Çolpan’in köŞe yazilari (İnceleme-metiN)


Partiya markaziy organi bo‘lgan «Pravda» gazetasining shu yil 12 sentyabrda



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/229
Sana13.07.2022
Hajmi4,95 Mb.
#791179
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   229
Bog'liq
yokAcikBilim 10166144


Partiya markaziy organi bo‘lgan «Pravda» gazetasining shu yil 12 sentyabrda 
chiqqan sonida mo‘ysafid va nuroniy bir cholning tanbur mashq qilib o‘turgan surati 
bosilib chiqdi. Surat ostida shunday deyiladi: «Toshkentga Xorazmning eng qari xalq 
ashulachisi va cholg‘uchisi Matyoqub Xarratov* keldi (yoshi 70 da). U Xorazmning 
butun klassiq maqomlarini va xalq cholg‘usini biladi. Uning ashulalari Toshkentda 
gramo‘fo‘n lappaklariga olinajak». 
«Pravda» orqali butun Ittifoqqa, balki butun dunyoga tanilgan bu odam – o‘sha 
dukchi Qurbon akaning o‘sha biz aytgan o‘g‘li Matyoqubning xuddi o‘zi. U Komil 
(Pahlavon Niyoz)ning, ko‘prak uning o‘g‘li shoir va cholg‘uchi Matrasul Mirza (taxallusi 
«Mirza»)ning tarbiyasini ko‘rib yetishadi. Hozir 70 yoshda bo‘lgan bu odam, yuqorida 
aytilgandek, Xorazm klassiq maqomlarini (shashmaqomning Xorazm variantini) 
«Xorazm chizig‘i» deb mashhur bo‘lgan Xorazm notalari bilan birga mukammal biladi. 
Xorazm xalq kuylari (ko‘prak doston yo‘llari)dan ham yaxshi xabardor. O‘zining 


462 
«Xarratiy» degan bir kuyi ham borki, shashmaqomg‘a qo‘shuladi. Asosan tanbur cholsa-
da (tanburni mukammal biladi)*, chang mashq qilishda ham mahorati katta. O‘zi juda 
xushxat, o‘z umrida ikki yuzga yaqin kitobni chiroyliq xat bilan ko‘chirib chiqqan. Ko‘p 
hikoya, cho‘pchak, latifalarni biladi. Suhbati shirin. Fasohat* bilan, so‘zga oro berib 
gapiradi. Sog‘liqni saqlash xususida bu odamning o‘ziga xos bir usuli bor: u butun umrida 
ko‘prak qatiq va non yeb o‘tgan. Iloji bo‘lganda qatiqni bir kun ham tark qilmaydi. Yoshi 
70 ga borsa ham, o‘zini yigitdek sezadi. Quvvatli va quvnoq… ko‘p yuradi, ko‘p ishlaydi, 
charchamaydi. Toshkentga kelganida piyoda yurishda o‘z o‘g‘lini shoshirib qo‘ygan. 
O‘zi sog‘lom va tetik ko‘rinadi: shu uchun bo‘lsa kerak, Toshkentdagi o‘g‘liga tegishkan: 
«O‘g‘lim, sen qarib qolibsan», – degan… 
Ilgari Xorazm muzika texnikumida ishlagan, ko‘p shogird yetishdirgan. Hozir 
Yangi Urganchda davlat tiyotrida cholg‘uchi bo‘lub ishlaydi. Hozirgi tiyotr, cholg‘u, raqs 
masalalariga qiziqadi, «Bir oz yosh bo‘lsam, ovrupocha nota o‘rganardim, – deydi chol, 
– ammo yoshim 70 ga yetganda ep kelmas. Yoshlar o‘rgansin, albatta o‘rgansin». 
Cholning bu nasihatini boshlab o‘z o‘g‘li Matyusuf Xarratov* qulog‘ig‘a oladi. 
Matyoqubning o‘z o‘g‘li bilan Ovrupo notasiga yozgan kuylari 15 ga yetadi. Matyusuf 
ovrupocha muzika ilmining boshlang‘ich asoslarini biladi. Yoshi qirqdan o‘tganda 
Samarqanddagi Muzika institutida (1930 – 1931 yillar) nota bilan skripka o‘rgandi. Uning 
«Xorazm chizig‘i notasini Ovrupo notasiga uydurish», «Erli cholg‘u asboblarini nota 
usuliga uydurish» degan asarlari bor. 
Matyusuf 1889 yilda tug‘uldi. Umuman, cholg‘uni o‘rganishda Matrasul Mirza 
bilan o‘z otasidan ta’lim oldi. Changni unga Qalandar Do‘nmas o‘rgatdi: ashulani 
Xorazmning birinchi hofizi va tamburchisi bo‘lgan Matyoqub Pazochidan o‘rgandi. 
Tambur bilan changni yaxshi biladi; bundan tashqari, g‘ijjak, skripka, garmon, dutor va 
doira (childirma) chaladi. Doira usullariga oshno ashula qiladi. 
Xarratovning boshqa bir qancha eski hofiz va cholg‘uchilarimizdan ayrim yaxshi 
sifati shuki, o‘zi kuy chiqarish va xalq kuylarini ishlash hamda ularni o‘zi notaga olish 
bilangina qolmasdan, muzika sohasida qo‘lidan kelgancha ilmiy asoslarda ishlashga 
urunadi. Yuqorida aytgan ikki kitobi bunga dalil. Bundan tashqari, u o‘zining Sharq 
(o‘zbek) changini qaytadan ishlab Ovrupo tovush qatorlari usuliga soldi, ya’ni changda 


463 
har qanday Ovrupo kuyini to‘g‘ri chala biladigan bir ish qildi. U hozir tamburni ham 
mukammallashtirish ustida ishlamoqda. 
Uning «Xorazm musiqiy tarixchasi» degan kitobi 1925 yilda Maskovda bosildi. 
Uning ijod qilg‘an va notaga solg‘an kuylari sotsialistik qurulishning eng aktual 
mavzulariga bag‘ishlangan. Bu narsa ularning nomlaridanoq ko‘rinib turadi: «Kolxoz 
kuyi», «G‘ayrat – paxtaga!», «Paxtani tering», «Qizil askar», «Mudofaa marshi», 
«Yashasin Sovet!» – bular hammasi o‘zbekcha; bundan boshqa tojikcha uch kuyi bor 
(ashulalari bilan): «Shavem qijloq ravona», «Zindabo‘d dehqoniy!», «Chindani paxta». 
Xorazmda xonlik ag‘darilg‘an kunlardan boshlab* inqilob ishlariga yaqindan va 
faol aralashadi. Xorazmda birinchi maorif nazoratini tashkil qilishadi. Xorazmda muzika 
texnikumi tashkil qilib, unda mudir bo‘ladi. O‘zbekiston markazi Samarqandda ekanda 
Maorif komissarligi chaqirtirib oladi. Bunda u Muzika institutini tashkil etish(da 
qatnnash)adi va institutda to‘rt yil muallimlik qiladi. Samarqand radiosida muttasil 7 yil 
ishlaydi. 
Hozir Toshkent radiosida ishlamoqda. 
Tarjumai hol qabilidan bo‘lgan bu ma’lumotlar bilan kifoyalanmakchi emasmiz, 
albatta. Ayniqsa, hali otasiga nisbatan yosh, iste’dodli va g‘ayratli bo‘lgan o‘rtoq 
Matyusuf to‘g‘risida, uning bundan keyingi yo‘li va qilajak ishlari xususida fikrimizni 
aytmasdan o‘tolmaymiz. O‘rtoq Matyusuf, boya aytganimizdek, bizga Ovrupo muzika 
bilimining kerakligiga hech bir shubha qilmaydi. Otasi haligidek deb turganidan keyin 
jindak shubha qilsa ham ayb bo‘lar edi. Faqat o‘rtoq Matyusuf, u bilan birga boshqa ko‘p 
cholg‘uchilarimiz ham bilishlari kerakki, Ovrupo muzika bilimi faqat boshlang‘ich 
nazariyadan (nota o‘rganishdan) iborat emas; uning garmoniya (ohang ilmi), 
ko‘ntrapunkt singari juda muhim, lekin og‘ir pog‘onalari bor. Ovrupo muzika bilimi 
zinasining birinchi pog‘onasig‘a qadam qo‘yganlar narigi pog‘onalarg‘a ham tirmashib 
chiqmasalar chala bilim bilan muzika sohasida ko‘p narsa qilolmaydilar. Holbuki, o‘rtoq 
Matyusuf ko‘p narsa qilmoqchi; bu xususda unga ko‘mak bermaganlardan koyib 
gapiradi. Lekin, hammaga ma’lumki, bizda bilim ortdirish uchun imkonlar katta. Bu 
yo‘lda har kimga har qanday yordam ko‘rgaziladi. Faqat kishining o‘zidan g‘ayrat talab 
qilinadi. O‘rtoq Matyusuf shu g‘ayrat bilan qurollanishi lozim. 


464 
U Ovrupo muzika bilimini yetarlik darajada o‘rganib, undan keyin Sharq klassiq 
maqomlari va xalq kuylarini ham yaxshilab tekshirib, Sharqning eski muzika bilimlari 
bilan ham tanishib maydonga chiqsa qimmatbaho asarlar bergan bo‘lar edi. 
Rost, uning hozirgi ishlariga sovuq qaragan, ayniqsa, changdagi o‘zgarishlarga 
allaqanday quruq bilimdonlik bilan yaqinlashib, konkret va to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatmagan 
kishilar bor. Uning ba’zi ilmiy asarlarini yillab «saqlab» yotgan, nusxasini yo‘qotg‘an, 
qadrlay olmagan idoralar bor. (O‘znashr va San’at instituti.) Biz ular to‘g‘risida 
qichqirishdan to‘xtamaymiz. 
Lekin do‘stlik kengashi yana Matyusuf akaning o‘ziga oid bo‘ladi. U kengashni esa 
biz berdik. 
«Guliston» jurnalining 1936 yil 1-sonida «Cho‘lpon» imzosi bilan e’lon qilingan. 
«Adabiyot nadir» to‘plamida qayta nashr etilgan. 
«Guliston» jurnali asosida nashrga tayyorlandi. 
Safo Mug‘anniy (taxallusi, haqiqiy ismi-sharifi Safo Olloberganov) (1882 – 1939) 
– o‘zbek shoiri, bastakor-sozanda va jamoat arbobi. 
Munis Xorazmiy (taxallusi, asl ism-sharifi Shermuhammad Avazbiy o‘g‘li) (1778 
– 1829) – o‘zbek shoiri. Ijodida xalqchillik, taraqqiyparvarlik g‘oyalari yetakchilik 
qilgan. 
«Munis ul-ushshoq» devoniga tartib bergan, tarixiy voqealarni bayon etuvchi 
«Firdavs ul-iqbol» asari muallifi 
Ogah (Ogahiy) (taxallusi, asl ism-sharifi Muhammadrizo Erniyozbek o‘g‘li) (1809 
– 1874) – o‘zbek shoiri, muarrix va tarjimon. 
Komil Xorazmiy (taxallusi, asl ism-sharifi Pahlavon Niyozmuhammad) (1825 – 
1899) – o‘zbek shoiri, musiqanavis, tarjimon va xattot. 
Matyoqub Xarratov (1867 – 1939) – xalq sozandasi (tanbur, dutor, g‘ijjak), 
maqomchi va xattot. Qurbon Harrot (duradgor) o‘g‘li. K.Xorazmiy ixtiro etgan «Xorazm 
tanbur chizig‘i»ni takomillashtirish va uning vositasida Xorazm maqomlarini notaga 
olishda ijrochi, tadqiqotchi va xattot sifatida Muhammad Rasul Mirzaboshi bilan 


465 
hamkorlik qilgan. Muhammad Rahimxon saroyidagi sozanda va maqomchilarga ustozlik 
qilgan. 
«Tanburni mukammal biladi» – sozandaning tanburni, ayniqsa, yaxshi bilishi 
nazarda tutilmoqda. 
Fasohat (arab.) – ravon, yoqimli, uslubning chiroyliligi. 
Matyusuf Xarratov (1888 – 1952) – xonanda, sozanda, bastakor va shoir. Taxallusi 
Chokar, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi. 
«Xorazmda xonlik ag‘darilgan kunlardan boshlab» – 1920 yil 2 fevralda Xiva xoni 
Said Abdullaxon taxtdan tushirilgan. 

Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish