidan
belgilanadi. Bunda o’quv materialining o’quv maqsadi, vazifalari, hajmi va uning mazmuni
hisobga olinadi.
Shubhasizki, pedagogik texnologiyalar ta’lim va tarbiya jarayoni samaradorligini
oshirishda muhim o’rin tutadi.
Adabiyotlar:
1.
Farberman. B. L. “Progressivnie pedagogicheskie texnologii”. Moskva, 1996. g
2.
Bespalko. B. P. “ Slagaemie pedagogicheskoy texnologii”. Moskva, 1966. g
3.
Shatalov. V. F “ Tochki opori”. Moskva, 1988. g
4.
Sovremenniy urok fiziki v sredney shkole. Pod redaksii V. G. Razumovskogo.
Moskva, 1984. g
5.
Narodnoe obrazovaniya jurnali. Moskva, 1981. g
6.
Fizika v shkole jurnali. Moskva, 1988. g № 4, 5, 6.
Do'stlaringiz bilan baham: