Collegium humanum varshava menejment universiteti andijon filiali psixologiya



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/470
Sana18.02.2022
Hajmi3,95 Mb.
#451826
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   470
Bog'liq
PSIXOLOGIYA O`UM - 2021 Varshava

3.5. 
Emotsiya 
haqida 
tushuncha. Hissiy xolatlarning 
nerv-fiziologik asoslari. 

degan xulosaga keladilar. Agar birinchi toifali shaxslar bir ishni muvaffiqiyatli 
tugatgach, ko‗tarinki ruh bilan ikkinchi ishga kirishishsa, ikkinchi toifa vakillari, 
har qanday ishni yakunlagandan so‗ng, uning natijasidan qat‘iy nazar, ruhan 
tushkunlikka tushadilar va og‗rinish hissi bilan boshqa ishga kirishadilar. Bu 
o‗rinda 
talabchanlik
degan sifatning roli katta. Agar muvaffiqiyatga yo‗nalgan 
shaxslarning o‗zlariga nisbatan qo‗ygan talablari darajasi ham yuqori bo‗lsa, 
ikkinchi toifa vakillarining talablari aksincha, past bo‗ladi. Bunday tashqari har 
birimizdagi o‗zimizdagi real qobiliyatlar to‗g‗risidagi tasavvurlarimiz ham ushbu 
motivlarning faoliyatdagi o‗rniga ta‘sir ko‗rsatadi. Masalan, o‗zidagi qobiliyatlarga 
ishongan shaxs hattoki, mag‗lubiyatga uchrasa ham, unchalik qayg‗urmaydi, 
keyingi safar hammasi yaxshi bo‗lishiga ishonadi. Ishonchsiz shaxs esa kichkina 
berilgan tanbeh yoki tanqidni ham juda katta ruhiy azob bilan qayg‗urib boshdan 
kechiradi. Uning uchun ham shaxsning u yoki bu vaziyatlarda qayg‗urish sifati 
ham ma‘lum ma‘noda motivlar xarakterini belgilaydi. 
SHunday qilib, motivlar tizimi bevosita shaxsning mehnatga, odamlarga va 
o‗z-o‗ziga munosabatlaridan kelib chiqadi va undagi xarakter xususiyatlarini ham 
belgilaydi. Ularning har birimizda real shart-sharoitlarda namoyon bo‗lishini biror 
mas‘uliyatli ish oldidan o‗zimizni tutishimiz va muvaffaqiyatlarga erishishimiz 
bilan baholasak bo‗ladi. Masalan, mas‘uliyatli imtixon topshirish jarayonini 
olaylik. Ba‘zi talabalar imtixon oldidan juda qayg‗uradilar, hattoki, qo‗rqadilar 
ham. Ular uchun imtixon topshirish juda katta tashvishday. Boshqalar esa bu 
jarayonni bosiqlik bilan boshdan kechirib, ichidan hayajonlanayotgan bo‗lsalar 
ham, buni boshqalarga bildirmaydilar. YAna uchinchi toifa kishilari umuman 
beg‗am bo‗lib, sira koyimaydilar. Tabiiy, shunga muvofiq tarzda, har bir toifa 
vakillari ishining muvaffaqiyati va faoliyatning samarasi turlicha bo‗ladi. Bunga 
har bir shaxsdagi da‘vogarlik darajasi ham ta‘sir qiladi. Da‘vogarlik darajasi 
yuqoriroq bo‗lganlar bilgan-bilmaganini isbot qilishga o‗rinsalar, ana shunday 
darajasi pastlar bor bilganini ham yaxshi aytib berolmay, yana o‗qituvchi bilan 
tortishmaydilar ham.
Odam tashqi muhitdagi turli-tuman narsa 
va hodisalarni idrok qilar ekan, hech vaqt 
bu narsalarga batamom befarq bo‗lmaydi. 
Odamning aks ettirish jarayoni doimo 
faol xarakterga egadir. Aks ettirish jarayoni quyidagilarni qamrab oladi: 
a) shaxsning ehtiyojni qondirish imkoniyatiga egaligini; 
b) qondirishga yordam beradigan yoki qarshilik ko‗rsatadigan ob‘ektlarga sub‘ekt 
sifatida qatnashishi;


116 
v) uni harakat qildiruvchi bilimga intiltiruvchi munosabatlar va hokazo. 
Chunki odam atrofidagi har turli narsalarni idrok qilib aks ettirar ekan, bu 
narsalarga nisbatan ma‘lum munosabatda bo‗ladi. Masalan, bizga ayrim narsalar 
yoqsa, ya‘ni kayfiyatimizni ko‗tarib yuborsa, boshqa bir narsalar yoqmaydi va 
kayfiyatimizni buzib, dilimizni xira qiladi. Ba‘zi bir ovqatni odam juda ham 
yoqtiradi, boshqa bir ovqatni esa mutlaqo ko‗rgisi kelmaydi yoki ayrim odamlar 
bizga xush keladi yoki boshqa bir odamlar esa noxush keladi. Umuman odam 
atrofidagi hamma narsalarga nisbatan munosabatda bo‗ladi va uning munosabatlari 
ham aks ettiriladi. 
Kishilar idrok qilayotgan, ko‗rayotgan, eshitayotgan, bajarayotgan
o‗ylayotgan, orzu qiladigan narsalarga befarq bo‗lmaydilar. Bir xil predmetlar, 
shaxslar, xarakterlar, voqealar bizni quvontiradi, boshqalari xafa qiladi yana 
boshqalari g‗azab, nafratimizni uyg‗otadi. Biz xavf ostida qolganimizda qo‗rquvni 
his qilamiz, dushman ustidan g‗alaba qozonish yoki qiyinchilikni engish zavq 
uyg‗otadi.
H

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   470




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish